Kelishilgan


Mustaqil o`zlashtirish uchun savollar



Yüklə 3,89 Mb.
səhifə115/261
tarix18.09.2023
ölçüsü3,89 Mb.
#144931
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   261
1-kurs o\'zbek mutaxassislikka kirish majmua 2022-2023

Mustaqil o`zlashtirish uchun savollar:
1.Boshlang`ich sinf ona tili dasturidagi o`qish bo‘limining tahlili.
2.O`qish darslari oldiga qo‘yiladigan didaktik talablar.
3..Boshlang`ich sinf “O`qish darslari” qo‘llanmalarini o‘rganish.



Ilova

O‘qish (umumiy o‘rta ta’limning boshlang‘ich sinflari o‘quv rejasidagi adabiyot) fani og‘zaki va izchil nutqni o‘stirish, so‘z boyligini oshirish, to‘g‘ri va ifodali o‘qishga o‘rgatish bilan birga ularda kitobxonlik va nutq madaniyati hamda mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirishga xizmat qiladi. O‘qish fanini o‘qitish orqali o‘quvchida to‘g‘ri, tez, ongli, ifodali o‘qish malakalarini shakllantirish; mutolaaga muhabbat uyg‘otish, ularni oddiy kitob oʻquvchidan chuqur mulohaza yurituvchi, ijodkor kitobxon darajasiga ko‘tarish; o‘qish orqali tevarak-atrof, borliq haqidagi bilimlarini kengaytirish, dunyoqarashini boyitish; axloqiy-estetik va mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash; nutqi va tafakkurini o‘stirish; tafakkurida elementar adabiy tushunchalarni shakllantirish; o‘quvchining fikrlashini oʻstirish ko‘zda tutiladi.


O‘qish darslari oldiga qo‘yilgan tarbiyaviy vazifaning muvaffaqiyatli hal etilishi darsda badiiy asar matni ustida ishlash bilangina bog‘liq bo‘lib qolmay, balki bolani qurshab olgan hayot, tabiatdagi o‘zgarishlar, ekologik vaziyat, ijtimoiy foydali mehnat bilan ham o‘zaro bog‘liq bo‘lishi lozim. O‘quvchini o‘qishga o‘rgatishda hayot tajribalariga tayanib ish ko‘riladi. O‘qish darslari bolalarda go‘zallikka muhabbat uyg‘otadigan, poklik tuyg‘ulariga ozuqa beradigan, hissiyotni o‘tkirlashtiradigan, aqlni charxlaydigan, tasavvurlarni boyitadigan, estetik didni o‘stiradigan musiqa va tasviriy san’at fanlari bilan uzviy bog‘langan bo‘lishi kerak. O‘qish, musiqa va tasviriy san’at darslarini o‘zaro bog‘lab uyushtirish bolalarda san’at asarlarini to‘g‘ri tushunish va qadrlash ko‘nikmalarini o‘stiradi, o‘quvchining shaxs sifatida ma’naviy qiyofasini shakllantirishga xizmat qiladi.
Til va adabiyot fanlari blokidagi fanlar o‘zaro ijtimoiy va aniq fanlar bilan uzviy bog‘lab o‘qitiladi. Agar o‘quvchi matndan tashqari jadval, diagrammalardagi topshiriqlarni mantiqiy fikrlab, unga tanqidiy yoki ijodiy yondasha olmasligi o‘qish savodxonligida qusur borligidan dalolat. Milliy o‘quv dasturida (loyihasi) 1-4-sinflar uchun Ona tili fani dasturi ‘quvchining yosh xususiyatlari va shunga muvofiq nutqiy ehtiyojlaridan kelib chiqib quyidagi bo‘limlar kiritilgan.



1-sinf

2-sinf

3-sinf

4-sinf

Bo‘limlar nomi

Bo‘limlar nomi

Bo‘limlar nomi

Bo‘limlar nomi

1.

Men, sen, u va ular

O‘zbekiston – mening Vatanim!

Men, sen, u va ular

Men, sen, u va ular

2.

Tabiat ne’matlari

Men, sen, u va ular

Tabiat ne’matlari

Tabiat ne’matlari

3.

Sog‘ tanda – sog‘lom aql

Tabiat ne’matlari

Sog‘ tanda – sog‘lom aql

Sog‘ tanda – sog‘lom aql

4.

San’at va madaniyat

Sog‘ tanda – sog‘lom aql

Kasbim – faxrim

Kasbim – faxrim

5.

Til va dil

Kasbim – faxrim

Yosh iqtisodchi

Yosh iqtisodchi

6.

Fan va texnologiyalar

Yosh iqtisodchi

Fan va texnologiyalar

Fan va texnologiyalar

7.

O‘quv yili oxirida takrorlash

Fan va texnologiyalar

Til va dil

Til va dil

8.




Til va dil

San’at va madaniyat

Tarix xazinalari

9.




Tarix xazinalari

Huquqimiz – haqimiz

San’at va madaniyat

10




San’at va madaniyat

O‘quv yili oxirida takrorlash

Huquqimiz – haqimiz

11.




Huquqimiz – haqimiz




O‘quv yili oxirida takrorlash

12.




O‘quv yili oxirida takrorlash







jami

264 soat

238 soat

136 soat

136 soat

Uzluksiz ta’limning boshqa bosqichlaridan farqli o‘laroq, boshlang‘ich sinflarning o‘qish darslarida o‘quvchilarning o‘qish malakalarini shakllantirish, asar matni ustida ishlash ta’limning didaktik maqsadi hisoblanadi. U turli mavzudagi matnlar ustida ishlash orqali ma’naviy-ahloqiy, adabiy-estetik tarbiya bilan chambarchas bog‘lab olib boriladi.


Darsliklardagi har bir mavzu uchun tanlangan matnlarning janriy rang-barangligiga, poetik mukammalligiga, o‘quvchilarning bilim darajasi va yosh xususiyatlariga mos kelishiga alohida e’tibor qaratiladi.
O‘quvchilar darsliklar yordamida o‘zlashtiriladigan bilim, ko‘nikma va malakalarining kelajak hayotda zarur bo‘lishini tushunib etishishlariga erishish o‘qituvchilar oldidagi muhim vazifalardandir.
Boshlang‘ich ta’lim bo‘yicha DTS va «Ona tili» o‘quv dasturida o‘qish ta’limi oldiga qo‘yilgan talablarni amalga oshirish sinfda o‘qishni to‘g‘ri tashkil qilish, o‘qitish bosqichlari, tamoyillari va metodlari, birinchi navbatda, ilg‘or pedagogik texnologiyalardan o‘rinli foydalanishga ko‘p jihatdan bog‘liqdir.
Umuman olganda, o‘qish darslari oldiga qo‘yiladigan didaktik vazifalar quyidagilardan iborat:

Yüklə 3,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin