3
KIRISH
1-MAVZU
FIZIKA NIMANI O‘RGANADI? FIZIK HODISALAR
Aziz o‘quvchilar!
Qo‘lingizdagi kitob Siz uchun yangi o‘quv predmeti bo‘lgan
«Fizika» darsligining birinchisidir. Keyingi 7–9-sinflarda ham
«Fizika»dan o‘quv darslari davom etadi.
Nima sababdan bu o‘quv predmetini o‘rganish kerak?
Atrofga qarasangiz, yog‘ayotgan qor yoki yomg‘irni, suzib
yurgan bulutlarni, ariq yoki daryolardan oqayotgan suvni ko‘rasiz.
Bularning
barchasi tabiat hodisa
laridir. Bizni o‘rab turgan tabiatdagi
o‘zgarishlar hayotimizga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Tabiatda bora-
yotgan jarayonlarning qonuniyatlarini o‘rganish ulardan unumliroq
foydalanish imkonini beradi. Qonuniyatlarni o‘rganish borasida inson
o‘z mehnatini yengillashtiradigan mashinalarni o‘ylab topgan. Kun-
dalik turmushimizni elektrsiz, yoqilg‘isiz va toza
suvsiz tasavvur qila
olmaymiz.
Elektr energiyasini hosil qiladigan mashinalar,
elektrdan va
yoqilg‘idan foydalanib ishlaydigan qurilmalar fizika faniga asoslanib
yaratiladi. Ma
shina va mexanizmlarni boshqarishda,
sozlash ishlari-
ni bajarishda, uy-ro‘z
g‘or texnikasidan unumli foydala
nishda ham
fizikadan olgan bilim laringiz asqotadi.
Tabiatda ro‘y berayotgan turli hodisalarni alomatlariga ko‘ra
mexanik, issiqlik, elektr, yorug‘lik va tovush
hodisalariga ajratish
mumkin.
Bu hodisalarni o‘rganish modda tuzilishini o‘rganishdan boshla nadi.
6-sinfda fizikaning o‘rganiladigan sohalari:
Dostları ilə paylaş: