Kelishilgan


Yangi grammatik materialni o‘zlashtirishni ta’minlash, o‘quvchilarning oldingi bilimlarini aniqlash



Yüklə 3,89 Mb.
səhifə206/261
tarix18.09.2023
ölçüsü3,89 Mb.
#144931
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   261
1-kurs o\'zbek mutaxassislikka kirish majmua 2022-2023

1. Yangi grammatik materialni o‘zlashtirishni ta’minlash, o‘quvchilarning oldingi bilimlarini aniqlash. Masalan, sanoq va tartib bildirgan so‘zlarni o‘rganish uchun “Biz qaysi so‘zlarga so‘roq berishni o‘gandik?” (shakl va narsa, belgi bildirgan so‘zlarga), “Kim?, nima? so‘roqlari qaysi so‘zlarga beriladi?”, “Qanday?, qanaqa? so‘roqlari-chi?” kabi savollardan foydalanish mumkin.
Sinf xattaxtasiga “Tok ko‘chati o‘tqazilgandan keyin uchinchi yili hosilga kiradi” gapi yoziladi. O‘quvchilar yuqoridagi savollar asosida narsa bildiruvchi so‘zlarni belgilaydilar:
Nima? - tok
Nima? - ko‘chat
Nima? - hosil
Nima? - yil
Bu savol-javob yangi materialni ongli o‘zlashtirishga o‘quvchini tayyorlaydi.
2. O‘quvchilarga bajariladigan ishlarning maqsadi e’lon qilinadi:
– Biz siz bilan gapdagi so‘zlarga so‘roq berishni va shu so‘zning nimani bildirishini bilib oldik. Biz tahlil qilgan gaplarda ba’zi so‘zlar qolib ketdi. Bu darsda biz shu so‘zlarga so‘roq berib, nimani bildirishini aniqlaymiz (“uchinchi” so‘zining tagiga chizib ko‘rsatiladi, qolgan so‘zlarni ham keyin o‘rganishlari aytiladi).
3. Yangi grammatik materialni tushuntirish. Yangi material tanlangan gaplarni grammatik tahlil qilish va xulosa chiqarish yo‘li bilan tushuntiriladi. Tushuntirish izchil olib boriladigan ikkita ishdan iborat:
a) matn (ichki) tahlili: agar mavzu keng tushuntirishni taqozo etmasa, birinchi misolni tahlil qilish bilanoq xulosa aytib qo‘ya qolinadi. Sanoq va tartib bildirgan so‘zlar xuddi shunga to‘g‘ri keladi.
Keng va bir qancha muhim belgilarga ega bo‘lgan grammatik material tushuntirilsa, unda bir nechta misol tahlil qilingach, xulosa chiqariladi (so‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimchalar, asosdosh so‘zlar).
Sinf xattaxtasidagi misol yoniga yana gaplar yoziladi: “Ekilgan tokdan yuz kilogrammgacha uzum hosili olinadi”.
O‘qituvchi: – Birinchi gapda yil so‘zi orqali uchinchi so‘ziga so‘roq bering (nechanchi yili?). “Uchinchi” so‘zi qaysi so‘roqqa javob bo‘lyapti? (nechanchi?) Yilning nimasini bildiryapti? Belgisini bildiryapti-mi? (yo‘q).
Bolalar javob berolmaydi.
O‘qituvchi sinf xattaxtasiga quyidagi birikmalarni yozadi:
birinchi yili
uchinchi yili
ikkinchi yili
Tartib bo‘yicha qaysi oldin turadi? (1) birinchi yili; 2) ikkinchi yili; 3) uchinchi yili) Ko‘rdingizmi, 1-, 2-, 3- yilning, narsaning (predmetning) tartibini bildiryapti.
Siz nechanchi sinfda o‘qiysiz? (2-sinfda)
Siz qaysi sinfdan keyin turasiz? (1-sinfdan)
Bu jarayonda stol ustiga predmetlarni qo‘yib, ularning tartibini aniqlatish mumkin.
Bu so‘zlar narsalarning tartibini bildirib, nechanchi? so‘rog‘iga javob bo‘ladi, narsa, shaxs bildirgan so‘zlarga bog‘lanib keladi:
Strelka bilan ko‘rsatiladi:
→ →
uchinchi yili ikkinchi yili
Ikkinchi gap tahlili orqali sanoq bildirayotgan so‘zning so‘roqlari, u bog‘lanib kelayotgan so‘z aniqlanadi:
qancha?

yuz kilogramm uzum
Yuz so‘zi sanoq bildiryapti, kilogramm so‘zi bilan birga qancha? so‘rog‘iga javob bo‘lyapti, uzum so‘ziga, ya’ni narsa bildirgan so‘zga bog‘lanyapti.

Yüklə 3,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin