Birlamchi guruhda shaxslararo o‘zaro ta’sir «yuzma - yuz, bevosita» ro‘y beradi. (oila, sinf, hamkasblar)
Ikkilamchi guruhlarda har doim ham odamlarning bevosita muloqotda bo‘lish imkoniyatlari bo‘lmaydi. Ular o‘rtasidagi munosabat va o‘zaro ta’sir bilvosita bo‘ladi. (partiyaning turli viloyatlardagi a’zolari)
Turli guruhlar inson hayotida bir necha funksiyalarni bajaradilar:
ijtimoiylashtiruvchi funksiya;
instrumental, ya’ni, aniq mehnat funksiyalarni amalga oshirishga imkon beruvchi muhit;
ekspressiv - odamlarning o‘zgalarning tan olishlari, hurmatga sazovor bo‘lish, ishonch qozonishini ta’minlash;
qo‘llab - quvvatlash, ya’ni, qiyin paytlarda, muammolar paydo bo‘lganda odamlarni birlashtirish funksiyasi.