Kelishilgan


Fanning oʻquv rejasidagi boshqa fanlar bilan oʻzaro bogʻliqligi, uslubiy jihatdan uzviyligi va ketma-ketligi



Yüklə 3,89 Mb.
səhifə3/261
tarix18.09.2023
ölçüsü3,89 Mb.
#144931
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   261
1-kurs o\'zbek mutaxassislikka kirish majmua 2022-2023

Fanning oʻquv rejasidagi boshqa fanlar bilan oʻzaro bogʻliqligi, uslubiy jihatdan uzviyligi va ketma-ketligi
Fan oʻquv rejasidagi oʻzaro bogʻliq barcha ishlar ruxshunoslik psixologiya, pedagogika, logika, hozirgi zamon oʻzbek tili va bolalar adabiyoti bilan jips bogʻlanishi kerak. Tinglovchilarning bilish faoliyatini faollashtirish asosida ularni ilmiy tekshirish ishlarini, ya’ni eksperementga, toʻgarak ishlariga, ilgʻor oʻqituvchilarning ish tajribalarni oʻrganish va ommalashtirishga, referatlar, ma’ruzalar, kurs ishlari va nihoyat bitiruv malakaviy ishi yozishga jalb qilish bilan materialni muammolar boʻyicha oʻrganish tavsiya etiladi.


Boshlang’ich sinf darsliklari mazmuni va ularni takomillashtirish kursini loyixalashtirishda qo’yidagi asosiy konseptual yondashuvlardan foydalaniladi:
Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim. Bu ta’lim o’z mohiyatiga ko’ra ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to’laqonli rivojlanishlarini ko’zda tutadi. Bu esa ta’limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog’liq o’qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondoshilishini nazarda tutadi.
Tizimli yondashuv. Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o’zida mujassam etmog’i lozim: jarayonnning mantiqiyligi uning barcha bo’g’inlarini o’zaro bog’langanligi, yaxlitligi.
Faoliyatga yo’naltirilgan yondashuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta’lim oluvchining faoliyatini aktivlashtirish va intensivlashtirish, o’quv jarayonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yo’naltirilgan ta’limni ifodalaydi.
Dialogik yondashuv. Bu yondashuv o’quv munosabatlarini yaratish zaruratini bildiradi. Uning natijasida shaxsning o’zini-o’zi faollashtirishi va o’zini-o’zi ko’rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi.
Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish. Demokratik, tenglik, ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni baholashda birgalikda ishlashni joriy etishga e’tiborni qaratish zarurligini bildiradi.
Muammoli ta’lim. Ta’lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali ta’lim oluvchi faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni obyektiv qarama-qarshiligi va uni hal etish usullarini, dialektik mushohadani shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo’llashni mustaqil ijodiy faoliyati ta’minlanadi.

Yüklə 3,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin