1.1. Ekran orqali yangi ma’ruza mashg‘uloti mavzusi va unda ko‘riladigan asosiy savollar, tayanch iboralar mohiyati bilan tanishtiradi.
1.2. Talabalar bilimlarini faollashtirish maqsadida mashg‘ulot mavzusi yuzasidan savollar beradi:
“Boshlang‘ich sinflarda badiiy asarni o‘rganishda nima ishlar qilinadi ?”
1.3. Berilgan javoblar umumlashtiriladi va yangi mavzu mazmuni bo‘yicha ma’lumotlar berishga o‘tadi.
1.1 Tinglaydilar, yozadilar.
1.2 Savollarga javob beradilar
1.3 Tinglaydilar.
2-bosqich. Asosiy (55 daqiqa)
2.1 Ma’ruzani boshlashdan avval talabalarda yangi mavzu bo‘yicha dastlabki ma’lumotlarni tekshirish maqsadida savol bilan murojaat etadi: “Boshlang‘ich sinflarda badiiy asar o‘rganilganda necha bosqichda ish olib boriladi? 2.2. Ma’ruzani ikkinchi savolini yoritishdan avval talabalarga savol beradi: “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini badiiy asarni o‘qishga tayyorlash shartmi? 2.3 Asar bilan tanishtirish yuzasidan. asosiy ma’lumotlar maktab darsliklari va slayd taqdimoti orqali tushuntirib beradi (ilova). 2.4 Badiiy asar matni ustida ishlash usulari, o‘qish darslarida mustaqil ishlarni tashkil etish bo‘yicha asosiy ma’lumotlar slayd taqdimoti orqali tushuntirib beriladi
2.5. Talabalar bilimlarini faollashtirish va mustahkamlash maqsadida quyidagi savollarni beradi:
1Badiiy asar ustida ishlash bosqichlarini izohlang. 2.adiiy asarni o‘qishga tayyorgarlik bosqichidagi ish turlarini ayting. 3.O‘quvchilarni badiiiy asar bilan tanishtirish usullarini ayting. 4.Tanlab o‘qish nimava u qachon qo‘llaniladi?
5.Matnni tasvirlashning necha xil usuli bor?
6.Asar rejasini tuzishga o‘rgatish nechanchi sinfdan boshlanadi?
2.1 Savollarga javob beradilar.
2.2 Tinglaydilar, yozadilar.
2.3 Savollarga javob beradilar.
2.4 Tinglaydilar, yozadilar
2.5 Savollarga javob beradilar
3-bosqich. Yakuniy bosqich (10 daqiqa)
3.1. Mavzu bo‘yicha talabalarda yuzaga kelgan savollarga javob beradi, yakunlovchi xulosa qiladi.
3.2. Mavzuni mustahkamlash uchun talabalarga savollarga javob topib kelish topshirig‘ini beradi.
Savollar beradilar.
Vazifani yozib oladilar.
.
Rеspublikamiz mustaqillikka erishgandan so‘ng Boshlang‘ich sinflar uchun yangi dastur va darsliklar yaratildi. O‘qish dasturlarida badiiy asarni tahlil qilishga ko‘prok ahamiyat bеrilib, matn ustida ishlash yuzasidan xilma-xil topshiriq turlaridan, tеxnika vositalaridan foydalanishga ko‘proq e’tibor bеrildi.
Badiiy asar quyidagi muhim mеtodik qoidalar asosida tahlil qilinadi:
1.Asar mazmunini tahlil qilish va to‘g‘ri, tеz, ongli, ifodali o‘qish malakasini shakllantirish bir jarayonda boradi.
2.Asarning g‘oyaviy-tеmatik asoslarini uning obrazlari, syujеt chizig‘i, qurilishi va tasviriy vositalarini tushuntirish o‘quvchilarning Shaxs sifatida umumiy kamol topishiga, bog‘lanishli nutqning usishini ta'minlaydi.
3.O‘quvchilarning hayotiy tajribasiga tayanish asar mazmunini ongli idrok etishning asosi va uni tahlil qilishning zaruriy sharti hisoblanadi.
4.Sinfda o‘qishga o‘quvchilarning bilish faoliyatini aktivlashtirish va atrof mo‘xit haqidagi bilimlarni kеngaytirish vositasi hisoblanadi.
Asarni tahlil qilishda uning missiy ta'sirini ham hisobga olish zarur. O‘quvchi matnni o‘qibgina qolmay, muallif hayajonlangan voqeadan hayajonlansin. Matnni tahlil qilishda o‘quvchilarda fikr uyg‘onsin, ularda estеtik didni tarbiyalasin.
Boshlang‘ich sinflar O‘qish kitobida turli janrdagi badiiy va ilmiy-ommabop maqolalar bеrilgan. Sizga ma’lumki, badiiy asarda hayot obrazlar orqali aks ettiriladi. Uning markazida inson, uning tabiat va jamiyatga munosabati turadi. Badiiy asarda borlikni, vokеlikni obrazlar vositasida tasvirlash, ob'еktiv mazmun va sub'еtiv bahoni aniq matеrialda bеrish haqidagi qoidalar mеtodika uchun katta nazariy-amaliy ahamiyatga ega. Birinchidan, badiiy asar ustida ishlashni muallifning asarida tasvirlangan voqealarga munosabati o‘qituvchining diqqat markazida turadi. O‘quvchilar voqеlikni obrazlar orqali tasvirlashning o‘ziga xos xususiyatlarini asta tushuna boshlaydilar. Ikkinchidan, har qanday badiiy asarda aniq tarixiy voqealar tasvirlanadi. Asardagi voqealarga tarixiy yondashilgandagina asarga haqqoniy baxo bеrish mumkin. Uchinchidan, yozuvchining hayoti va qarashlari bilan o‘quvchilarning yoshlariga mos ravishda tanishtirish maqsadga muvofik. To‘rtinchidan, badiiy asarni tahlil qilishda o‘quvchilarni asarning g‘oyaviy yo‘nalishini tushunishga o‘rgatish muhimdir. Psixolog olimlarning ko‘rsatishicha, badiiy asarni idrok etish uchun uni tushunishning o‘zigina еtarli emas. Asarni idrok etish murakkab jarayon bo‘lib, asarga, unda tasvirlangan voqеlikka qandaydir munosabatning yuzaga kеlishini o‘z ichiga oladi. Kichik yoshdagi o‘quvchilar adabiy qahramonga ikki xil munosabatda bo‘ladi.
1.Adabiy qahramonga emotsional munosabat,
2.Elеmеntar tahlil qilish.
Asarda qatnashuvchi Shaxslarga baxo bеrishda o‘quvchilar o‘z Shaxsiy tushunchalaridan foydalanadilar. Qaxramonning boshqa fazilatlarini bog‘lash uchun ularda so‘z boyligi, tajriba еtishmaydi. O‘qituvchining vazifasi o‘quvchilar payqay olmagan sifatlarni ko‘rsatish va o‘quvchilar nutqiga kiritishdir. Yana shu narsaga e’tibor bеrish maksadga muvofik:
1 .O‘quvchilar asar qahramoniga munosabatlarini ifodalashda u harakat qilgan sharoitni hisobga olmaydilar.
2.Qahramonning. nima uchun shunday qilishi kеrakligini tushunolmaydklar. uning uchun maqsadga muvofiq ish olib borilishi zarur.