elektr energiyasi, yadro energiyasi, quyosh energiyasiva h.k.
Avtomobil, samolyot, katta kemalarni yurgi
zishda benzin, kerosin,
dizel yonilg‘isi deb ata
luvchi neft mahsulotlari dvigatellarda yoqilib,
issiqlik energiyasi hosil qilinadi. So‘ngra issiqlik energiyasi mexanik
ishga aylanadi. Xuddi shunday, elektr stansiyalarda suvning mexanik
energiyasi yoki yoqilg‘i yonishi tufayli hosil qilingan issiqlik energiyasi
elektr energiyasiga aylantiriladi. Sanoatda, maishiy xizmatda elektr
energiyasi boshqa turdagi energiyaga yoki ishga aylanadi.
Insonlar va hayvonlar ham faoliyat ko‘rsatishlari uchun energiya
sarflaydilar. Ular bu energiyani iste’mol qiladigan oziqalaridan oladilar.
Har kuni katta yoshli kishilarga 15
000
000 J, maktab yoshidagi
bolalarga (11–15 yosh) – 12 000 000 J energiya kerak bo‘ladi.
Aynan bir xil ishni bajarish uchun turlicha vaqt kerak bo‘lishi
mumkin. Masalan, 10
000 ta g‘ishtni 100 m ga tashish uchun ikki
kishi kuni bilan ishlashi kerak bo‘lsa, mashinada bu ishni bir necha
minutlarda bajarish mumkin. Ishning tez yoki sekin bajarilishini
ko‘rsatadigan kattalik sifatida