Eksperiment – bu ham kuzatish bo`lib, maxsus tashkil qilingan, tadqiqotchi tomonidan nazorat qilib turiladigan va sxematik ravishda o’zgartirib turiladigan sharoitda o`tkaziladi. Pedagogik ekspriment o`qitish va tarbiyalashning u yoki bu metodi, usulining, ko`rsatma - qo`llanmalarning samaradorligini tadqiq qilishda qo`llaniladi.
Ekspriment o`tkazishdan oldin tadqiqotchi tadqiq qilinishi kerak bo`lgan masalalarni aniq ifodalab olishi bunday masalalarning hal qilishi maktab amaliyoti va pedagogika fani uchun ahamiyatli bo`lishi kerak. Ekspriment o`tkazishdan oldin tadqiqotchi o`rganish predmeti bo`lmish masalaning nazariyasi va tarixi bilan tanishib chiqadi. Tadqiqotda gipotezaning tuzilishi katta rol o`ynaydi. Butun eksprimentni tashkil qilish gipotezani tekshirishga yo`naltiriladi. U material to`plash yo`llarini belgilash imkonini beradi, tadqiqotning faktik materialda chalkashib ketishiga yo`l qo`ymaydi.
Ekspriment natijalarini analiz qilish taqqoslash metodi bilan o`tkaziladi. Buning uchun 2 yoki bir necha guruh tuziladi, bu guruhlarga kirgan o`quvchilar tarkibi, tayyorgarlik darajalari va boshqa ko`rsatgichlar bo`yicha imkoni boricha bir xil bo`lishi kerak. Bir xil eksperimental (E) sinflarda tadqiqotchi tomonidan maxsus ishlab chiqilgan material bo`yicha ish bajariladi.
Taqqoslash uchun nazorat sinflar tanlanadi, bu sinflar o`quvchilar tarkibi, bilim darajalari bo`yicha taxminan (E) sinflarga teng kuchli bo`lishi kerak, bu sinflarda matematika (E) sinflar bilan bir xil o`qitiladi, faqat eksprimental sinflarda qo`llaniladigan metodlar, vositalar va h.k qo`llanilmaydi.
Pedagogik tadqiqotlarning keng tarqalgan metodlaridan biri o`quvchilar ishlari va hujjatlarni o`rganishdan iborat. O`quvchilarning ishlari ularning dasturning ayrim bo`limlari bo`yicha tayyorgarlik darajasini aniqlash, o`qitishning ma'lum davrida o`sish va rivojlanishni kuzatish imkonini beradi. Masalan, maxsus yozma va grafik ishlar shu maqsadda o`tkaziladi, natijada o`quvchilarning qanday darajada siljiyotgani ko`rinadi.
O`quvchilarning yozma ishlarda yo`l qo`ygan xatolarini tahlil qilish muhim ahamiyatga ega. Bunday tahlil butun sinf o`quvchilarining duch keladigan tipik qiyinchiliklarini shuningdek, o`quvchilarning matematikani o`zlashtirishlaridagi individual xususiyatlarini aniqlash imkonini beradi.
O`quv hujjatlari (O`quv rejasi dasturi, metodik ish hujjatlari, hisobotlar….) o`quv – tarbiyaviy ishlarining rivojlanish jarayoni va holatini aks ettiradi.
O`quvchilarning daftarlarini o`rganish, ilmiy tadqiqot ishi uchun ahamiyatga ega. Uzoq vaqt davomida daftarlarni tahlil qilish o`quvchilar ishining xususiyatlarini ochishga va o`qituvchi ishi tizimiga yordam beradi.
Biror masalaga nisbatan fikrlarni aniqlash, ba'zi faktlarni to`plash talab qilingan hollarda
a n k e t a l a sh t i r i sh metodidan foydalaniladi. Agar javoblar og`zaki olinadigan bo`lsa, u holda bu javoblar protokolga to`la yoziladi. Ko`pchilik bir savolga javob berganda va har bir kishi mustaqil javob bersa yozma anketalash qimmatli bo`ladi.
Anketadan foydalanilganda quyidagi 2 talabga amal qilish zarur:
1) anketada savollar kam bo`lishi kerak2) savollar shunday ifodalangan bo`lishi kerakki, ularni hamma bir xil tushunsin va ular aniq javoblarni talab qilsin. Ilmiy - pedagogik tadqiqotlarda nazariy metodlar yetakchi rol o`ynaydi. Har bir tadqiqotda oldin o`rganish obyektini tanlash, nazariy tahlil asosida bu ob'ekt qaysi faktlarga bog`liqligini aniqlash va tekshirish uchun ulardan yetakchilarini tanlash lozim.
Tadqiqotning maqsad va vazifalarini yaqqol aniqlash, uning nazariy asoslari va prinsiplarini ishlab chiqish, ishchi gipotezani tuzish kerak. Shunga mos ravishda tadqiqot o`tkazish metodikasini ishlab chiqish, olingan faktlarni tushuntirish va tahlil qilish usullarini tanlash xulosalarni ifodalash lozim.
Bu ishlarning hammasini bajarish uchun tadqiqot qilinayotgan masalaning ilgari va hozirgi vaqtdagi nazariyasi va amaliyotini yorituvchi adabiy manbalarini o`rganish va tahlil qilish kerak.
Nazariy metodlar boshqa metodlar bilan bir qatorda matematika metodikasiga oid tadqiqotlarda ham qo`llaniladi. Adabiyotni o`rganmay turib va nazariy tahlil qilmay turib, fanda izchillik ta'minlanmaydi.
Nazorat uchun savollar:
Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish metodikasi predmeti tuzilishini tushuntiring.
Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish metodikasining matematika fani bilan aloqasini tushuntiring.
Matematika o`qitish metodikasining pedagogika va psixologiya bilan bog`lanishi qanday amalga oshiriladi.
Matematika metodikasi boshqa fanlar metodikalari bilan umumiyligini tushuntiring.
O’qitish metodlariga qaysi metodlar kiradi.
O’qitish formalariga qaysi metodlar kiradi.
Ilmiy-tadqiqot metodlari nima?
Kuzatish metodi bilan eksperiment usullarining umumiyligini va farqini izohlash.
Anketalashtirish metodining mazmuni va mohiyatini tushuntirish.
Ona tili o’qitish tamoyillari, ona tili o’qitish metodikasining boshqa fanlar bilan aloqadorligi.