Kegl cc pechat indd


-MAVZU JISMLARNING ISSIQLIKDAN KENGAYISHI


səhifə114/197
tarix28.03.2022
ölçüsü
#54287
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   197
fizika 6 uzb @darsliklar bot

37-MAVZU
JISMLARNING ISSIQLIKDAN KENGAYISHI
10-mavzuda Siz qizdirilgan metall sharning kengayib, halqadan 
o‘ta olmagan 
ligi bilan tanishgansiz. Suyuqliklarda bu hodisani 
o‘rganish uchun shunday tajriba o‘tkazaylik (70-rasm). Uchta 
probirka olib ulardan biriga suv, ikkinchisiga yog‘, uchinchisiga sut 
quyaylik. Probirkalar og‘ziga o‘rtasida nay 
chasi bor tiqin o‘rnataylik. 
Probirkalarni suvli idishga 70-rasmda ko‘rsatilganidek qo‘yib, tagidan 
isitaylik.  Suv  isigan  sari  asta-sekin  naychalardan  suyuqliklar  yuqoriga 
ko‘tarila boshlaydi. Demak, suyuqliklar ham isitilganda kengayar 
ekan. Bunda suyuqliklarning naychadan ko‘tarilish balandligi turlicha 
bo‘lgan ligidan, ularning kengayishi ham turlicha bo‘ladi. Gazlarning 
issiq likdan kengayishini o‘rganish uchun bir kolbani olib, uning ham 
og‘ziga naychasi bor tiqin o‘rnataylik (71-rasm). Naycha uchini suvga 
tiqib, kolbani ushlagan holda ozroq siypalab turamiz. Shunda naycha 
uchidan suvga havo pufakchalari chiqa boshlaganini ko‘ramiz. Bunga 
sabab kolba qo‘l harorati tufayli ichidagi havosi bilan birga isiydi. 
Isigan gaz kengayib pufakcha shaklida chiqib ketadi. Kolba bo‘g‘zini 
shtativga o‘rnatib shu holda qoldirilsa, birozdan so‘ng naychadan suv 
yuqoriga ko‘tarilganligini ko‘rish mumkin. Sababi soviganda kolbadagi 
havo siqiladi.
72-rasm.
70-rasm. 71-rasm.
mis
temir
muz
Shunday qilib, moddalar (qattiq, suyuq va gazsimon) issiqlikdan 
ken gayadi, sovuq 
likdan torayadi. Bu hodisaning sababi oldingi 


105
mavzuda ay 
tilgan molekulyar harakatdir. Moddalarning bu 
xossasidan turmushda va texnikada keng foydala 
niladi. Temir yo‘l 
relslarini o‘rnatishda ularni bir-biriga jips tegmaydigan qilib o‘r-
natiladi. Elektr o‘tka 
zuvchi simlarni ustun 
lar ga yoz kunida biroz 
osiltirib torti 
ladi. Qishda to 
rayish eva 
ziga  uzilib  ketmasligi  uchun 
shun day qilinadi. Shisha stakan 
larga issiq suvni birdaniga quyib 
bo‘lmaydi. Chunki, uning ichki qismi issiqlikdan tez kengayadi. 
Tash qarisi esa kengayib ulgur maydi. Shu sababli stakan si nib ketadi.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin