Ushbu jarayonda intellektual mulk huquqining qaysi obyekti haqida fikr yuritilgan ?
Kazusdan kelib chiqib, intellectual mulk obyektiga nisabatan patent olish jarayonini tushuntiring.
Korxonaning talablarimi asoslimi?
Zuxurov patent olish uchun o‘z nomidan Adliya vazirligiga talabnoma yuborishi mumkinmi?
Fikrlaringizni milliy va xalqaro huquqiy hujjatlar bilan asoslang
O‘zbekiston Respublikasi “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”gi Qonunining 10-moddasiga muvofiq xodim tomonidan o‘z xizmat vazifalarini yoki ish beruvchidan olgan aniq topshiriqni bajarish munosabati bilan yaratilgan sanoat mulki obyektining patentiga bo‘lgan huquq, agar bu hol ular o‘rtasida tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa, ish beruvchiga tegishli bo‘ladi. Agar korxona bilan Zuxurov o‘rtasidagi shartnomada sanoat mulki ish beruvchiga tegishli bo‘lishi haqidagi qoidalar nazarda tutilgan bo‘lsa va korxona yaratilgan sanoat mulki obyekti to‘g‘risida Zuxurov tomonidan yozma ravishda xabardor qilingan kundan e’tiboran to‘rt oy ichida Adliya vazirligiga patent berish haqidagi talabnomani topshirmasa, patent berish haqidagi talabnomani topshirish huquqidan boshqa shaxs foydasiga voz kechmasa va tegishli obyektni sir saqlash to‘g‘risida Zuxurovga ma’lum qilmasa, u holda Zuxurov talabnoma topshirish va o‘z nomiga patent olish huquqiga ega bo‘ladi.
Mazkur holatda korxona Zuxurovga shartnomada belgilanadigan miqdorda tovon to‘lab, o‘z ishlab chiqarishida tegishli sanoat mulki obyektidan foydalanishda ustuvor huquqqa ega bo‘ladi.
38-kazus
Fuqaro Obidov avtomobilning rulini avtomatik boshqarishning yangi usulini ishlab chiqdi va o‘zi yaratgan texnik yechim uchun ixtiroga patent oldi. Patent olinganidan so‘ng Latviyalik sayyoh Anna Edgards O‘zbekistonga Fransiyada ro‘yxatdan o‘tgan o‘zining avtomobilida keldi. Fuqaro Obidov mazkur avtomobilda o‘zining ixtirosidan to‘liq foydalanilganligini aniqladi. Shundan so‘ng fuqaro Obidov Latviyalik Anna Edgardsdan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasida muhofaza qilinadigan ixtirodan foydalanishni to‘xtatishni talab qildi.
Dostları ilə paylaş: |