Karnay va surnaylarda ovoz qanday hosil qilinishi haqida o‘ylab ko‘ring. 1. Nima sababdan musiqani doim baland ovozda eshitadigan yoki uzluksiz «audio pleyer» eshitib yuradiganlarning qulog‘i sezgirligi kamayib ketadi? 2. Tabiatda qanday hodisalar tovush chiqarish bilan birga ro‘y beradi? •
Chastotasi 7–9 Hz bo‘lgan infratovush insonlarga yomon
ta’sir ko‘rsatadi. U bosh aylanishni, qayt qilishni vujudga
keltiradi. Ko‘proq muddat ta’sir etsa, o‘limga olib kelishi ham mumkin.
Shunday voqea kuzatilgan. Mamlakat poytaxtlarining biridagi teatrda
tragediya ko‘rsatilgan. Tomosha paytida «Organ» deb ataluvchi musiqa
asbobi chalinishi kerak edi. Sahnadagi fojianing tomoshabinlarga
ta’sirini kuchaytirish maqsadida teatrning musiqaviy mexanigi organ
trubalarini biroz o‘zgartiradi. Tomosha boshlanib, musiqachi organ
klavishlarini bosa boshlaganda zaldagi odamlarda qandaydir qo‘rquv
hissi uyg‘ona boshlagan. Natijada odamlar dastlab birin-ketin, keyin
yoppa siga teatrdan qochib qolgan. Tekshirilganda organdan infratovush
chiqayotgan bo‘lgan. Hozirgi kunda infratovushning inson salomatligiga
ta’siri o‘rganilgan va shovqinlar manbai bo‘lgan joylarda infratovushlar
bor yoki yo‘qligi aniqlanadi.