Katta ijtimoiy guruhlar psixologiyasi


Katta guruh tuzilishi va tabaqalanishi



Yüklə 32,89 Kb.
səhifə2/4
tarix14.04.2023
ölçüsü32,89 Kb.
#97775
1   2   3   4
KATTA IJTIMOIY GURUHLAR PSIXOLOGIYASI

Katta guruh tuzilishi va tabaqalanishi.
Katta guruhlar psixologiyasiga xos xususiyatlar va ularni ilmiy tadqiq qilish prinsiplari.
Katta guruhlar kishilarning shunday birlashmalariki, undagi odamlar soni avvalo ko‘pchilikni tashkil etib, ma’lum sinfiy, ilmiy, irqiy, professional belgilar ularning shu guruhga mansubligini ta’minlaydi. Katta guruhlarni tashkil etuvchilar ko‘p sonli bo‘lganligi va ular xulq-atvorini belgilovchi mexanizmlarining o‘ziga xosligi tufayli bo‘lsa kerak, ijtimoiy psixologiyada olimlar ko‘pincha kichik guruhlarda ish olib borishni afzal ko‘radilar. Lekin katta kishilar uyushmasining psixologiyasini bilish juda katta tarbiyaviy va siyosiy-mafkuraviy ahamiyatga ega. Bu sohadagi tadqiqotlarning kamligi bir tomondan, aytib o‘tilganidek, ko‘pchilikni qamrab olishdagi qiyinchiliklar bo‘lsa, ikkinchi tomondan, katta guruhlar psixologiyasini o‘rganishga qaratilgan metodik ishlar zahirasining kamligidir, ya’ni, katta guruhlarning psixologiyasini o‘rganishga mo‘ljallangan maxsus metodikalar kam ishlab chiqilgan. Masalan, ishchilar yoki ziyolilar sinfi psixologiyasi o‘rganilishi kerak, deylik. Avvalo o‘sha ishchilarning soni ko‘p, qolaversa, ishchilarning o‘zi turli ishlab chiqarish sharoitlarida ishlayotgan, turli iqlim sharoitlarida yashayotgan turli millatga mansub kishilardir. Ularning barchasini qamrab oladigan yagona ishonchli metodikani topish masalasi tadqiqotchi oldiga juda jiddiy muammolarni qo‘yadi.
SHuning uchun ham har bir katta guruhga taalluqli bo‘lgan asosiy, etakchi sifatni topish va shu asosda uning psixologiyasini o‘rganish hozircha ijtimoiy psixologiyadagi asosiy metodologik yo‘llanma bo‘lib kelmoqda. Qolaversa, katta guruhlar jamiyatning tarixiy taraqqiyoti mobaynida shakllangan guruhlar bo‘lgani uchun ham har qanday guruhni o‘rganishdan oldin, xoh bu sinflar bo‘lsin, xoh millatlar yoki xalqlar psixologiyasi bo‘lsin, uning hayot tarzi, unga xos bo‘lgan odatlar, udumlar, an’analar o‘rganiladi.
Ijtimoiy psixologik ma’noda, hayot tarzini o‘rganish deganda, u yoki bu guruhga taalluqli bo‘lgan kishilar o‘rtasida amalga oshiriladigan muloqot tiplari, o‘zaro munosabatlarda ustun bo‘lgan psixologik omillar, qiziqishlar, qadriyatlar, ehtiyojlar va boshqalar nazarda tutiladi. Ana shularning umumiyligi tufayli har bir shaxsda, ya’ni u yoki bu katta guruhga mansub bo‘lgan shaxsda tipik xislatlar shakllanadi. Masalan, 90-yillar yoshlariga xos bo‘lgan tipik sifatlar ana shu yoshlar o‘rtasida keng tarqalgan urf-odatlar, moda, so‘zlashish xususiyatlari, qadriyatlar, qiziqishlar va hokazolar tufayli shakllanadi. SHuning uchun ham 20 yoshli kishining psixologiyasini to‘liq ravishda o‘rganish uchun undagi bilish jarayonlarining o‘ziga xosligi, shaxsi, xarakteri va boshqa individual psixologik xususiyatlaridan tashqari, yana unga o‘xshash yoshlarda ustun bo‘lgan psixologik xislatlarning qanchalik namoyon bo‘lishini, u mansub bo‘lgan va asosan vaqtini o‘tkazadigan guruhlar psixologiyasini, milliy sifatlarini ham nazarda tutish va ularni o‘rganish zarur. Bu degani, har bir shaxs ongida uning yakka, alohida orttirgan shaxsiy tajribasiga aloqador psixologik tizimlardan tashqari, uning qaysi millat, elat sinfga mansubligiga aloqador psixologik xususiyatlar ham mavjuddir va uni ilmiy tadqiqotchi inkor etmasligi kerak.

Oxirgi yillarda chet el va sobiq Ittifoq olimlarining tadqiqotlarini umumlashtirib, etnopsixologik ishlarga yagona ilmiy yondashuvni topish harakatlari sezilmoqda. Bu sohada mashhur rus etnografi va psixologi YU.Bromley olib borgan ishlar, uning laboratoriyasida to‘plangan ma’lumotlar misol bo‘lishi mumkin. YU.V.Bromley etnik guruhlar psixologiyasida ikki tomonni farq qiladi:


1) psixik asos – etnik xarakter, temperament, milliy an’analar va odatlardan iborat barqaror qism;
2) hissiyot sohasi etnik yoki milliy his-kechinmalarini o‘z ichiga olgan dinamik qism. Lekin tadqiqotchilar nima uchundir, milliy psixologiya masalalari bilan shug‘ullanishganda, milliy qirralar yoki sifatlarni aniqlash bilan shug‘ullanadilar-da, u yoki bu millatlargagina xos bo‘lgan qirralarni topishga urinadilar, lekin fan-texnika rivojlangan, millatlar uyg‘unligi, millatlarning doimiy o‘zaro hamkorligi va muloqoti sharoitida, aralash nikohlar keng tarqalgan sharoitda faqat u yoki bu millatga xos bo‘lgan qirralar haqida gapirish juda qiyin. Masalan, o‘zbekistonliklar o‘rtasida o‘tkazilgan kichik tadqiqot natijasida shu narsa ma’lum bo‘ldiki, mehmonnavozlik, kamtarlik, samimiylik kabi ijobiy sifatlar o‘zbek xalqigagina xos emish. To‘g‘ri, bu sifatlar albatta o‘zbeklarda bor. Lekin, aynan shu sifatlar boshqa millatlar vakillarida yo‘q deyishga xaqqimiz yo‘q. Xuddi har bir shaxs ongida turlicha stereotiplar, ya’ni, o‘rnashib qolgan obrazlar bo‘lganidek, har bir oila, yaqin oshna-og‘aynilar va o‘ziga o‘xshash shaxslar bilan muloqot jarayonida u yoki bu millat vakilida ham o‘z millatiga xos bo‘lgan sifatlar haqida stereotiplar paydo bo‘lib, ular ongida o‘rnashib boradi. Bunday stereotiplar o‘z millatiga va boshqa xalqlarga nisbatan bo‘lib, boshqalar haqidagi tasavvurlar ancha sodda, yuzaki, mazmunan tor bo‘ladi. SHunday tasavvurlar asosida boshqa millatlarga nisbatan yoqtirish (simpatiya) yoki yoqtirmaslik (antipatiya) va befarqlik munosabatlari shakllanadi. O‘z millati haqidagi tasavvur va stereotiplar esa milliy “etnotsentrizm” hissini shakllantiradiki, shu his tufayli shu milliy guruh vakillarida boshqa millatlarga nisbatan irratsional munosabatlar paydo bo‘lishi, bu esa milliy antogonizm va milliy adovatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Millatlararo adovat va milliy etnotsenrizmning o‘ziga xos tusi borasida davlatimizning birinchi prizidenti Islom Karimov o‘zining “O‘zbekiston XX1 asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” nomli tarixiy asarlari juda teran fikrlarni bayon etganlar. Asarda ta’kidlanganidek, “O‘zbekiston aholisining ko‘p millatliligi o‘zbek xalqining milliy o‘zligini anglashi va ma’naviy qayta tiklanishining o‘sishi bilan chambarchas bog‘liq xolda jamiyatni yangilash, uni demokratlashtirishga undovchi zo‘r kuch bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu respublikaning jahon hamjamiyatiga qo‘shilishi uchun qulay shart-sharoit yaratmoqda”.8
Lekin ta’kidlash joizki, musatqillikning dastlabki yillarida yurtimizda ko‘p yillar mobaynida sobiq ittifoq sharoitida aholini bir xil “baynalmilallashtirish”, yagona “sovet xalqi” g‘oyasini singdirish mafkurasi ta’sirida bo‘lgan xalqlar va millatlarning milliy o‘zligini anglashi, shu bilan birgalikda millatlarao va diniy bag‘rikenglik siyosatini olib borish unchalik oson kechmadi. Prezidentimizning jamiki yurtimizda istiqomat qilayotgan yuzdan ziyod millat va elatlarning manfaatlarini bir xil himoya qilish, ular o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlikni kuchaytirishga qaratilgan dono siyosati tufayli, buguni kunda barcha o‘zbekistonliklar shu yurt, shu Vatan ravnaqi yo‘lida bir xil kurashish bilan birgalikda o‘z milliy qadriyatlari, madaniyati, san’ati, yashash tarzini hurmat qilishga, uning eng jozibali va tarbiyaviy nuqtai nazardan noyob an’analarini davom ettirish, namoyon etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Zero, davlatimiz rahbari ta’kidlaganlaridek, “Har qanday millat, u naqadar kichik bo‘lmasin – insoniyatning boyligidir va har qanday milliy birlikning, uning til, madaniy va boshqa xususiyatlarining yo‘q bo‘lib ketishi Er yuzidagi madaniy va genetik fondning, shaxs imkoniyatlarining qashshoqlashuviga olib keladi. SHu bois har bir etnik birlikni saqlab qolish unga mansub odamlarning eng muhim maqsadi bo‘lmog‘i kerak.”Demak, mustaqil yurtimizda millatlararo va elamtlar ichidagi o‘zaro aloqalar muammolari strategik ahamiyatli bo‘lib, bu o‘z navbatida olimlar, xususan, etnopsixologlar oldiga millatlar do‘stlikni va bahamjihatlikni takomillashtirishga yo‘naltirilgan fundamental va tadbiqiy ishlarni amalga oshirish, natijalari bilan yurtimizda tinchlik va totuvlikni barqarorlashtirishga hissa qo‘shish vazifasini qo‘yadi.
Bu borada, ijtimoiy psixologlar va mafkurachilar oldida turgan muammolardan biri millat vakillarida milliy g‘ururni sof ijtimoiy psixologik fenomen sifatida o‘rganish, uning yoshlarda mafkuraviy immunitetning shakllanishidagi roliga aloqador psixologik mexanizmlarni tadqiq etishni ko‘ndalang qilib qo‘yadi. CHunki ko‘pincha milliy g‘urur tufayli ayrim shaxslarda boshqa millatlarni mensimaslik, ulardagi g‘urur yoki milliy hislarni tan olmaslik hollari kuzatilishi mumkin.

Yüklə 32,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin