Kelishilgan


Ovozli o‘qishning afzalliklari quyidagilar



Yüklə 3,89 Mb.
səhifə123/261
tarix18.09.2023
ölçüsü3,89 Mb.
#144931
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   261
1-kurs o\'zbek mutaxassislikka kirish majmua 2022-2023

Ovozli o‘qishning afzalliklari quyidagilar:
1. O‘qituvchi o‘quvchilarning xato va kamchiliklarini, o‘qish ko‘nikmalarini aniqlay oladi.
2. Kichik yoshdagi o‘quvchilar ovoz chiqarib o‘qisalar, matn mazmunini tez tushunib oladilar.
3. Ovozli o‘qishdan kitobxon estetik zavq oladi.
4. Ovozli o‘qishda ifodalilikka katta e’tibor beriladi.
5. Ovozli o‘qish o‘quvchilar lug‘atini boyitish va nutqini o‘stirishda katta ahamiyatga ega.
Shivirlab (yarim ovozli) o‘qish darsning tashkiliy qismlarida, o‘qituvchi sinf jurnali bilan mashg‘ul paytda yoki o‘quvchilarni darsga tayyorlash bosqichlarida o‘tkaziladi.
Maktabda o‘qishning bu uch turi almashtirib turiladi. 1-2-sinflarda ovozli va shivirlab (pichirlab) o‘qishdan ichda o‘qishga o‘tilsa, 3-4-sinflarda ichda o‘qishdan ovozli o‘qishga o‘tiladi. 3-4-sinflarda o‘qish turlaridan foydalanishda chegara qo‘yilmaydi.
Boshlang‘ich sinflarda o‘qishning hamma turiga bir xil talab qo‘yiladi, ya’ni o‘qish to‘g‘ri bo‘lishi, tez, ongli va ifodali bo‘lishi zarur.
Mustaqil o‘zlashtirish uchun savollar:
1. Xato o‘qishning oldini olish usullarini aytib bеring.
2. Boshlang‘ich sinflar ona tili dasturidagi o‘qish tеzligiga qo‘yilgan talablarni ayting.
3. Ongli o‘qish nima va u handay aniqlanadi?
4. Ifodali o‘qishga tayyorlanish nеcha bosqichga bo‘linadi?
5. O‘qish turlarini va ularning bir-biridan farqini ayting.
O‘qish darslarida o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatish yo‘llari
Reja:
1. Kishi fikri mustaqilligining belgilari
2. Fikrning mustaqilligi uning sermahsulligiga bog‘liqligi
3. Boshlang‘ich adabiy ta’lim jarayonida o‘quvchi tafakkuri mustaqilligiga erishish
4. O‘quvchilarda o‘z fikrini ifodalash ko‘nikmasini shakllantirish
Har qanday jamiyatning taqdiri unda yashaydigan insonlar tomonidan belgilanadi. Jamiyatni nurli kelajak sari yetaklash ham, tubanlik qa’riga tortish ham odamning qo‘lida. Shuning uchun ham jamiyat a’zolari, ayniqsa, o‘sib kelayotgan avlodning ma’naviy kamoloti bugungi kunda o‘ta dolzarb masalaga aylangan. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyolash milliy dasturi”ning qabul qilinishi ham odam omilining hal qiluvchi ahamiyat kasb etganidan dalolatdir.
Bu hujjatlarda o‘quvchi shaxsining aqliy va ma’naviy kamoloti birinchi o‘ringa chiqarildi. Ta’lim konsepsiyasi, standarti, dastur, darslik hamda metodik qo‘llanmalar insonparvarlik yo‘nalishiga solindi. Ular mutaxassis tayyorlashga emas, balki sog‘lom ma’naviyatli odam shakllantirishga xizmat qila boshladi. Milliy pedagogika ilmi ham ma’naviy barkamol avlod tarbiyalash yo‘llarini tadqiq etmoqda. Yosh avlod aqliy-ma’naviy kamolotini ta’minlashda ularning mustaqil fikrlashi ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu bois, avvalo, «mustaqil fikrlash» tushunchasi nima ekanligi hamda uning barkamol insonni shakllantirishdagi ahamiyati qandayligini aniqlab olish muhimdir. Tafakkur jarayoni, xususan, uning mustaqil fikrlash turi haqida psixologlar, pedagoglar turli daraja va miqyosda o‘z qarashlarini bayon etganlar.
Psixologlarning ta’biricha, fikrlash, ya’ni tafakkur – odam miyasida sodir bo‘ladigan jarayon. Sezgi organlari yetarli bo‘lmay qoladigan o‘rinlarda odam va olamning xususiyatlari tafakkur orqali o‘rganiladi. Tafakkur – aqliy faoliyatning, ongli xatti-harakatlarning
21

majmui. U tevarak-atrof, voqelik hamda ijtimoiy muhitni bilish quroli, inson faoliyatini to‘g‘ri va samarali amalga oshirishning asosiy sharti hisoblanadi. Kishi fikrlash jarayonida o‘zi ko‘rgan, idrok qilgan, sezgan, tasavvur etgan narsa va hodisalarning to‘g‘riligi, aniqligi, haqiqiyligi hamda ularning borliqqa munosabatini aniqlaydi.


Tafakkur orqali kishi odam va olam sirlarini o‘rganishda o‘zidan oldingi qarashlar, tushunchalar, farazlar, chiqarilgan xulosalar hamda qabul qilingan qarorlarning qanchalik to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini belgilab oladi. Mulohaza yuritib, narsa-hodisalar o‘rtasidagi munosabatlar, xossalar, xususiyatlar, ularni bir-biri bilan bog‘lab yoki ajratib turuvchi jihatlar hamda ularning faoliyati mexanizmlarini anglab etadi. Bu haqiqatni hazrati Navoiy bundan necha yuz yillar ilgari: “Har ishniki qilmish odamizod, Tafakkur birla bilmish odamizod”2,- deya ifodalagan.
2. Алишер Навоий. Танланган асарлар. 20 жилдлик. 8-жилд. Хамса: Фарҳод ва Ширин. – Т.: “Фан”, 1991. 122-бет.
3. Ўзбекистон Миллий энциклопедияси. 3-жилд. – Т.: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2002. 242-бет.
Tafakkur jarayoni insonning ruhiyati bilan uzviy bog‘liqlikda kechadi. Fikrlayotgan odamning ichki dunyosi qanchalik boy, dunyoqarashi nechog‘lik keng, bilimi qay darajada chuqur bo‘lsa, fikrlari, xulosalarining saviyasi ham shuncha baland bo‘ladi. Teranlik, tiniqlik, mantiq, erkinlik, mustaqillik, badiiylik, ijodiylik inson tafakkuri darajasini ko‘rsatuvchi ijobiy xususiyatlardir. Odam dunyoni tafakkur orqali anglaydi, fikr va ruhiyat yordamida undan o‘ziga xos tarzda ta’sirlanadi, xulosalar chiqaradi.
Ruhiyat bilan shug‘ullanadigan mutaxassislarning dalolat berishlaricha, inson fikrlash jarayonini yuzaga keltirishning asosiy sharti undagi borliq sirlarini bilishga bo‘lgan intilish, ichki ehtiyoj, ya’ni motivdir. Usiz insonda fikrlash paydo bo‘lmaydi.
Fransuz faylasufi Dekart: “Men fikrlayapman, demak men mavjudman”3, - degan g‘oyani ilgari surgan. Bu fikr inson hayotida tafakkurni odamning odamligi belgisi sifatida yyetakchi o‘ringa chiqaradi. Uning fikricha, hech narsa insonning odam ekanligini fikrlashchalik asoslab berolmaydi. Demak, mustaqil ravishda
22

muhokama qilish, tahlil etish, ijodiy-mantiqiy fikrlash asosiy insoniy xususiyatdir. Fikrlash insonning aqlan va ruhan sog‘lomligining asosiy belgilaridir. Uning mustaqilligi tushunchalar, mantiqiy birikmalar, mavjud til vositalaridan oqilona foydalanish bilan tavsiflanadi.


Fikrlash jarayoni, - deb yozadi L. Vigotskiy, - bolaning ota-onasi bilan muloqotidan boshlanadi. Mustaqil fikrlash esa bu suhbatlarni bola “yutib”, o‘zicha “hazm qila” boshlaganidan so‘ng shakllanadi”4. Bu qarashga tayanib, shunday xulosa chiqarish mumkinki, fikrlash bevosita o‘z yo‘naltiruvchi kuchi, maqsadi, usullariga ega bo‘lganda, bola 5–6 yoshlarga yetganda mustaqil faoliyatga aylanadi. Fikrlashning mustaqilligi uning yuqorida sanalgan shakllaridan biri sifatida kishi shaxsiyati va siyrati, ichki “men”i bilan bog‘liqdir.
4. Выготский Л. С. Воображение и творчество в детском возрасте. – Москва: Просвещение, 1991. 90-бет.
Demak, umuman, fikrlanganda narsa-hodisalarning boshqalar tomonidan kashf etilgan jihatlari bilib olinadi. Mustaqil fikrlanganda esa, odam olam hodisalari va hayotiy vaziyatlar mohiyatini o‘zgalarnikiga o‘xshamagan yo‘sinda, o‘ziga xos yo‘l bilan bilib oladi. Olib borilgan kuzatishlarga tayanib, mustaqil fikrlash tushunchasiga quyidagicha ta’rif berish mumkin: mustaqil fikrlash – insonning o‘z oldida turgan muammoni aniq belgilangan maqsad va vazifalarga muvofiq holda bilimi hamda hayotiy tajribalariga tayanib, o‘z intellektual imkoniyati darajasida turli yo‘l, usul, vositalar yordamida, mustaqil ravishda hal qilishga qaratilgan aqliy faoliyatidir.
Ma’lum bo‘lishicha, fikr mustaqilligi darajasi inson aqliy faoliyatining tashabbuskorligi, pishiqligi va tanqidiyligida aks etadi. Kishi fikri mustaqilligining belgilaridan biri – tashabbuskorlik insonning o‘z oldiga aniq maqsad va vazifalar qo‘yishi, ularni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan usul hamda vositalarni qo‘llashida namoyon bo‘ladi. Bu faoliyatning pishiqligi vazifalarni tez bajarish, bu jarayonda qo‘l keladigan usul va vositalarni tezkorlik bilan izlab
23

topish, ularni farqlashda ko‘rinadi. Aqliy faoliyat tanqidiyligi esa mustaqil fikrlovchining voqea-hodisaga munosabati, uning xususiyatlarini ajrata bilishida namoyon bo‘ladi.


Ma’lumki, tafakkur faqat ta’lim jarayonida shakllantirilmaydi. Inson faqat ta’lim-tarbiya muassasalarida fikrlashga o‘rgatilmaydi. U har bir ruhan sog‘lom insonda tabiatan mavjud bo‘lgan aqliy-jismoniy hosiladir. U har kimda o‘ziga xos tarzda, o‘z intellektual darajasida mavjud. Ta’lim-tarbiya jarayonida tafakkurning shakli, sifati, darajasini tarbiyalash, ma’lum yo‘nalishini belgilash, uni sayqallash va rivojlantirish mumkin. O‘quvchi fikrining ta’sirchanligi, ehtiyotkorligi, harakatchanligi yoki faoliyatsizligi, o‘sish-rivojlanishi uning ta’lim jarayonida shakllantiriladigan sur’ati va sifatiga ham bog‘liq. Inson fikrlashining hissiy, obrazli, mantiqiy salmog‘i tafakkur jarayonining rivojlanish sur’ati bilan qanchalik aloqador bo‘lsa, uning sifat yo‘nalishlari bilan ham shunchalik bog‘liq.
Maqsad, vazifalari o‘zga shaxslar tomonidan belgilab qo‘yilgan, tayyor usul va vositalarga tayangan holda boshqalarning bevosita yordami bilan amalga oshiriladigan jarayonda ishtirok etgan tafakkur fikr qaramligini anglatadi. Mustaqil tafakkurga ega bo‘lmagan kishilar tayyor qarashlar quliga aylanadilar. Ularning tafakkuri ...o‘sish-rivojlanishdan orqada qoladi. Mustaqil fikrlash rivojlanmagan hollarda kaltabin, aqlan erinchoq, behafsala, loqayd odam shakllanadi. Tafakkurning qaramligi, muteligi jamiyat rivojiga, millat taraqqiyotiga to‘siq bo‘lib, alohida odam uchun fojiadir”5,- deydi psixolog E. G‘oziev.
5. Ғозиев Э. Тафаккур психологияси. – Т.: «Ўқитувчи», 1990. 60-бет.
Fikrning mustaqilligi uning sermahsulligi, samaradorligi bilan uzviy bog‘liq. Agar inson tomonidan muayyan vaqt ichida ma’lum soha uchun qimmatli va yangi fikrlar, g‘oyalar, tavsiyalar yaratilgan, nazariy hamda amaliy vazifalar hal qilingan bo‘lsa, bunday fikr sermahsul, samarali hisoblanadi. Ma’lum vaqt oralig‘ida mustaqil ravishda bajarilgan aqliy ish ko‘lami va sifati (ishning pishiqligi, asoslarning kuchliligi) – tafakkur mustaqilligi darajasini o‘lchash
24


mezoni bo‘lib xizmat qiladi.
Ish jarayonida inson aqlining faoliyati uning o‘zi tomonidan kuzatilmaydi. Boshlang‘ich sinf yoshidagi o‘quvchilarda ham fikrlashning mustaqilligi darajasini nazorat qilish, uni farqlash hamda rivojlantirish o‘qituvchining vazifasidir. Buning uchun o‘qituvchidan ziyraklik, ta’lim jarayonining har bosqichida har bir o‘quvchi shaxsi, intellektual imkoniyatlari, intilish va qiziqishlarini bilish talab qilinadi.
Har bir o‘quvchi yosh bosqichlariga ko‘ra turfa qiziqishga ega bo‘ladi, o‘ziga xos fikrlaydi va his qiladi. Har yoshida turlicha faoliyat ko‘rsatadi, borliqqa munosabati ham har xil bo‘ladi.
Boshlang‘ich sinflar o‘qish darslari jarayonida darsga tegishli bo‘lmagan biror qiziqarli hayotiy mavzu va hodisalar, kino yoki futbol o‘yinlari kabilar muhokama qilinganda o‘quvchilarning ko‘p narsa bilishlari ayon bo‘ladi. Bu mazkur hodisalar o‘quvchilarning o‘zlari uchun bevosita qiziqarli bo‘lganidan dalolatdir. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, “O‘qish kitobi” darsliklaridagi o‘quv materiallari bolalarning tabiati, yosh xususiyatlariga mos va qiziqarli bo‘lishi, matnlar yuzasidan taqdim etilgan savol-topshiriqlar biri ikkinchisiga o‘xshamaydigan tarzda tuzilishi, ularning mantiq asosiga qurilishi, o‘quvchilardan mustaqil fikr-mulohazalar talab qilishi o‘quvchilarni faollashtiradi.
Maktab davrining bir bosqichidan ikkinchisiga o‘tish jarayonida bolalarda shunchaki evolyutsion o‘zgarish emas, balki sifat jihatidan bir yangilanish yuz beradi. Bu jarayonda o‘quvchi taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi jihatlarni umumlashtirgan holda quyidagicha ko‘rsatish mumkin: boshlang‘ich sinf o‘quvchilari aqliy rivojlanishi bilan beriladigan bilim, ko‘nikma va malakalarning nomutanosibligi; bilimlarning hamisha ham mantiqqa asoslanmagani; oila bilan maktab tarbiyasi o‘rtasidagi tafovut yuqori sinf o‘quvchilariga xos bo‘lgan harakatchanlik bilan intizom tizimining nomutanosibligi; ishtiyoqning zo‘rligi, mustaqillikka moyillik, erkinlik, mustaqillik sari intilishning balandligi bilan ta’lim-tarbiya jarayonidagi bir xillik, sustlik; odamlarga, atrof-muhitga tanqidiy nazar bilan qarashning kuchayishi
25

bilan ta’lim jarayonida bunday intilishlarni qondirish imkoniyatining yetishmasligi; tabiiy taraqqiyot bilan ta’limiy-tarbiyaviy jarayon orasidagi nomutanosiblik singari jihatlar ko‘zga tashlanadi.


Boshlang‘ich sinf yoshidan o‘quvchilarni kitob o‘qishga yo‘naltirishning yana bir yo‘li ularni rag‘batlantirishdir. O‘quvchilar ma’lum bir sinfni tamomlasalar ularga maqtov yorliqlari beriladi. Ana shu yorliqlar o‘rniga taniqli shoir yoki yozuvchilarning kitoblari sovg‘a qilinsa, foydaliroq bo‘ladi. Qolaversa, taniqli bolalar shoirlari yoki yozuvchilari bilan o‘quvchilar uchrashuvlarini tashkil etish, ular bilan yosh kitobxonlar o‘qigan asarlar yuzasidan suhbatlar uyushtirish ham o‘quvchilarning badiiy so‘zga muhabbatini oshirishi tabiiy.
Xullas, yosh avlod ma’naviy takomilini ta’minlashda, ularni mustaqil fikrlashga yo‘naltirishda kitobdan oqilona foydalanish, buni to‘g‘ri tashkil eta bilish oilada ota-onaning, ta’lim muassasalarida o‘qituvchilarning burchidir.

Yüklə 3,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin