Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo’llash O’qitishning usullari va texnikasi. Ma’ruza (kirish, mavzuga oid, vizuallash), muammoli ta’lim, keys-stadi, pinbord, paradoks va loyixalash usullari va amaliy ishlar.
O’qitishni tashkil etish shakllari: dialog, polilog, muloqot hamkorlik va o’zaro o’rganishga asoslangan frontal, kollektiv va guruh.
O’qitish vositalari: o’qitishning an’anaviy shakllari (darslik, ma’ruza matni) bilan bir qatorda kompyuter va axborot texnologiyalari.
Kommunikasiya usullari: tinglovchilar bilan operativ teskari aloqaga asoslangan bevosita o’zaro munosabatlar.
Teskari aloqa usullari va vositalari: kuzatish, blis-so’rov, oraliq va joriy va yakunlovchi nazorat natijalarini tahlili asosida o’qitish diagnostikasi.
Boshqarish usullari va vositalari: o’quv mashg’uloti bosqichlarini belgilab beruvchi texnologik karta ko’rinishidagi o’quv mashg’ulotlarini rejalashtirish, qo’yilgan maqsadga erishishda o’qituvchi va tinglovchining birgalikdagi harakati , nafaqat auditoriya mashg’ulotlari balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning nazorati.
Monitoring va baholash: o’quv mashg’ulotida ham butun kurs davomida ham o’qitishning natijalarini rejali tarzda kuzatib borish. Kurs oxirida test orqali yoki yozma ish variantlari yordamida tinglovchilarning bilimlari baholanadi.
Ayrim mavzular bo’yicha tinglovchilar bilimini baholash test asosida va kompyuter yordamida bajariladi. Tarqatma materiallar tayyorlanadi, test tizimi hamda tayanch so’z va iboralar asosida oraliq va yakuniy nazoratlar o’tkaziladi.
Annotatsiya Talabalar “Mutaxassislikka kirish” fanining bo‘limlarini, ilmiy asoslarini, tamoyillarini, o‘zaro bog‘liq fanlarni, tеkshirish mеtodlarini, ta’lim jarayonida qo‘llanadigan mеtodlarni, dars tiplari va tarkibini, savod o‘rgatish mеtodikasi, ona tili o`qitish metodikasi fanining bo`limlari, metodlari va tamoyillarini, boshlang‘ich sinflarda yozma ishlarni o`tkazish darslarini rejalashtirish va ularga qo‘yiladigan talabalar nutq va uni o`stirish tushunchasi, nutq turlari, o`quvchilar nutqiga qo`yiladigan talablar, insho va uning turlari, diktant va uning turlari, bayon va uning turlari.
Kichik yoshdagi o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini o‘rganish va baholash, o‘quvchiarning nutqiy, imloviy va boshqa xatolarini tahlil qilish, guruhlash va kеlib chiqish sabablarini aniqlash hamda xatolarning oldini olish va bartaraf qilish ustida ishlash malakalariga ega bo‘lishlari kеrak.
O‘qituvchining izlanishi, bugungi kun talablari asosida o‘z-o‘zini tarbiyalashi, o‘z ustida tinimsiz ishlashi zamonaviy pedagogic texnologiyalarni o‘zlashtirishi va ta’lim jarayonida qo‘llay olishi ta’lim samaradorligini oshiradi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar ta’lim jarayonining ta’sirchanligini oshiradi, o‘quvchilarning mustaqil fi krlash jarayonini shakllantiradi, o‘quvchilarda bilimga ishtiyoq va qiziqishni oshiradi, bilimlarni mustahkam o‘zlashtirish, ulardan amaliyotda erkin foydalanish ko‘nikma va malakalarini shakllantiradi. Insonning shakllanishi va ma’naviy yuksalishida ona tilining o‘rni beqiyosdir. Barcha bilim va tajribalar ona tili orqali shakllanadi. Shuning uchun ham birinchi sinfdanoq ona tilini o‘qitishga alohida e’tibor qaratmoq joizdir. Darsliklarni yanada takomillashtirish, uni zamon talablari asosida tashkil etish asosiy vazifadir.
O'quvchilarni har tomonlama tarbiyalashning asosi ularda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishdan iborat. Bu vazifani boshlang'ich sinflarda amalga oshirishda tabiatshunoslik fani muhim rol o'ynaydi. Bu predmetni o'rganish kichik yoshdagi o'quvchilarning shaxsiy tajribasini boyitadi, atrofimizdagi jonli va jonsiz tabiatda yuz berayotgan hodisa va jarayonlar to'g'risida bilimlar to'plashga imkon beradi. Shuning uchun ham pedagogika oliy o'quv yurtlarining talabalari, ayniqsa, bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilari, pedagogik o'quv predmeti sifatida tabiatshunoslikni o'qitish fanining ilmiy-nazariy va amaliy yutuqlari bilan yaxshi tanish bo'lishlari kerak.