«Rim choyi» so‘zi tovar belgisi sifatida ro‘yxatga olinishi mumkinmi?
Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risidagi qaror asoslimi?
Apellyatsiya kengashining vakolatlari haqida aytib bering.
Mualliflar qanday asoslarga ko‘ra, Apellyatsiya kengashiga murojaat qilishlari mumkin?
Fikrlaringizni milliy va xalqaro huquqiy hujjatlar bilan asoslang
O‘zbekiston Respublikasi “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi Qonunining 10-moddasiga muvofiq tovar yoki uning tayyorlovchisi xususidagi yolg‘on yoki iste’molchini chalg‘itishi mumkin bo‘lgan belgilar tovar belgilari sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi.
Tovar belgisi uchun tanlangan «Rim choyi» so‘zi Italiya poytaxti Rim shahridan olingan. Bunday tovar belgisining berilishi bu tovar belgisi ostida ishlab chiqarilgan mahsulotlar Rim shahrida ishlab chiqarilgan degan xulosani keltirib chiqarib, iste’molchilarni tovar kelib chiqqan joy nomi bo‘yicha chalg‘itishi mumkin.
Mazkur holatda ma’muriy sudning qarori noto‘g‘ri bo‘lib, sud da’voni rad etishi lozim edi.
40-kazus
2022-yil mart oyida Toshkent shahrida joylashgan o’quv-qurollari ishlab chiqaruvchi “Alisus” MCHJ tomonidan MGU-3663 sonli guvohnoma asosida “Qalam” tasviri tushirilgan jamlanma tovar belgisiga muhofaza olingan. 2022-yilda Toshkent viloyatidagi “Bekobod Stationary” MCHJ ushbu tovar belgisidan foydalanish bo‘yicha “Alisus” MCHJ bilan kelishuvga erishdi. “Alisus” MCHJ direktori kelishuvni ikki tomondan imzolanganligi uni kuchga kirishligi bilan izohladi. O‘z navbatida, “Bekobod Stationary” MCHJ ushbu kelishuvni qanday kuchga ega bo‘lishligi bo‘yicha patent vakili Salimovga murojaat qildi.
Litsenziya shartnomalar va huquqlarni o‘tkazish bilan bog‘liq shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi qanday?
Dostları ilə paylaş: |