Katta kishilar o‘qish jarayonida o‘qilganlarning ma’nosini avtomatik tarzda anglaydilar. Lekin bu avtomatlashgan o‘qish savodga o‘rganish operatsiyasi jarayonida murakkab va ko‘p qirralidir



Yüklə 30,63 Kb.
səhifə3/3
tarix01.12.2023
ölçüsü30,63 Kb.
#170827
1   2   3
Disleksiya

Disleksiya tasnifi
Disleksiyani tasniflash asosida turli m ezonlar yotadi: o‘qish buzilishining paydo bo‘lishi, o‘qish buzilishlarining ifodalanish darajalari (R.Bekker), o‘qish aktida ishtirok etuvchi analizator faoliyatining buzilishi (O.A.Tokaryova) u yoki bu psixik funksiyalarning buzilishi (M.Ye.Xvatsev, R.V.Levina va boshqalar), o‘qish jarayoni operatsiyalarining hisobga olish (R.I.Lalayeva). O‘qish buzilishlari paydo bo‘lishiga ko‘ra ikki turga ajratiladi: literal-harflarni o‘zlashtirishdagi qiyinchiliklar yoki qobiliyatsizlikni namoyon bo‘lishi, verbal - so'zlarni o‘qishdagi qiyinchiligi bilan namoyon bo‘ladi. R.Bekker o‘qish buzilishlarining turlari juda ko‘pligini qayd qiladi va ularni quyidagi turlarga guruhlash mumkin deb hisoblaydi: tug‘ma so‘z ko‘rligi, disleksiya, bradileksiya, legasteniya, o‘qishningtug‘ma zaifligi. Ushbu tasnif asosida disleksiya patogenizi va uning namoyon bo‘lishi darajalari yotadi. O.A.Tokaryova o‘qish buzilishlari tasnifmi birlamchi buzilgan analizatorlar bilan bog‘lab ko‘rsatadi (eshitish, ko‘rish yoki harakat) va shunga asoslangan holda disleksiyaning quyidagi shakllarini ajratadi: akustik, optik va motor. O‘qish jarayoni operatsiyalarining buzilishining hisobga olib R.I.Lalayeva disleksiyani quyidagi shakllarini ajratadi: fonematik, semantik, agrammatik, mnestik, optik, taktik.
Fonematik disleksiya- fonematik sistema funksiyasining rivojlanmaganligi bilan bog'liqdir. Fonematik sistema funksiyasining shakllanmaganligini hisobga olib, fonematik disleksiyani ikki shaklga ajratish mumkin. Birinchi shakl - o‘qishning buzilishi fonematik idrokni rivojlanmaganligi bilan bog‘liq. Bunda harflarni o‘zlashtirishda bir qator qiyinchiliklar paydo bo‘ladi. Shuningdek, akustik va artikulator jihatdan o‘xshash tovushlar (b-p, d-t, s-sh, j-sh) almashtiriladi. Ikkinchi shakl - o‘qishning buzilishi fonematik analiz funksiyasining rivojlanmaganligidan kelib chiqadi. Disleksiyaning bu shaklida o‘qishda quyidagi xatolar kuzatiladi: harflab 0‘qish, so‘zning tovush-bo‘g‘in tuzilishining buzilishi.
Semantik disleksiya - texnik jihatdan to‘g‘ri o‘qilgan so‘z, gap, tekst mazmunining tushunishni buzilishi bilan xarakterlanadi. Bunda bola o‘qigan so‘ziga mos rasmni ko‘rsata olmaydi. O‘qigan matn yuzasidan berilgan savollarga javob bera olmaydi.
Agrammatik disleksiya-nutqning grammatik tomoni hamda morfologik va sintaktik umumlashtirishning rivojlanmaganligi oqibatidir.
Mnestik disleksiya - hamma harflarni o‘zlashtirishdagi qiyinchiliklarda namoyon bo'ladi. Mnestik disleksiya tovush va harf o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikning va nutqiy xotiraning buzilishi natijasida kelib chiqadi.
Optik disleksiya — grafik jihatdan o‘xshash harflarni o ‘zlashtirishdagi qiyinchiliklar natijasida kelib chiqadi.
Taktil disleksiya — ko‘r bolalarda kuzatiladi. Uning asosida Brayl alifbosidagi harflarni taktil qabul qilish orqali ajratishdagi qiyinchiliklar yotadi.
M.V. Xvatsev disleksiyani quyidagicha tasniflaydi: fonematik, optik, semantik va menstik. Uning fikricha, bolalarda ko‘proq fonematik va optik disleksiya kuzatilar ekan. Fonematik disleksiyada bolalar 2 -4 yil davomida ham to‘g‘ri o‘qishni o‘rgana olmaydilar. Ular ayrim harflarni juda qiyinchilik bilan o‘zlashtiradilar va ularni bo‘g‘inlarga, so‘zlarga qo‘shib o ‘qiy olmaydilar. Ba‘zi bolalar harflarni qiyinchiliksiz o‘zlashtiradilar, lekin bo‘g‘in va so‘zlarni o'qish jarayonida ko‘p xatoliklarga yo‘l qo‘yadilar. Buni muallif fonematik eshituvni yaxshi rivojlanmaganligi deb ko‘rsatadi. Bolalar o‘qish jarayonida tovushlarni aniq talaffuz qilmaydilar va o'xshash tovushlarni bir-biridan ajrata olmaydilar. Optik disleksiya bolalar yoziiishi jihatdan o‘xshash harflarni almashtiradilar. Bolalarda ko‘ruv analiz sintezi va fazoviy tasavvurlar buzilgan bo‘ladi. Optik disleksiyada bolalar shakli va yoziiishi bilan o'xshash harflarni (t-p, sh-i, 1-m, ye-v) almashtiradilar. Harf elementlarini fazoda joylashuviga ko‘ra o'xshash harflar almashtiriladi: ye-z, b-d, t-sh. Mnestik disleksiya harf va tovush o‘rtasidagi bog‘lanishni rivojlanmaganligi yoki buzilishi bilan xarakterlanadi. Semantik disleksiya texnik jihatdan to‘g‘ri o‘qilgan matn ma’nosi tushunarsiz bo‘lishi bilan xarakterlanadi.
Yüklə 30,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin