Kazus №1 2006 yil oktabr oyida London sudi italiyalik zara kompaniyasini fransiyalik zargar Paskal Morabitoning yaratgan soxta soatlari


Tovar belgisiga nisbataan talabnoma topshirilish jarayonini amaldagi qonunchiligimizga binoan tahlil eting



Yüklə 492,51 Kb.
səhifə56/65
tarix07.01.2024
ölçüsü492,51 Kb.
#210133
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   65
V2 intellektual mulk Updated

Tovar belgisiga nisbataan talabnoma topshirilish jarayonini amaldagi qonunchiligimizga binoan tahlil eting.

  • Rad etilgan talabnoma yuzasidan Apellyatsiya kengashiga murojaat etishning sudga nisbatan afzalliklari nimada?

  • Adliya vazirligi tomonidan ushbu talabnomani rad etish asoslarini keltiring?

  • Tovar belgilari o‘z xususiyatiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi?

  • Fikrlaringizni milliy va xalqaro huquqiy hujjatlar bilan asoslang

    Apellyatsiya kengashi quyidagi jihatlarga ko‘ra, suddan ko‘ra afzalliklarga ega hisoblanadi:
    - ishlarning tez ko‘rilishi;
    - ishlarni ko‘rishda hamda qaror qabul qilishning kollegial ishtiroki;
    - to‘lanadigan bojning kamligi;
    - ishlarni ko‘rib chiqishga professional yondashuv.
    Apellyatsiya kengashi o‘z faoliyatini Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-oktabrdagi 856-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan amalga oshirib, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalarini, seleksiya yutuqlarini, integral mikrosxemalar topologiyalarini, tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlarini huquqiy muhofaza qilish bilan bog‘liq apellyatsiyalarni sudgacha ko‘rib chiquvchi kollegial organi hisoblanadi. Apellyatsiya kengashining faoliyati qarorlar qabul qilishda teng huquqlilik va kollegiallik prinsiplariga asoslanadi.
    O‘zbekiston Respublikasining “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi qonuni
    10-moddasiga ko‘ra, 6) qismi va 13) qismi uchinchi xatboshisiga ko‘ra LUSTRA so‘zli tovar belgisiga topshirilgan talabnoma rad etilgan.
    Tovar belgilari o‘z xususiyati va ko‘rinishiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:
    - so‘zli;
    - tasvirli;
    - aralash;
    - ovozli;
    - hidli;
    - gologramali


    32-kazus
    Farg‘ona viloyatida yashovchi A. ismli shaxs O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga o‘zi ekib yetishtirayotgan bug’doyni tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida huquqiy muhofazalash maqsadida “O’zgan bug’doyi” nomi bilan talabnoma topshirdi.
    Bundan xabar topgan Qirg‘izistonning O‘zgan viloyatida yashovchi B. ismli shaxs Adliya vazirligiga tegishli tartibda murojaat qilib, ushbu nomni ro‘yxatdan o‘tkazmaslikni so‘radi. Bunga sabab sifatida u A. ismli shaxs O‘zgan viloyatida yashamasligini aytdi.
    Tovar kelib chiqqan joy nomini huquqiy muhofazadan o‘tkazish tartibi qanday?


    1. Yüklə 492,51 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   65




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin