Tabiatda uchrashi. Fosfor tabiatda faqat birikmalar holida uchraydi; ulardan eng muhimi–Ca3(PO4)2–apatit mineralidir, ulardan eng ko`p tarqalgani ftorapatitdir–3Ca3(PO4)2•CaF2. Fosfor oqsil moddalar tarkibida turli xil birikmalar holida bo`ladi. Miya to`qimalarida fosforning miqdori 0,38 %, muskullarda–0,27 % bo`ladi. Yer po`stlog`ining 0,08 % ini fosfor tashkil etadi.
Olinishi. Fosfor apatitlar yoki fosforitlardan olinadi. Buning uchun ular ko`mir (koks) va qum bilan aralashtiriladi hamda elektr pechda 1500 0C da qizdiriladi: 2Ca3(PO4)2 + 10C + 6SiO2 = 6CaSiO3 + P4 + 10CO
Fizik–kimyoviy xossalari.Fosforning bir necha allotropik shakl o`zgarishlari mavjud: oq, qizil, qora fosfor.
Oq fosfor–rangsiz va juda zaharli modda. Fosfor bug`larini kondensatsiyalash yo`li bilan olinadi. Suvda erimaydi, lekin CS2 da yaxshi eriydi. Uzoq vaqt qizdirilganda qizil fosforga aylanadi.
Qizil fosfor–qizil–qo`ng`ir trangli kukun, zaharsiz. Suvda va CS2 da erimaydi.
Qora fosfor–tashqi ko`rinishidan grafirga o`xshaydi, ushlab ko`rilganda yog`lidek tuyuladi, yarim o`tkazgich xossalarga ega. Oq fosforni juda katta bosim ostida uzoq vaqt qizdirish (200 0C va 1200 MPa da) orqali olinadi.
Fosfor ko`rchilik oddiy moddalar–O, galogenlar, S, va ba`zi metallar bilan birikadi, bunda oksidlash va qaytarish xossalarini namoyon qiladi, masalan:
4P + 5O2 = 2P2O5 yoki P4O10 2P + 3Ca = Ca3P2 2P + 3S = P2S3 2P + 3Cl2 = 2PCl3 Fosforning metallar bilan hosil qilgan birikmalari fosfidlar deyiladi, ular suv ta`sirida oson parchalanib, fosfin PH3–sarimsoq hidi keladigan juda zaharli moddani hosil qiladi: Ca3P2 + 6H2O = 3Ca(OH)2 + 2PH3↑