45
18-MAVZU
JISMLARNING MEXANIK HARAKATI.
TRAYEKTORIYA
Siz fizika darsida o‘qituvchingiz
berayotgan saboqni tinglab
o‘tiribsiz. Bundan oldin uyingizdan chiqib maktabga kelgansiz. Siz
o‘tirgan stol, maktab binosi esa joyida turibdi.
Derazadan qarasangiz
o‘tib ketayotgan kishilarni, avtomobillarni ko‘rasiz. Ularga qarab
ayrimlarini
harakatda,
ayrimlarini harakatsiz, degan xulosa chiqarasiz.
Bunday xulosani chiqarishda biz nimalarga e’tibor berdik? Har
bir narsa yoki predmet berilgan vaqtda ma’lum bir joyda bo‘ladi.
Masalan, sinfda siz o‘tirgan parta eshikdan 3 m uzoqlikda joylashgan.
O‘qituvchi esa sizdan 2 m uzoqlikda o‘tiribdi. O‘qituvchi o‘rnidan
turib doska oldiga bordi. Endi u sizdan 2,5 m uzoqlikda. Demak,
o‘qituvchin gizning sinfda turgan o‘rni vaqt o‘tishi bilan o‘zgardi.
Xuddi shunday mashinalarning ham sizga nisbatan o‘rni vaqt o‘tishi
bilan o‘zgarganligi tufayli ularni harakatda degan xulosaga borasiz.
Sinf devorining o‘rni esa o‘zgarmaydi. Bu harakatlarning hammasini
Yüklə
Dostları ilə paylaş: