Kelishilgan



Yüklə 3,89 Mb.
səhifə175/261
tarix18.09.2023
ölçüsü3,89 Mb.
#144931
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   261
1-kurs o\'zbek mutaxassislikka kirish majmua 2022-2023

Mavzu rejasi:
1. Ona tili oʻqitish metodikasining maqsadi va predmeti.
2. Ona tili oʻqitish metodikasining vazifalari.
3. Ona tili oʻqitish metodikasining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi.
4. Ona tili oʻqitish metodikasining tamoyillari.
Tayanch so‘zlar: o‘qish fanining vazifasi, grammatika va imlo, tekshirish metodlari, ona tili o‘qtitish metodikasining tamoyillari

 pedagogikaning tarmogʻi. Taʼlim nazariyasi bilan shugʻullanadi.
Didaktikaning asosiy kategoriyalari quyidagilardan iborat: o'rgatish, o'rganish, o'qitish, ta'lim, bilim, ko'nikma, malaka, kompetensiya, maqsad, mazmun, tashkil etish, shakl, metod, vosita, natija.
O'rgatish - o'qitish maqsadini amalga oshirish bo'yicha pedagogning tartiblangan faoliyati.
O'rganish - anglash, mashq qilish, va egallangan tajribalar asosida xulq-atvor va faoliyatning yangi shakllarini egallash jarayoni, oldin egallanganlari o'zgaradi.
O'qitish - qo'yilgan maqsadga erishishga yo'naltirilgan pedagog bilan o'quvchilarning tartiblangan o'zaro harakati.
Ta'lim - o'qitish jarayonida egallanadigan bilim, ko'nikma, malakalar, kompetensiya va fikrlash usullari tizimi.
Bilim - ma'lum bir fanni nazariy o'zlashtirishni aks ettiradigan inson g' oyalari yig' indisi;
Ko'nikma - egallangan bilimlarning aniq xatti-harakatdagi ifodasi, o'zlashtirilgan bilimlarni amaliyotga qo'llash usullarini egallash.
Malaka - avtomatlashgan, biror bir usul bilan bexato bajarish, ko'nikmaning takomillashgan darajasi.
Kompetensiya - egallangan bilim, ko'nikma va malakalarni kundalik va kasbiy faoliyatda qo'llay olish layoqati.
Maqsad - o' qitishning nimaga qaratilganligi, uning kuchlari kelgusida qay yo'sinda safarbar etilishi.
Mazmun - o'qitish jarayonida egallanishi lozim bo'lgan ilmiy bilim, amaliy ko'nikma va malakalar, faoliyat, fikrlash usullari tizimi.
Tashkil etish - qo'yilgan maqsadni samarali amalga oshirish uchun unga zaruriy shaklni taqdim etadigan, aniq mezonlar bo'yicha tartiblangan didaktik jarayon.
Shakl - o'quv jarayonining tashqi ifodasi, uning ichki mohiyati, mantig'i, mazmuni uchun qobiq.
Metod - o' qitishning maqsad va vazifalariga erishish (amalga oshirish) yo'li.
Vosita - o'quv jarayonining predmetli qo'llab-quvvatlanishi, yangi materialni o'zlashtirish jarayonida o'qituvchi va talabalar tomonidan foydalaniladigan ob' yekt.
Natija - o'quv jarayonining so'nggi mahsuli, belgilangan maqsadlarning amalga oshganlik darajasi.




Yüklə 3,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin