Takrorlash uchun savollar.
1. Uglerod guruhchasi elementlari qanday umumiy xossalarni namoyon qiladi?
2. Uglerod qanday olinadi va qanday xossalarni namoyon qiladi?
3. Uglerod oksidlari qanday olinadi va qanday xossalarni namoyon qiladi?
4. Kremniy qanday olinadi va qanday xossalarga ega?
5. Kremniy oksidi qanday olinadi va qanday xossalarga ega?
6. Shisha qanday usullar bilan ishlab chiqariladi?
7. Sement qanday usullar bilan ishlab chiqariladi?
Mavzuga oid tayanch iboralar.
Olmos, grafit, karbin, adsorbsiya, adsorbent, adsorbat, karbidlar, quruq muz, karbonatlar, gidrokarbonatlar, silitsidlar, qumtuproq, silikatlar, alyumosilikatlar, shisha, kimyoviy shisha, billur shisha, sitallar, portlandsement, klinker, mergel, beton, temir–beton, plastobeton, silikat sanoati.
Mavzuga oid adabiyotlar.
1. I.E.Toshev.R.Ro’ziyev.I.I.Ismoilov.”Anorganik kimyo”. «O`qituvchi», 2004.
2. S. Masharipov, I. Tirkashev. Kimyo. Toshkent, «O`qituvchi», 2002.
3. G. P. Xomchenko. Kimyo. Oliy o`quv yurtlariga kiruvchilar uchun. Toshkent, «O`qituvchi», 2001.
4. A. G. Muftaxov, H. T. Omonov, R. O. Mirzayev. “Anorganik kimyo’. Toshkent, «O`qituvchi», 2002.
5. M. M. Abdulxayeva, O`. M. Mardonov. Kimyo. Toshkent, «O`zbekiston», 2002.
6. G. P. Xomchenko. Kimyo. Oliy o`quv yurtlariga kiruvchilar uchun. Toshkent, «O`qituvchi», 2001.
Mavzu:V-A-guruh elementlari. Azot va fosfor. Mineral o`g`itlar.
Reja.
-Azot guruhchasining umumiy tavsifi.
-Azot, ammiak, ularning olinishi va xossalari.
-Azot oksidlari, nitrat kislota va uning tuzlari.
-Fosfor, oksidlari, fosfat kislotalar va ularning tuzlari.
- Mineral o`g`itlar.
Azot guruhchasiga azot–N, fosfor–P, surma–Sb, mishyak–As va vismut–Bi elementlari kiradi. Bular davriy jadval V guruhining p–elementlaridir. Ular atomlarining tashqi energetik pog`onasida 5 tadan elektron bo`ladi–ns2 np3. Shu sababli bu elementlarning yuqori oksidlanish darajasi +5 ga, quyi oksidlanish darajasi –3 ga teng, ba`zan +3 oksidlanish darajasida ham bo`ladi.
2. 1–jadval. Azot guruhchasi elementlarining xossalari.
№
|
Xossalari
|
N
|
P
|
As
|
Sb
|
Bi
|
1.
2.
3.
4.
5.
6.
|
Tartib raqami
Valent elektronlari
Atomining ionlanish energiyasi, eV
Nisbiy elektrmanfiyligi
Birikmalarida oksidlanish darajasi
Atom radiusi, nm
|
7
2s22p3
14,5
3,07
+5,+4,
+3,+2,
–3,–2,–1
0,071
|
15
3s23p3
10,5
2,1
+5,+4,
+3,–3,
–2
0,13
|
33
4s24p3
9,8
2,2
+5,+3,
–3
0,15
|
51
5s25p3
8,6
1,82
+5,+3,
–3
0,16
|
83
6s26p3
7,3
1,67
+5,+3,–3
0,18
|
Dostları ilə paylaş: |