Kelishilgan


Ma’ruza mashg‘ulotining texnologik xaritasi



Yüklə 3,89 Mb.
səhifə128/261
tarix18.09.2023
ölçüsü3,89 Mb.
#144931
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   261
1-kurs o\'zbek mutaxassislikka kirish majmua 2022-2023

1.2. Ma’ruza mashg‘ulotining texnologik xaritasi

Ish bosqichlari va vaqti

Faoliyat mazmuni

Ta’lim beruvchi

Ta’lim oluvchilar

1-bosqich. Mavzuga kirish
(15 daqiqa)

1.1. Ekran orqali yangi ma’ruza mashg‘uloti mavzusi va unda ko‘riladigan asosiy savollar, tayanch iboralar mohiyati bilan tanishtiradi.
1.2. Talabalar bilimlarini faollashtirish maqsadida mashg‘ulot mavzusi yuzasidan savollar beradi:
Boshlang‘ich sinf “O‘qish kitobi”da qanday janrdagi asarlar berilgan?”
1.3. Berilgan javoblar umumlashtiradi va yangi mavzu mazmuni bo‘yicha ma’lumotlar berishga o‘tiladi.

1.1. Tinglaydilar, yozadilar.

1.2 Savollarga javob beradilar

1.3 Tinglaydilar.



2-bosqich.
Asosiy
(55 daqiqa)



2.1 Ma’ruzani boshlashdan avval talabalarda yangi mavzu bo‘yicha dastlabki ma’lumotlarni tekshirish maqsadida savol bilan murojaat etadi: “Badiiy janr nima va uning qanday turlari bor?
2.2 Ma’ruzani ikkinchi savolini yoritishdan avval talabalarga savol beradi: “Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarning badiiy asarni o‘zlashtirishlarida uning janriy xususiyatlarini inobatga olishning ahamiyati bormi?
2.3 Hikoya va uni o‘rganish metodikasi haqida tushuncha.
yuzasidan. asosiy ma’lumotlar maktab darsliklari va slayd taqdimoti orqali tushuntirib beradi
2.4 Talabalar bilimlarini faollashtirish va mustahkamlash maqsadida quyidagi savollarni beradi:
1.Qaysi badiiy janrlarni bilasiz?
2. Ertak janridagi asarni o‘rganish darsi tuzilishini ayting
3.Hikoya janridagi asarlarni o‘rganishda qaysi ish turlaridan foydalaniladi?
4. Ilmiy-ommabop asarlarni o‘rganishning o‘ziga xos xususiyatlarini ayting.

2.1 Savollarga javob beradilar.

2.2 Savollarga javob beradilar.


2.3 Tinglaydilar, yozadilar.


2.4 Savollarga javob beradilar

3-bosqich.
Yakuniy bosqich
(10 daqiqa)

3.1. Mavzu bo‘yicha talabalarda yuzaga kelgan savollarga javob beradi, yakunlovchi xulosa qiladi.
3.2. Mavzuni mustahkamlash uchun talabalarga savollarga javob topib kelish topshirig‘ini beradi.

Savollar beradilar.
Vazifani yozib oladilar.

Boshlang‘ich sinflarning o‘qish darslarida garchi ilmiy jihatdan bo‘lmasa-da, amaliy jihatdan turli janrga mansub asarlar o‘qib o‘rganiladi. O‘qish darsliklariga, asosan, hikoya, she’r, ertak, masal, maqol, doston, rivoyat va topishmoq kabi janrdagi asarlar kiritilgan. Bulardan tashqari, ilmiy-ommabop asarlar ham o‘qitiladi.
Turli janrdagi badiiy asarlar qurilishi, uslubi jihatidan o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ularning o‘quvchilarga ta’siri ham har xil bo‘ladi. Tabiiyki, har bir janrga oid asar matni lingvistik jihatdan ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Masalan, she’riy asarlar matni hikoya matnidan, ertak matni she’r matnidan, ilmiy-ommabop maqola matni masal janriga taaluqli asarlar matnidan tubdan farq qiladi. Topishmoqlar predmet, voqea-hodisalar o‘rtasidagi o‘xshashlikni taqqoslash orqali o‘zlashtirilsa, maqollar mazmuni hayotiy misollar vositasida sharhlashni taqozo etadi. SHunga ko‘ra, turli janrdagi badiiy asarlarni o‘qishda o‘qituvchidan unga mos usullar tanlash talab etiladi.
O‘qish darslarida adabiy matnlarni o‘zlashtirish jarayonida modulli ta’lim texnologiyasidan foydalanilganda o‘rganiladigan mavzu bir nechta mantiqiy tugallangan bo‘laklarga, ya’ni modullarga ajratiladi. Har bir modul o‘quvchilar mustaqil ishlashlari uchun maxsus topshiriqqa aylantiriladi.
Boshlang‘ich sinflar adabiy ta’limidagi modulli o‘qitishda o‘quvchilar tomonidan amalga oshirilayotgan har qanday faoliyatga o‘quv elementi deb qaraladi. O‘quv elementi o‘z ichiga quyidagilarni qamrab oladi:

  • o‘quvchi faoliyatining aniq elementlarini o‘rgatish bilan bog‘liq nazariy va amaliy ma’lumot;

  • o‘quvchining o‘quv faoliyatini ta’minlovchi ma’lumotlar;

  • aynan o‘xshash maqsadlar yig‘indisi;

  • o‘quvchi ishlashi lozim bo‘lgan zaruriy materiallar to‘plami;

  • o‘quvchining ish faoliyati, nazarda tutgan farazlari, buning uchun zarur bo‘lgan shart-sharoit va topshiriqning bajarilganlik darajasini nazorat qiluvchi materiallar.

Adabiy ta’limning dastlabki bosqichi jarayonida modulli ta’lim texnologiyasidan foydalanish uchun avval quyidagi ishlar amalga oshiriladi:

  • mazkur yo‘nalishning xususiyatlarini ochib beradigan metodik majmualar yaratish;

  • ta’lim jarayonini tashkil etish uchun uni zaruriy didaktik ashyolar bilan ta’minlash;

  • o‘qitish amaliyotini nazariy-metodik va amaliy-tashkiliy jihatdan to‘g‘ri uyushtira bilish. 

Boshlang‘ich sinflarda adabiyot o‘qitishning modulli texnologiyasi – ta’limning belgilangan tamoyillariga muvofiq tarzda rejalashtiriladi va amalga oshiriladi. Bunda motivasiya (o‘quvchining bilishga bo‘lgan ichki ehtiyoji), modullilik, muommalilik, hamkorlikka asoslanish, sub’ekt-sub’ekt munosabati, didaktik o‘yinlar, audio-vizual texnika va hk.lar nazarda tutiladi.
Boshlang‘ich sinflar o‘qish darslarini modulli ta’lim texnologiyasidan foydalangan holda tashkil etishda quyidagi izchillikka amal qilinadi:

  • modulli ta’lim uchun zarur shart-sharoitni yaratish;

  • modulning maqsadi, vazifalari va mazmunini belgilash;

  • nazariy va amaliy ma’lumotlarni ajratish;

  • amaliy jarayonni rejalashtirish;

  • o‘quv hamda didaktik materiallar, texnik vositalarni tayyorlash;

  • amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish;

  • zaruriy bilimlarni mustahkamlash;

  • o‘quvchilarning bilimlarini aniqlash;

  • o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni baholash.

O‘qish darslarini modulli ta’lim texnologiyasi asosida tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, avvalo, o‘quvchilarni ham aqlan, ham ruhan mazkur darsga tayyorlashni nazarda tutadi. Qolaversa, darsni tashkil etish uchun zarur bo‘lgan shart-sharoit va o‘quv materialini vaziyat taqozosiga mos tarzda tizimlashtirish ishlariga ham e’tibor qaratiladi. 
Biror badiiy asar yuzasidan tayyorlanadigan modullarning mazmunini belgilashda, dastlab adabiy ta’limning bosh maqsadi – ma’naviy barkamol avlodni shakllantirish va bu yo‘lda xizmat qiladigan o‘quv materiallari (mazmun)ni tayyorlashga e’tibor qaratiladi. Modullar bilan ishlash yakunidagi natija esa, ya’ni o‘quvchi egallagan bilim, ko‘nikma, malaka va shaxslik sifatlari mazkur maqsadga qanchalik erishilganligi darajasini ko‘rsatadi. Modulli adabiy ta’limning maqsadi ham barcha ta’lim texnologiyalari singari boshlang‘ich sinflarda o‘qish bo‘yicha davlat standartiga tayanadi. Modulli ta’lim texnologiyasining maqsadi qancha aniq bo‘lsa, unda muvaffaqiyatga erishish shuncha oson bo‘ladi. Mazkur bosqichdagi eng muhim ishlar: o‘quv materiali mazmuni va undagi muhimni nomuhimdan ajratish; badiiy asardagi o‘quvchi ko‘nglidan o‘tsa, ma’lum ijobiy iz qoldiradigan jihatlarni umumlashtirish; ularni o‘quvchi hayoti bilan bog‘lashga yo‘naltirish; o‘qituvchi va o‘quvchi munosabatlari tabiatini belgilab olishdan iboratdir.
Umuman, adabiyot o‘qitishda, xususan boshlang‘ich sinflar o‘qish darslarini tashkil etishda modulli ta’lim texnologiyasidan foydalanish – o‘quvchilarni ma’naviy kamolot yo‘liga solishda, buning uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malaka va shaxslik sifatlarni egallashida, nazariy bilimlarni amaliyotga tatbiq etishida, mustaqil fikrlashga odatlanishida, didaktik tahlil malakasini egallashida, o‘z bilimi, qobiliyati va imkoniyatlarini baholay bilishida, o‘zining xato-kamchiliklarini anglashi hamda ularni bartaraf qila bilishida o‘ziga xos o‘rin tutadi.



Yüklə 3,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin