1-kurs o\'zbek mutaxassislikka kirish majmua 2022-2023
Jharfi ikki tovushni ifodalaydi, shuni hisobga olib, unga alohida darslar ajratiladi. Birinchi darsda portlovchi j tovushini o‘rgatish, talaffuzini tushuntirish, analitik-sintetik mashqlar yordamida ko‘nikmalar hosil qilish, keyingi darsda esa sirg‘aluvchi j tovushi va uning talaffuzi o‘rgatiladi. So‘ng bu ikki tovushning talaffuzidagi farq taqqoslash usuli orqali tushuntiriladi. Berilgan bilim analitik-sintetik mashqlar yordamida mustahkamlanadi.
Sh tovushini ifodalovchi shharf birikmasi ham s va h harfi bilan, ch tovushini ifodalovchi ch harf birikmasi hharfi bilan tanishtirilgach, o‘rgatiladi. O‘quvchilar bu harf birikmalarini bir yaxlit tovush sifatida o‘qish va yozishga ko‘nikishlari lozim. Bu davrda s’h (is’hoq) tarzida o‘qiladigan holatga to‘xtab o‘tilmaydi.
Jarangsiz jufti bor jarangli undoshlar (b-p, d-t, v-f, g-k, z-s kabi) haqida dastlabki tushunchalar beriladi, ularning talaffuzi va yozuviga e’tibor qaratiladi.
X va H tovushlarining talaffuzi va imlosi haqida ham dastlabki tushunchalar beriladi, ularni farqlash bo‘yicha maxsus mashqlar ham uyushtiriladi.
Tutuq belgisi (’) unli tovushdan so‘ng kelsa, uni cho‘zib talaffuz qilishga, undosh tovushdan so‘ng kelsa, undoshni unlidan ajratib talaffuz qilishga xizmat qilishi haqida ham tushunchalar berilib, asta-sekin uni qo‘llashga doir ko‘nikma va malakalar shakllantiriladi.
Savod o‘rgatish jarayonida harflarning 4 xil (bosma, yozma, bosh va kichik) shakli va ularning ishlatilish o‘rni o‘rgatiladi.
O‘quvchilarni o‘qishga o‘rgatish bo‘g‘in asosida olib boriladi. Bo‘g‘inlab o‘qishga o‘rgatish uchun so‘zni bo‘g‘inga bo‘lish, bo‘g‘in chegarasini aniqlashni o‘rgatish muhim sanaladi. Savod o‘rgatish davrida o‘quvchilar so‘zlarni bo‘g‘inlarga to‘g‘ri bo‘la bilsalar, o‘qish ko‘nikmasini ham yaxshi egallaydilar.
O‘qishning dactlabki bosqichida orfografik o‘qishdan foydalaniladi, asta-sekin orfoepik o‘qish ko‘nikmalari shakllantiriladi. Talaffuzi yozilishiga mos kelmaydigan tovushlar ishtirok etgan so‘zlar oldin orfografik, so‘ngra orfoepik o‘qib beriladi va ularning o‘qilishi bilan yozilishi taqqoslanadi. O‘quvchilar muayyan darajada tushunchaga ega bo‘lganlaridan so‘ng orfoepik o‘qish mashq qilinadi.