Kegl cc pechat indd


səhifə111/197
tarix28.03.2022
ölçüsü
#54287
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   197
fizika 6 uzb @darsliklar bot

IV
BOB
Bu bobda Siz:
– issiqlik manbalari;
–  turli muhitlarda issiqlik o‘t-
kazuvchanlik;
– konveksiya hodisasi;
– nurlanish;
–  jismlarning issiqlikdan ken-
gayishi;
–  issiqlik hodisalari haqida 
Forobiy, Beruniy va Ibn 
Sinoning fikrlari;
–  temperatura va uni o‘lchash 
haqidagi ma’lumotlarni 
o‘rganasiz.
ISSIQLIK HODISALARI
HAQIDA DASTLABKI
MA’LUMOTLAR


102
KIRISH SUHBATI
Siz televizorda ko‘p marta berilgan «Maugli» haqidagi multfilmni 
ko‘rgansiz. Unda Maugli o‘z dushmani bo‘lgan yo‘lbarsni yengish 
uchun «qizil gul»ni (ya’ni olovni) qo‘lga kiritadi. Shundan so‘ng barcha 
hayvonlar uni endi hayvon emas, balki inson deb qabul qiladi. Inson 
esa barcha mavjudotlarning podshohi hisoblanadi. Haqiqatan ham, 
odamlar olovdan foydalana boshlaganlaridan so‘ng turmush tarzi keskin 
o‘zgargan. Ovqatlarni pishgan holda yeyish, metallarni eritib ov, ish va 
urush qurollari yasash, isinish va h.k. barchasi olovni hosil qilish va 
foydalanishni o‘rganish bilan bog‘liqdir. Unga doir ko‘plab afsonalar ham 
to‘qilgan. Masalan, grek afsonalarida alp Prometey xudolardan olovni 
olib, insonlarga bergan va undan foydalanishni o‘rgatganligi haqida gap 
boradi.  Hattoki  kosmosga  qilingan  birinchi  parvoz  haqidagi  filmni  ham 
«Olovning tizginlanishi» deb atashgan. Chunki inson yerda, okeanlarda 
harakatlanishi uchun ishlatiladigan mashinalarda issiqlikdan foydalanish 
bilan birga, kosmosga ham issiqlik (olovni) ishlata olishi tufayli chiqdi.
Kundalik turmushda ham Siz issiq, sovuq, qaynoq, iliq, qish, 
yoz kabi iboralarni ko‘p ishlatasiz. Biz Siz bilan modda tuzilishini 
o‘rganganimizda bug‘, suv va muz bir xil molekulalardan tashkil 
topganligini ham bilib oldik. Xo‘sh, unda issiq suv va sovuq suv 
molekulalari nimasi bilan farqlanadi? Temperatura deganda nimani 
tushunamiz? Bu kabi savollarga keyingi mavzularda javob olamiz.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin