N +7)2 )5 1s22s22p3 P +15)2 )8 )5 1s22s22p63s23p3 Azot guruhchasidagi elementlar H bilan RH3 tarkibli birikmalar, O bilan R2O3 va R2O5 tarkibli oksidlar hosil qiladi. Masalan, NH3–ammiak, PH3–fosgen, N2O3 va N2O5–azot oksidlari, P2O3 va P2O5–fosfor oksidlari.
Guruhchada tartib raqami ortishi bilan metallmaslik xossalari susayadi, metallik xossalari esa kuchayadi. Guruhchadagi elementlarning xossalari bir–biridan keskin farq qiladi. M: azot–metallmas (x=3,07), vismut–metall (x=1,67).
Tabiatda uchrashi. Azot tabiatda asosan erkin holda uchraydi. Havoda uning hajmiy ulushi 78,09 %, massa ulushi 75,6 % bo`ladi. Oz miqdorda tuproq tarkibida, oqsil moddalar va ko`pchilik tabiiy birikmalar tarkibida bo`ladi. Yer po`stlog`idagi azotning umumiy miqdori 0,01 %.
Olinishi. Texnikada azot suyuq havodan olinadi. Azot olish uchun havo suyuq holatga o`tkaziladi, so`ngra bug`latish yo`li bilan uchuvchanligi kamroq bo`lgan kisloroddan ajratiladi.
(azotning Tqaynash= –195,8 0C, kislorodning Tqaynash= –183 0C )
Laboratoriyada sof azot ammoniy nitritni qizdirib parchalash orqali olinadi:
NH4NO2 = N2↑ + 2H2O
Orbitallar birikayotgan atomlarning markazlarini bog`lovchi chiziq bo`ylab bir–birini qoplaganida hosil bo`ladigan kovalent bog`lanish sigma–σ bog`lanish deyiladi.
Orbitallar birikayotgan atomlarning markazlarini bog`lovchi chiziqning ikkala tomoni bo`ylab bir–birini qoplaganida vujidga keladigan kovalent bog`lanish pi–π bog`lanish deyiladi.
Azot molekulasida bitta σ–bog`lanish va ikkita π–bog`lanish, hammasi bo`lib uchta bog`lanish mavjud.