35-MAVZU MEXANIKANING OLTIN QOIDASI. MEXANIZMNING FOYDALI ISH KOEFFITSIYENTI Yuqorida Siz oddiy mexanizmlarning ishdan yutuq bermas
-
ligi bilan tanishdingiz. Buni kengroq ma’noda qaralsa,
«har qanday mexanik mexanizm kuchdan necha marta yutuq bersa, yo‘ldan shuncha marta yutqazadi» degan xulosaga kelinadi. Bunga
«mexanikaning oltin qoidasi» deyiladi.
Oldingi mavzuda biror yukni ma’lum balandlikka ko‘tarishda
mexa nizmlarning og‘irligini, ulardagi ishqalanishlarni hisobga olmadik.
Bularni hisobga olinsa, m massali yukni h balandlikka ko‘tarishda
A f
= mgh ishga nisbatan ancha ko‘p ish (A u
) bajarish zarurligi kelib
chiqadi. A f
ish
foydali ish deb ataladi. A u
– umumiy bajarilgan ish deb
atalib, A u
= A f
A q
dan tashkil topadi. A q
– ishqalanishlarni yengish,
mexanizmning o‘zini ham ko‘tarish va h.k. larni bajarish bilan bog‘liq
qo‘shimcha ishlar.