14. Yog‘ molekulasining diametri tax minan qancha?
A) 0,0002 mm.
B) 0,00002 mm.
C) 0,000002 mm.
D) 0,0000002 mm.
15. Bir litr suv necha sm
3
ga teng?
A) 500.
B) 100.
C) 1000.
D) 2000.
41
16.
Jumlani davom ettiring. «Modda
ning zichligini aniqlash uchun...
kerak».
A) ... massasini hajmiga bo‘lish...
B) ... massasini hajmiga ko‘pay tirish...
C) ... massasini hajmiga qo‘ shish...
D) ... massasini hajmidan ayi rish...
17. Rasmda keltirilgan jismning massasi va hajmi qanchaga teng? Zichligi
1500 kg/
m
3
.
A) 75000 kg; 50 m
3
.
B) 75000 kg; 100 m
3
.
C) 75000 kg; 30 m
3
.
D) 45000 kg; 30 m
3
.
YAKUNIY SUHBAT
Bunda Siz I bobda o‘rganilgan mavzularning qisqacha xulosalari
bilan tanishasiz.
Fizik jismlar
Tabiatda uchraydigan turli moddalardan tashkil topgan
barcha jismlar.
Fizik
hodisalar
Moddani tashkil etgan zarralari o‘zgarmasdan qoladigan
holda sodir bo‘ladigan hodisalar.
Fizik kattalik
Jismlar yoki fizik hodisalarning o‘lchash mumkin bo‘lgan
parametrlari.
Xalqaro birliklar
sistemasi (XBS)
1960-yilda kiritilgan. Unda asosiy 7 birlik qabul qilingan:
uzunlik (metr), massa (kilogramm), vaqt (sekund), tok
kuchi (Amper), temperatura (Kelvin), yorug‘lik kuchi
(kandela), modda miqdori (mol). Qolgan fizik kattaliklar
asosiy birliklar yordamida hosil qilinadi. Masalan,
1 N = 1 kg 1 m/s
2
.
Metr (m)
Uzunlik birligi. XBS asosiy birligi. Qiymat jihatidan
yorug‘likning vakuumda 1/299792458 sekund davomida
o‘tadigan yo‘liga teng. Namunasi platina-iridiy qotish-
masidan tayyorlangan bo‘lib, Fransiyada saqlanadi.
Sekund (s)
XBS asosiy birligi. Taxminan o‘rtacha quyosh sutkasining
1/86400 qismiga teng (1 sutka = 24 soat = 86400 s).
42
Atom
Grekcha atomos – bo‘linmas degani. Kimyoviy element
xossalari saqlanib qola
digan eng kichik zarra. 2016-yil
dekabr oyigacha bo‘lgan ma’lumotga ko‘ra tabiiy holda 94
ta element mavjudligi aniqlangan, 24 tasi laboratoriyalarda
hosil qilingan.
Molekula
Modda xossasi saqlanib qoladigan eng kichik zarra.
Molekulalar atomlardan tashkil topadi. Moddalarda
molekulalar bir xil atomlardan yoki har xil atomlardan
tashkil topadi. Lotincha moles – massa degani.
Diffuziya
O‘zaro tutashgan bir modda molekulalarining ikkin-
chi moddaga, ikkinchi modda molekula
larining birin-
chi moddaga o‘zaro o‘tishiga aytiladi. Gazlarda tez,
suyuqliklarda sekin, qattiq jismlarda juda sekin bora-
di. Temperatura ortishi bilan tezlashadi. Lotincha
diffuzio – tarqalish, sochilish degani.
Broun harakati
Suyuqlik yoki gazdagi juda kichik zarralarning to‘xtovsiz
va tartibsiz ha
ra kati. Bu harakat temperatura ortishi
bilan ortadi. Hodisa 1827-yilda ingliz bota
nigi R. Broun
tomonidan o‘rganilgan.
Molekulyar
kuchlar
Molekulalar orasidagi o‘zaro tortishish va itarishish
kuchlari. Juda qisqa maso fada namoyon bo‘ladi.
Massa
Moddaning inertlik va tortishish xossasini ifodalovchi
fizik kattalik. Massa tushunchasini birinchi bo‘lib fanga
I.
Nyuton (1687) kiritgan. Birligi kilogramm bo‘lib,
xalqaro birliklar sistemasining (XBS) asosiy birligi.
Namunasi silindr shaklida bo‘lib, balandligi va diametri
39 mm ga teng. Platina-iridiy qotishma sidan 1799-yilda
tayyorlangan.
Zichlik
Jism massasining uning hajmiga nisbati bilan
o‘lchanadigan fizik kattalik.
. Zichlik birligi kg/m
3
.
43
Yüklə Dostları ilə paylaş: |