19-mavzu. Eritmalarni termodinamik nuqtai-nazardan sinflanishi
Ideal, cheksiz suyultirilgan, real eritmalar. Regulyar va atermal eritmalar. Eritma komponentlarining kimyoviy potensiali. Aktivlik, aktivlik koeffitsienti. Uchuvchanlik, uchuvchanlik koeffitsienti.
20-mavzu. Komponentning eritma ustidagi bug‘ bosimi
Komponentning eritma ustidagi bug‘ bosimi. Raul va Genri qonunlari. Ideal, cheksiz suyultirilgan va real eritmalar uchun Raul va Genri qonunlari.
21-mavzu. Qattiq moddalarning eruvchanligi
Qattiq moddalarning eruvchanligi. Shreder tenglamasi. Ebulioskopik va krioskopik qonunlar.
22-mavzu. Osmotik bosim qonunlari
Diffuziya va osmos. De friz qonuni. Osmotik bosim qonunlari. Vant-Goff qonuni. Taqsimlanish koeffitsienti. Ekstraktsiya.
23-mavzu. Suyuqlik-bug‘ muvozanati
Suyuqlik-bug‘ muvozanati. Gibbs-Konovalov qonunlari. Vrevskiy qonunlari. Azeotrop aralashmalar va ularning xossalari.
24-mavzu. Elektrokimyo nazariyalari
Elektrolit eritmalarning tuzilishlari haqida tushunchalar. Arrenius nazariyasi. Ionlarning o‘zaro ta’sirini termodinamik nuqtai-nazaridan ifodalash. Faollik va faollik koeffitsientlari. Debay-Xyukkel nazariyasining asosiy ehtimolliklari. Ion atmosferasining potensiali. Elektrolitlar haqida zamonaviy tushunchalar.
25-mavzu. Solishtirma va ekvivalent elektr o‘tkazuvchanlik
Solishtirma va ekvivalent elektr o‘tkazuvchanlik. Ionlar harakatchanligi va Kolraush qonuni. Tashish soni. Ostvaldning suyultirish qonuni. Konduktometrik titrlash.
26-mavzu. Ionlarning harakatchanligi
Ionlarning harakatchanligi, ekvivalent elektr o‘tkazuvchanlik va tashish sonini Debay-Xyukkel-Onzager nazariyasi asosida eritma tarkibiga bog‘liqligini talqini.
27-mavzu. Elektrokimyoviy jarayonlar termodinamikasi
Elektrod potensialining hosil bo‘lishi. Diffuzion va oksidlanish-qaytarilish potensiallari. Kontsentratsion elementlar. Elektrodlarni sinflash. Standart elektrodlar.
28-mavzu. Elektr yurituvchi kuch
Elektr yurituvchi kuchni aniqlash usullari. Elektr yurituvchi kuchdan fizik-kimyoviy tahlilda foydalanish. Metallar korroziyasi.
9-mavzu. Elektr yurituvchi va muvozanat konstantasi
Muvozanatdagi elektrokimyoviy zanjirlar va ularning elektr yurituvchi kuchi, Nernst va Gibbs-Gelmgolts tenglamalari. Elektrod potensialining hosil bo‘lishi. Diffuzion va oksidlanish-qaytarilish potensiallari. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarini kimyoviy va elektrokimyoviy amalga oshirish usullari.
Dostları ilə paylaş: |