«Kelishildi» Kollej uslubchisi G. K. Mannonova



Yüklə 269,62 Kb.
səhifə22/59
tarix05.12.2023
ölçüsü269,62 Kb.
#173004
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   59
2010-yilgi dastur asosida yozilgan-hozir.org

Fizik–kimyoviy xossalari. Azot–rangsiz, hidsiz, ta`msiz va havodan yengil gaz. 20 0C da 1 l suvda 15,4 ml azot eriydi. Tabiiy azot massa sonlari 14 (99,64 %) va 15 (0,36 %) bo`lgan ikkita barqaror izotopdan tarkib topgan.
Azot molekulasi ikki atomdan iborat. Ular orasidagi bog`lanishning uzunligi juda qisqa–0,109 nm. Xona temperaturasida azot faqat litiy bilan bevosita birikadi:
N2 + 6Li = 2Li3N
Azot turli metallar bilan yuqori haroratda birikib nitridlar hosil qiladi:
3Ca + N2 = Ca3N2 2Al + N2 = 2AlN
Azot vodorod bilan yuqori bosim va haroratda katalizator ishtirokida birikadi: N2 + 3H2 = 2NH3
Elektr yoyi haroratida (3000–4000 0C) azot kislorod bilan birikadi:
N2 + O2 = 2NO
Azot vodorod bilan bir necha xil birikma hosil qiladi, ulardan eng muhimi ammiak–NH3 dir.
Laboratoriya sharoitida ammiak odatda ammoniy xlorid bilan so`ndirilgan ohak aralashmasini ohista qizdirish orqali olinadi:
2NH4Cl + Ca(OH)2 = CaCl2 + 2NH3↑ + 2H2O
Sanoatda ammiak azot bilan vodorodni sintez qilish orqali olinadi:
N2 + 3H2 ↔ 2NH3, ∆H0 = –92,4 kJ.
Ammiak o`ziga xos o`tkir hidli rangsiz gaz, havodan deyarli ikki marta yengil. Bosim oshirilganda yoki ammiak sovitilganda u osonlik bilan rangsiz suyuqlikka aylanadi (Tqaynash= –33,4 0C). Suvda juda yaxshi eriydi (20 0C da 1 hajm suvda 700 hajm NH3 eriydi). Uning suvdagi eritmasi ammiakli suv yoki navshadil spirti deyiladi.
NH3 + H2O ↔ NH3•H2O (NH4OH) ↔ NH4+ + OH
Ammiak kislotalar bilan o`zaro ta`sirlashib ammoniy tuzlarini hosil qiladi:
NH3 + HCl = NH4Cl NH3 + H3PO4 = NH4H2PO4
Ammiak kislorodda va qizdirilgan havoda yonib, azot hamda suv hosil qiladi: 4NH3 + 3O2 = 2N2 + 6H2O
Katalizator ishtirokida ammiak kislorod bilan ta`sirlashib azot (II)–oksid va suv hosil qiladi: 4NH3 + 5O2 = 4NO + 6H2O
Qizdirilganda ammiak mis (II)–oksidni qaytaradi, o`zi esa erkin azotga qadar oksidlanadi: 3CuO + 2NH3 = 3Cu + N2 + 3H2O
Ammoniy tuzlari ammoniy kationi bilan kislota anionidan tarkib topgan. Ammoniy tuzlari ammiakni yoki uning suvdagi eritmalarini kislotalar bilan o`zaro ta`sir ettirib olinadi. Masalan,
NH3 + HNO3 = NH4NO3 ; NH3•H2O + HNO3 = NH4NO3 + H2O
Ammoniy tuzlari ishqorlar, kislotalar va boshqa tuzlarning eritmalari bilan reaksiyaga kirishadi:
NH4Cl + NaOH = NaCl + H2O + NH3↑ ; 2NH4Cl + H2SO4 = (NH4)2SO4 + 2HCl↑
(NH4)2SO4 + BaCl2 = BaSO4↓ + 2NH4Cl
Ammoniy tuzlarining hammasi qizdirilganda parchalanadi yoki haydaladi masalan: (NH4)2CO3 = 2NH3↑ + H2O + CO2

Yüklə 269,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin