«Kelishildi» Kollej uslubchisi G. K. Mannonova


Takrorlash uchun savollar



Yüklə 269,62 Kb.
səhifə41/59
tarix05.12.2023
ölçüsü269,62 Kb.
#173004
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   59
2010-yilgi dastur asosida yozilgan-hozir.org

Takrorlash uchun savollar.
1. Bor guruhchasi elementlari qanday umumiy xossalarni namoyon qiladi?
2. Alyuminiy qanday olinadi va qanday xossalarni namoyon qiladi?
3. Alyuminiy nima uchun faqat uch valentlik namoyon qiladi?
4.Amfoter deganda nimaga tushunasiz?
5. Boksidlar qanday olinadi va qanday xossalarga ega?
6. Alyuminiyning tibbiyotda ishlatilishi haqida nimalarni bilasiz?
7. Alyuminiy so’zi qanday ma’noni bildiradi?
8.Korund nima?
Mavzuga oid tayanch iboralar.
Xalkogenlar, xalkovodorodlar, kislorod va ozon, ozonator, magnit, parpmagnit modda, p-bog’, sigma bog’, rezina, spirt,allatropiya, bertole tuzi,
Diamagnit modda, dipol, debay, .
Mavzuga oid adabiyotlar.

1. . I.E.Toshev.R.Ro’ziyev.I.I.Ismoilov.”Anorganik kimyo”. «O`qituvchi», 2004.


2. S. Masharipov, I. Tirkashev. Kimyo. Toshkent, «O`qituvchi», 2002.
3. G. P. Xomchenko. Kimyo. Oliy o`quv yurtlariga kiruvchilar uchun. Toshkent, «O`qituvchi», 2001.
4. A. G. Muftaxov, H. T. Omonov, R. O. Mirzayev. “Anorganik kimyo’. Toshkent, «O`qituvchi», 2002.
5. M. M. Abdulxayeva, O`. M. Mardonov. Kimyo. Toshkent, «O`zbekiston», 2002.
6. G. P. Xomchenko. Kimyo. Oliy o`quv yurtlariga kiruvchilar uchun. Toshkent, «O`qituvchi», 2001.
Mavzu: Kislorodning tabiatda tarqalishi, xossalari, olinishi,
ishlatilishi.


Reja:
- Kislorod guruxshasiga umumiy xarakteristika.

-Kislorodning tabiatda uchrashi, olinishi.


-Kislorodning xossalari, birikmalari.
-Allotropik shakl o’zgarishi.
VI gruppa ikki gruppadan iborat: asosiy gruppacha kislorod gruppchasi deyiladi.Kislorod guruhchasiga O, S, Se, Te va Po elementlari kiradi. Ular D. I. Mendeleyev davriy jadvali VI guruhining p–elementlari bo`lib, umumiy nom bilan xalkogenlar deb yuritiladi. Ularning tashqi elektron pog`onasida–ns2np4 elektronlar mavjud bo`ladi. Xalkogenlar vodorod va metallar bilan hosil qilgan birikmalarida –2 oksidlanish darajasini, kislorod va boshqa faol metallmaslar bilan hosil qilgan birikmalarida odatda +4 va +6 oksidlanish darajalarini namoyon qiladi. Kislorod odatda –2 oksidlanish darajasini, ftor bilan hosil qilgan birikmasida +2 oksidlanish darajasini namoyon qiladi.

Kislorod guruhchasi elementlari vodorod bilan H2R kabi vodorodli birikmalarni hosil qiladi. Bu birikmalar H2O, H2S, H2Se, H2Te bo`lib ular xalkovodorodlar deyiladi.


S, Se va Te kislorod bilan RO2 va RO3 kabi oksidlarni hosil qiladi, ularga H2RO3 va H2RO4 kabi kislotalar muvofiq keladi.
Oddiy moddalarning xossalari qonuniyat bilan o`zgarib boradi: yadro zaryadi ortishi bilan metallmaslik xossalari susayib, metallik xossalari kuchayib boradi. Masalan, kislorod va tellur metallmaslar, lekin tellurning metall yaltiroqligi bor va elektrni o`tkazadi.
Kislorod, oltingugurt, selen va tellur tabiatda uchraydi, lekin poloniy faqat uran qatori elementlarining radioaktiv yemirilish maxsulotlari sifatida tarkalgan bo'lib, uni yadro reaksiyalari yerdami bilan sun'iy ravishda xosil qilish mumkin.

Kislorod guruhchasi elementlarining xossalari.





Xossalari

O

S

Se

Te

Po

1.
2.
3.
4.
5.

6.

Tartib raqami
Valent elektronlari
Atomining ionlanish energiyasi, e V
Nisbiy elektrmanfiyligi
Birikmalarida oksidlanish darajasi
Atom radiusi, nm

8
2s22p4


13,62
3,50
–1, –2,

+2
0,066


16
3s23p4


10,36
2,6
–2, +2, +4, +6

0,104

34
4s24p4
9,75
2,48
–2, +4, +6

0,117

52
5s25p4
9,01
2,01
–2, +4, +6

0,137

84
6s26p4
8,43
1,76
–2, +2

0,164



Kislorod O, oltingugurt S, selen S ye, tellur Te, poloniy Ro atomlarining sirtki qavatida oltitadan (s2p4) elektron bor. Shunga muvofiq, bu elementlarning oksidlanish darajasi +6, +4 va -2 bula oladi. Kislorodning oksidlanish darajasi -2 ga teng.
Oltingugurt, selen, tellur elementlarining gidridlari H2S, H2Se, H2Te kaytaruvchi moddalar bo'lib, ularning bunday xossalari H2S dan H2Te ga utgan sayin kuchayib boradi. H2S--H2Se--H2Te qatorida chapdan ungga utgan sayin bu moddalarning kislotali xossalari kuchayib boradi, chunki ionlarning radiuslari S2- dan Te2- ga utganda kattalashadi. Bu elementlarning +6 valentligiga muvofiq keladigan gidroksidlari H2SO4, H2SeO4, H2TeO4 tarkibiga ega. Bundan kuramizki, selendan tellurga utilgan sayin markaziy ionning koordinasion soni 4 dan 6 ga kadar uzgaradi. Buning sababi shundaki, ionlarning radiusi S6+ -Se6+ -Te6+ qatorida chapdan ungga utgan sayin kattalashib boradi. H2SO4 va H2SeO4 kuchli kislotadir. H2SeO4 sulfat kislotaga qaraganda bir oz kuchsiz kislota xisoblanadi; tellurat kislota H2TeO4 - bularga qaraganda yanada kuchsiz, chunki Te6+ ionning radiusi S6+ va Se6+ ionlarining radiuslaridan bir muncha katta. S, Se, Te ning olti valentli xolatlariga muvofiq keladigan oksidlari, kislotalari, kuchli oksidlovchilar qatoriga kiradi.
Ularning oksidlash xususiyati sulfat kislotadan tellurat kislotaga utgan sayin kuchayib boradi.
Bu elementlarning +4 valentli xolatlariga muvofiq keladigan
gidroksidlarining umumiy formo'lasi H2EO3 bo'lib, ular o'rtacha kuchdagi
kislotalardir. (H2SO3, H2SeO3, H2TeO3), sulfit kislotadan H2SO3 tellurit kislota H2TeO3 ga utgan sayin bu moddalarning kislotali xossalari kuchsizlanib boradi, xatto tellurit kislota amfoterlik xossasini xam namoyon qiladi; uning kaytaruvchilik xossasi xam kuchsiz ifodalangan, H2SO3 kuchli kaytaruvchi bo'lgani xolda H2TeO3 oksidlovchidir.
Kislorod O, tartib nomeri Z=8, atom og'irligi 16, atom tuzilishi K2S22P4.
Kislorod tabiatda erkin va birikma xolida uchraydi. Xavoda xajm jixatidan 20.9% og'irlik jixatidan 23.2% kislorod bor. Yer kobigida kislorodning
umumiy miqdori (dengiz suvida va xavodagisi bilan) ariyb 50% ga yetadi. Kislorod Yer qobigida eng kup tarkalgan element xisoblanadi. U yer po`stlog`i massasining 47,2 % ni tashkil etadi. Uning havodagi miqdori hajm jihatdan 20,95 % va massa jihatdan 23,15 % ga teng. Kislorod suv, tog` jinslari, ko`pchilik minerallar va tuzlar tarkibiga kiradi, tirik organizmlarni tashkil etuvchi oqsillar, yog`lar va uglevodlarda bo`ladi.
U uch stabil izotopdan tashqil topgan
816O(99.769%), 817O(0.037%) va 818O(0.204%).
Uning juda qisqa vaqt yashaydigan izotoplari 814O, 815O, sun'iy ravishda xosil qilingan.
Kislorod sanoatda xavodan yoki suvni elektroliz qilib olinadi.Laboratoriya sharoitida kislorod natriy gidroksidning suvdagi eritmasini elektroliz qilish (Ni elektrodlar), bertole tuzini qizdirib turib parchalash yoki kaliy permanganatni qizdirib turib parchalash yo`llari bilan olinadi:

2KClO3 = 2KCl + 3O2↑ 2KMnO4 = K2MnO4 + MnO2 + O2


Kislorod pulat ballonlarda 150 atm bosim ostida saklanadi. U rangsiz, xidsiz, mazasiz gazdir, suvda kam eriydi: 100 xajm suv 3.1 xajm O2 erita oladi (1atm 20°Sda). –183 0C harorat va 101,325 kPa bosimda suyuqlanadi. Suyuq kislorod havorang tusli bo`ladi, magnit maydoniga tortiladi.

Kislorod metallmaslar qatoriga kiradi; uning nisbiy elektrmanfiyligi 3 ga teng bo'lib, bu jixatdan ftordan keyin ikkinchi urinda turadi. U deyarli xamma elementlar bilan birikmalar xosil qiladi va bu jixatdan ftorga o'xshaydi. O atomining tuzilishi 1S22S22P4 demak, ikkita tok elektronlar xisobiga uning kovalentligi ikkiga teng. (p2-bog') bo'ladi. Bundan tashqari kislorod atomi yana ikkita elektron juftlarini donori bula oladi. Demak, uning yuqori valentligi 4 ga teng (bunda sp3 gibridlanish ruy beradi). Kislorodning kovalentligi yana uchga xam teng bula olishi mumkin. (sp2-bog' va p3-bog'). Lekin kupchilik birikmalarda kislorodning valentligi ikkiga teng.


Kislorod qattiq xolatda (va suyuq xolatda) magnitga tortiladi, demak, u paramagnit moddadir. Molekulyar orbitallar nazariyasiga muvofiq kislorod molekulasida uning ikkita atomi o'zaro shu tarzda bog'langanki, O2 molekulasida ikkita tok elektron bo'ladi:

Kislorod molekulasi O2 nixoyatda barkaror, uning dissosilanish energiyasi 117.67 kkal/mol.ga teng. 3000° da ajralish darajasi 6% ga yetadi. Kislorod molekulasi kutbsiz molekula.


Kislorod - 183°S da qaynaydi, -218.9°S da muzlaydi, suvda oz eriydi.
Kislorod odatdagi xaroratda passiv modda, lekin kislorod kizdirilganda va katalizator ishtirokida deyarli hamma elementlar bilan birika oladi. Oltingugurt, fosfor, natriy va xatto temir sim xam kislorodda xavodagiga qaraganda ancha ravshan yonadi:
2Cu + O2 = 2CuO
Ca + O2 = 2CaO
S + O2 = SO2
2SO2 + O2 = 2SO3
C + O2 = CO2
3Fe + 2O2 = Fe3O4
CH4 + 2O2 = CO2 + 2H2O
N2 + O2 = 2NO
4NH3 + 3O2 = 2N2 + 6H2O
4P + 5O2 = 2P2O5
Kislorodning allotropik shakl uzgarishi ozondir O3. Ozon grekcha "xidli" suzidan olingan. Ozon tabiatda momakaldirok paytlarida, chakmok chakkanida, 10-30 km balandliklarda ultrabinafsha nur ta'sir etganida kisloroddan xosil bo'ladi:
3O2  2O3
Umuman, ozon atomar kislorod xosil bo'ladigan prosesslarda (peroksidlar parchalanganda, suv radiolizga uchraganda va boshqa xollarda) xosil bo'ladi.
Atmosferada ozon xosil bo'lishida kuyoshdan kelayotgan xayot uchun zararli ultragunafsha nurlar ushlanib koladi, xosil bo'lgan ozon infraqizil nurlarni yutib, yer kobigini sovib ketishidan saklaydi. Binobarin, atmosferada ozon qavatining bo'lishi yerdagi xayot uchun katta foyda keltiradi.
Laboratoriyada va texnikada ozon olish uchun ozonatorlardan foydalaniladi. Laboratoriyada ishlatilayotgan ozonator orqali utgan kislorodning 12-15%i ozonga aylanadi. Ozon va kislorod aralashmasi suyuq xavo bilan sovitilayotgan idish orqali utkazilganda ozon kondensatlanib, kisloroddan ajraladi, ozonni suyuq xavo solingan idish bilan sovutilib turadigan priyomnikka yuborib, uni batamom toza xolda olish mumkin.
Ozon odatdagi xaroratda xavorang tusli gaz; uning muzlash va qaynash xaroratlari kislorodnikidan yuqori; ozon -112° da qaynaydi va -192.5° da muzlaydi. Ozon suvda yaxshi eriydi (100l suvda 0°Sda 45l ga yaqin ozon eriydi). Ozon molekulasi O3 bekaror; shuning uchun ozon molekulyar kislorodga qaraganda ancha kuchli oksidlovchidir. Ozon shillik pardalarga ta'sir etadi; u kulansa xidli modda.
Ozon ta'sirida (Au va Pt dan tashqari) barcha metallar oksidlanadi; ammiak nitrat va nitrit kislotalar aralashmasiga aylanadi, spirt yonib ketadi, rezina yemiriladi; ozonni kumushga va kaliy yodid eritmasiga ta'sirini kuyidagi tenglamalar bilan kursatish mumkin:
2Ag + O3 = Ag2O + O2
2KJ + O3+ H2O = KOH + J2 +O2
Rezinaning ozon ta'sirida yemirilishi ozonidlar nomli murakkab moddalarning xosil bo'lishidan kelib chiqadi, chunki tarkibida qush bog' bo'lgan organiq moddaga ozon ta'sir etganida ozon molekulasi usha modda molekulasining qush bog'li joyiga kelib birikadi:



Ozon diamagnit modda, uning dipol momenti 0.53 debayga teng.




Yüklə 269,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin