Kelishilgan


b) xulosani shakllantirish



Yüklə 3,89 Mb.
səhifə207/261
tarix18.09.2023
ölçüsü3,89 Mb.
#144931
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   261
1-kurs o\'zbek mutaxassislikka kirish majmua 2022-2023

b) xulosani shakllantirish: xulosa ba’zan o‘quvchilar tomonidan, ba’zan o‘qituvchi tomonidan shakllantiriladi. Uzoq muddatli tahlil va tushuntirishdan so‘ng xulosani ko‘pincha o‘quvchilar shakllantiradi, yasaydi. Bu mavzuda o‘qituvchi quyidagicha xulosa yasaydi: “Nechta?, qancha? so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘zlar sanoqni, nechanchi? so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘zlar tartibni bildiradi”.


Mustaqil o‘zlashtirish uchun savollar
1. K.Qosimovaning “Ona tili o‘qitish metodikasi“da son so‘z turkumining qaysi belgilari o‘rganiladi deyilgan?
2. Boshlang‘ich sinflarda sonlar qanday izchillikda o‘rganiladi?
3.Sonni o‘rganish bo‘yicha DTS va dastur talablari ayting.
4.Boshlang‘ich sinfda son so‘z turkumini suhbat, yarim izlanish; muammoli metod, analitik, sintetik, induktiv metodlardan qaysi birida o‘rganish yaxshi samara beradi?
5.Sonni o‘rganish necha bosqichga bo‘linadi? Bu bosqichlarning vazifalari nimalardan iborat?
6. Sonni o‘rganishdagi mashqlar tizimi misollar bilan yoriting.

1.Boshlang‘ich sinflarda kishilik olmoshlari yuzasidan o‘quvchilarda hosil qilinadigan bilim, ko‘nikma, malaka.


2.Boshlang‘ich sinflarda kishilik olmoshlari ni o‘rganish bosqichlari va izchilligi.
3.Kishilik olmoshlari ni o‘rganishda qo‘llanadigan metodlar.
4. Kishilik olmoshlarini o‘rganishda qo‘llaniladigan mashqlar tizimi.
Tayanch atamalar:Olmosh, kishilik olmoshi,kelishik qo‘shimchasi,turlanish,so‘z turkumi, mashq

1.So‘zlar qaysi tamoyillar asosida turkumlarga ajratiladi?


2. Kishilik olmoshlarideganda nimani tushunasiz?
3. Boshlang‘ich sinflarda dastur talablariga ko‘ra kishilik olmoshlariningqaysi qaysi grammatik xususiyatlari o‘rganiladi?
4. Kishilik olmoshlarini o‘rganishning ta’limiy va amaliy ahamiyati nimada?
5. Kishilik olmoshlarini o‘rganishda qaysi metodlarni samarali deb hisoblaysiz?
Kishilik olmoshlari yuzasidan o‘quvchilar quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashlari lozim:
Bilim:
1. Kishilik olmoshlariga kiradigan so‘zlar va ularning ma’nolari;
2.Kim? so‘rog’iga javob bo‘lishi;
3.Bosh bo‘lak va ikkinchi darajali bo‘lak vazifasida kelishi;
Ko‘nikma:
1. Kishilik olmoshlariningturlarini farqlashi.
2. Kishilik olmoshlarigakim? so‘rog’ini bera bilishi.
3. Gap va matn tarkibidan kishilik olmoshlarini so‘roqlari orqali aniqlay bilishi.
4. Kishilik olmoshlarinishaxs bildiruvchi so‘zlardan farqlay bilishi.
5. O‘zi bog’lanib kelgan so‘z orqali so‘roq bera bilishi .
6. Kishilik olmoshlarining gapda bosh va ikkinchi darajali bo‘lak vazifasida kelishini, uni to‘g’ri yoki to‘lqinli chiziq orqali belgilay olishi.
7. Kishilik olmoshlarini to‘g’ri talaffuz qila olishi.
8. Kishilik olmoshlaridan og’zaki va yozma nutqda to‘g’ri va o‘rinli foydalana olishi.
Malaka:
1. Kishilik olmoshlarining ma’nosini izohlay olishi.
2. Kishilik olmoshlarining talaffuzi va yozilishini izohlay olishi.
3. Imlo lug‘atdan foydalana olishi.
4. Kishilik olmoshlarini o‘qilgan asar matnidan topa olishi
5.Berilgan kishilik olmoshlari ishtirokida birikma va gap tuza olishi.
7.O‘qiganlari, kuzatganlari va rasm asosida kishilik olmoshlarini qatnashtirib kichik hikoyacha tuza olishi.

Yüklə 3,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin