«Kelishildi» Kollej uslubchisi G. K. Mannonova


Takrorlash uchun savollar



Yüklə 269,62 Kb.
səhifə42/59
tarix05.12.2023
ölçüsü269,62 Kb.
#173004
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   59
2010-yilgi dastur asosida yozilgan-hozir.org

Takrorlash uchun savollar.
1. Kislorod guruhchasi elementlari qanday umumiy xossalarni namoyon qiladi?
2. Kislorod qanday olinadi va qanday xossalarni namoyon qiladi?
3. Kislorod nima uchun faqat ikki valentlik namoyon qiladi?
4.Ozon nima?
5. Oksidlar qanday olinadi va qanday xossalarga ega?
6. Kislorodning tibbiyotda ishlatilishi haqida nimalarni bilasiz?
7.Ozonatorlar nima ?
8.Ozon so’zining ma’nosi nima?
Mavzuga oid tayanch iboralar.
Xalkogenlar, xalkovodorodlar, kislorod va ozon, ozonator, magnit, parpmagnit modda, p-bog’, sigma bog’, rezina, spirt,allatropiya, bertole tuzi,
Diamagnit modda, dipol, debay, .
Mavzuga oid adabiyotlar.

1. I.E.Toshev.R.Ro’ziyev.I.I.Ismoilov.”Anorganik kimyo”. «O`qituvchi», 2004.


2. S. Masharipov, I. Tirkashev. Kimyo. Toshkent, «O`qituvchi», 2002.
3. G. P. Xomchenko. Kimyo. Oliy o`quv yurtlariga kiruvchilar uchun. Toshkent, «O`qituvchi», 2001.
4. A. G. Muftaxov, H. T. Omonov, R. O. Mirzayev. “Anorganik kimyo’. Toshkent, «O`qituvchi», 2002.
5. M. M. Abdulxayeva, O`. M. Mardonov. Kimyo. Toshkent, «O`zbekiston», 2002.
6. G. P. Xomchenko. Kimyo. Oliy o`quv yurtlariga kiruvchilar uchun. Toshkent, «O`qituvchi», 2001.


Mavzu: Bosh guruhcha metallari-litiy , natriy, kaliy.
Reja:
  • Litiy guruhchasining umumiy tavsifi.


  • Natriy va kaliy, o`yuvchi ishqorlar.


- Natriy va kaliy tuzlari.


Litiy guruhchasini Li, Na, K, Rb, Cs va Fr elementlari tashkil etadi. Bular s–elementlardir. Atomlarining tashqi energetik pog`onasida bittadan elektron bo`ladi. Ular kimyoviy reaksiyaga kirishganida valent elektronlarini berib, +1 ga teng doimiy oksidlanish darajasini namoyon qiladi.

7. 1–jadval. Litiy guruhchasi elementlarining xossalari.



Xossalari

Li

Na

K

Rb

Cs

Fr

1.
2.


3.
4.
5.

6.

Tartib raqami
Valent elektronlari
Atomining ionlanish energiyasi, eV
Nisbiy elektrmanfiyligi
Birikmalarida oksidlanish darajasi
Atom radiusi, nm

3
2s1


5,39
0,97
+1
0,155

11
3s1


5,14
1,01
+1
0,189

19
4s1


4,34
0,91
+1
0,236

37
5s1


4,18
0,89
+1
0,248

55
6s1


3,89
0,86
+1
0,268

87
7s1


3,83
0,86

+1
0,280


Bu elementlarning oddiy moddalari ishqoriy metallar deyiladi. Ular kuchli qaytaruvchilar va eng faol metallar bo`lib, deyarli barcha metallmaslar bilan bevosita birikadi. Ular kimyoviy birikmalarida ko`pincha ionli bog`lanishli bo`ladi.


Tartib raqami ortishi va ionlanish energiyasi kamayishi bilan elementlarning metallik xossalari kuchayib boradi. Davriy jadvalning har qaysi davri (1–davrdan tashqari) shu elementlar bilan boshlanadi.
Bu elementlar kislorod bilan R2O tipidagi oksidlar hosil qiladi. Bu oksidlar suv bilan birikib, ROH tipidagi asoslar hosil qiladi:
R2O + H2O = 2ROH
Ishqoriy metallar vodorod bilan RH tipidagi birikmalarni hosil qiladi, ular metallarning gidridlari deyiladi. Gidridlarda vodorodning oksidlanish darajasi –1 bo`ladi.

Yüklə 269,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin