35-mavzu. Statistik termodinamika elementlari
Statistik termodinamika vazifalari. Makro- va mikroholatlar va termodinamik ehtimollik. Fazaviy fazo tushunchasi
36-mavzu. Holatlar bo‘yicha yig‘indi
Boltsman tenglamasi. Statistik termodinamikaning postuloti. Holatlar bo‘yicha yig‘indi.
37-mavzu. Asosiy termodinamik kattaliklar uchun statistik ifodalar
Asosiy termodinamik kattaliklar uchun statistik ifodalar. Ularni holatlar bo‘yicha yig‘indi orqali ifodalash.
38-mavzu. Aralashish entropiyasi
Aralashish entropiyasi. Ilgarilama, tebranma, aylanma va elektron harakatlar holatlari bo‘yicha yig‘indilar.
39-mavzu. Chiziqli termodinamika
Qaytmas (nomuvozanat) jarayonlarning termodinamikasi. Oqimlar. Umumlashgan kuchlar. Kvazistatsionar, statsionar, eksponentsial ko‘rinishda o‘zgaruvchi oddiy va lavinasimon jarayonlar. Oqim va umumlashgan kuch orasidagi munosabat. Oqimni harakatlantiruvchi intensivlik faktorlari. Issiqlik oqimining harorat gradientiga, massa oqimining kontsentratsiya gradientiga, elektr oqimining potensial gradientiga bog‘liqligi. Oqimlarning o‘zaro ta’siri: termodiffuziya, Dyufur effekti, diffuzion potensial va kontsentratsion qutblanish. Oqimlar jarayonida sistema entropiyasining o‘zgarishi. Entropiyaning vaqt birligida ortishi bilan oqimlar va umumlashgan kuchlar orasidagi bog‘lanish. Onzagerning o‘zarolik munosabati. Kinetik koeffitsientlarning simmetriklik prinsipi. Kompensatsiyalanmagan issiqlik. Kompensatsiyalanmagan issiqlik va kimyoviy moyillik. Entropiyaning tashqi va ichki o‘zgarishi. Entropiyaning hosil bo‘lish tezligi. Izolyatsiyalangan sistemalar uchun entropiyaning to‘liq o‘zgarishi.
Dostları ilə paylaş: |