Kazus №1 2006 yil oktabr oyida London sudi italiyalik zara kompaniyasini fransiyalik zargar Paskal Morabitoning yaratgan soxta soatlari


Ushbu jarayonda intellektual mulk huquqining qaysi obyektlari haqida fikr yuritilgan, fikringizni huquqiy jihatdan asoslantiring



Yüklə 492,51 Kb.
səhifə59/65
tarix07.01.2024
ölçüsü492,51 Kb.
#210133
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   65
V2 intellektual mulk Updated

Ushbu jarayonda intellektual mulk huquqining qaysi obyektlari haqida fikr yuritilgan, fikringizni huquqiy jihatdan asoslantiring.

  • Kazusdan kelib chiqb asar muallifi qanday huquq va majburiyatlarga ega?

  • Muallif tomonidan o‘z huquqlarini boshqa shaxslarga o‘tkazish tartibi va shartlari nimalardan iborat?

  • Rassom Shuhraovning vajlari o‘rinlimi?

  • Fikrlaringizni milliy va xalqaro huquqiy hujjatlar bilan asoslang

    O‘zbekiston Respublikasi “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonunining 38-moddasiga muvofiq muallifning mulkiy huquqlari faqat mualliflik shartnomasini tuzish yo‘li bilan huquq egasi tomonidan boshqa shaxsga o‘tkazilishi mumkin Muallifning mulkiy huquqlarini boshqa shaxsga o‘tkazish mutlaq huquqlarni boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi mualliflik shartnomasi asosida yoki mutlaq bo‘lmagan huquqlarni boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi mualliflik shartnomasi asosida amalga oshirilishi mumkin. Mualliflik shartnomasi ikki turga bo‘linadi.


    Birinchisi: mutlaq huquqlarni boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi mualliflik shartnomasi faqat ushbu huquqlar o‘tkazilayotgan shaxs asardan muayyan usulda va shartnomada belgilangan doirada foydalanishiga ruxsat beradi.
    Ikkinchisi: mutlaq bo‘lmagan huquqlarni boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi mualliflik shartnomasi foydalanuvchiga asardan shunday huquqlarni boshqa shaxsga o‘tkazgan mutlaq huquqlar egasi va (yoki) bu asardan ayni shunday usulda foydalanish uchun ruxsat olgan boshqa shaxslar bilan teng ravishda foydalanishga ijozat beradi.
    Mualliflik shartnomasi bo‘yicha boshqa shaxslarga o‘tkaziladigan huquqlar, agar shartnomada bevosita boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, mutlaq bo‘lmagan huquqlar hisoblanadi.
    Mualliflik shartnomasida quyidagilar nazarda tutilishi kerak: asardan foydalanish usullari (mazkur shartnoma asosida o‘tkaziladigan konkret huquqlar); asardan foydalanishning har bir usuli uchun to‘lanadigan haq miqdori va (yoki) to‘lanadigan haq miqdorini belgilash tartibi, uni to‘lash tartibi hamda muddatlari.
    Mualliflik shartnomasi taraflar zarur deb topgan boshqa shartlarni ham nazarda tutishi mumkin. Mualliflik shartnomasida asardan foydalanish huquqi qancha muddatga o‘tkazilishi to‘g‘risida shart bo‘lmagan taqdirda, shartnoma tuzilgan sanadan boshlab besh yil o‘tganidan keyin, agar foydalanuvchi shartnoma bekor qilinguniga qadar kamida olti oy oldin bu haqda yozma ravishda ogohlantirilgan bo‘lsa, shartnoma muallif tomonidan bekor qilinishi mumkin. Mualliflik shartnomasida asardan foydalanish huquqi amal qiladigan hudud doirasi to‘g‘risida shart bo‘lmagan taqdirda, shartnomaga binoan boshqa shaxsga o‘tkazilayotgan huquqning amal qilishi O‘zbekiston Respublikasi hududi bilan cheklanadi. Mualliflik shartnomasi bo‘yicha o‘tkazilgan huquqlar bunday shartnomada bevosita nazarda tutilgan taqdirdagina boshqa shaxslarga to‘liq yoki qisman o‘tkazilishi mumkin.
    Boshqa shaxsga o‘tkazilishi mualliflik shartnomasida bevosita nazarda tutilmagan asardan foydalanish huquqlari boshqa shaxsga o‘tkazilmagan deb hisoblanadi.
    Mazkur kazusda rassom Sh. o‘z mulkiy huquqlarini to‘liq mahalliy nashriyotga o‘tkazgan bo‘lib, ular o‘rtasida tuzilgan mualliflik shartnomasining turi va o‘tkazilgan huquqlar doirasi (xususan, tarjima qilishga ruxsat berilganligi) muhim ahamiyat kasb etadi. Rassom Sh. va mahalliy nashriyot o‘rtasida tuzilgan mualliflik shartnomasida hudud doirasi to‘g‘risida shart bo‘lmagan taqdirda, shartnomaga binoan boshqa shaxsga o‘tkazilayotgan huquqning amal qilishi O‘zbekiston Respublikasi hududi bilan cheklanadi, bu esa mahalliy nashriyot harakatlari noto‘g‘ri va qonunga zid ekanligidan dalolat beradi. Bu o‘rinda rassomning vajlari o‘rinli.



    Yüklə 492,51 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   65




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin