Kelishilgan



Yüklə 3,89 Mb.
səhifə162/261
tarix18.09.2023
ölçüsü3,89 Mb.
#144931
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   261
1-kurs o\'zbek mutaxassislikka kirish majmua 2022-2023

Tayanch so‘zlar: tekstual tahlil, timsolli tahlil, muammoli tahlil, matnni tasvirlash.

Internetdan izlash tizimi o‘quvchilarga har xil yo‘nalishdagi multimedia-ma’lumotlarini tanlash imkoniyati bilan taqdim etadi. O‘quvchilar har xil ma’lumotnoma (spravochnik)lar, qomus (ensiklopediya)lar va o‘quv materiallariga kirish, eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lish imkoniyatiga ham ega bo‘ladilar. Internet imkoniyatlari bugungi kunda shunchalar kattaki, u har xil masalaning uyda yoki maktabda, o‘tirgan joyidan qimirlamay yyechimini topish imkoniyatini yaratadi. Ma’lumotlar omboriga kutubxonalar, fonotekalar, filmotekalar orqali kiriladi. Bu shakldagi qidirish serverlari bilan ishlash aynan nimani qidirish kerakligini aniq bilganda qulay va oson kechadi.


Internet tarmog‘ida materiallarning turfa multimedialari mavjud. O‘quvchilar mavjud materiallar orasida muhimini va zarurini tanlab olishlari qiyin kechadi. Shu bois qidiruv serverlariga murojaat qilish maqsadga muvofiq deb topilgan. Ularda ham har xil mavzularga yo‘naltiruvchi bunday serverlar foydalanuvchilarning talablariga binoan zarur manbani qidirishga kirishadi.
O‘qituvchilarning darslarida internet texnologiyalaridan foydalanishi darslarni ham, o‘quv fanini ham belgilab qo‘yilgan vaqt meyoridan chiqib ketishiga sabab bo‘lmoqda. Sababi o‘quvchining bilimlarni o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqishi dars tugashi bilan to‘xtab qolmaydi. Bola qiziqdimi, demak izlanadi.
Masalan, boshlang‘ich ta’lim texnologiya darslarida ham o‘quvchilarni elektron pochtadan qanday foydalanish, qidirish ishlarini qanday amalga oshirish, zarur ma’lumotlarni internet orqali qanday qilib tez topish, uy vazifalari uchun zarur bilim va ma’lumotlarni topish yo‘llari o‘rgatilmoqda.
O‘qituvchi dars rejasini noan’anaviy, nisbatan qiziqarli tarzda tuzish va shu asosda darsni tashkil etish uchun u internet orqali ko‘rgazma materiallar (suratlar, jadvallar, fotosuratlar)dan, multimediya materiallaridan foydalanadi. Har xil tanlovlar, ko‘rgazmalar, grantlarda qatnishish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Dunyo miqyosida maktablar internet-texnologiyalarining yangi bosqichiga, ya’ni o‘quv rejalarida alternativ ta’lim elementlarini qo‘llashga o‘tib bormoqdalar. Bu bilan ba’zi o‘quv muammolarini hal qilishga erishmoqchilar.
Bu nafaqat o‘qituvchilar, balki o‘quvchilarga ham o‘quv maqsadlarini amalga oshirishni, dunyoqarashini kengaytirish, bilimlarini orttirish va shaxsini to‘g‘ri shakllantirishga imkoniyat yaratishi nazarda tutilgan. O‘quvchilar har xil saytlardan o‘zlariga qulay sharoitlarda ta’lim olishlari mumkin. Bunda asosiy mas’uliyat bolalarga yordam berish va ularni yo‘naltirish vazifasi ota-onalarga yuklatiladi.
Yangi, zamonaviy informatsion texnologiyalar orqali o‘quvchilar bilimlarni istagan joylarida olishlari mumkin. Ma’lum mutaxassislik bo‘yicha bilimlarni, dunyoqarashini kengaytirish va mlakalarini oshirishda zarur bo‘ladigan ma’lumotlarni uyda o‘tirgan holda dunyo miqyosidagi kutubxonalardan olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. O‘quvchilarda dunyo bo‘ylab tengdoshlari bilan muloqot imkoniyatlari paydo bo‘ladi. Ular boshqa o‘qituvchilar, dunyo miqyosidagi olimlar, mutaxassislardan o‘zlariga kerakli ma’lumotlarni olish imkoniyatini qo‘lga kiritadilar. O‘quvchilar internet-bilimlarni kompyuterlashtirilgan sinflarda o‘tirib mustaqil ravishda olishlari mumkin.
Internet-texnologiyalar bolalarga ta’lim berish va ularni tarbiyalashdan tashqari bolalarning ma’lumotlar bilan to‘yinish muammosini ham keltirib chiqaryapti. Bundan tashqari, o‘quvchilar ayrim nokompetent saytlardan yolg‘on ma’lumotlarni ham olyaptilar.
O‘quvchilar internet ma’lumotlar oqimiga kirib tayyor ma’lumotlarni olish bilan birga mavjud mavzu bo‘yicha o‘z nuqtai nazariga ham ega bo‘lishlari kerak. O‘quvchi bu masalani mustaqil ravishda hal qilolmaydi. Bu degani, o‘quvchini ma’lumotlar oqimida yolg‘iz qoldirish mumkin emas.
Bundan tashqari, internet-texnologiyalarni bolalarni o‘qitish ishlariga olib kirishning ijobiy tomonlarini qayd etgan holda shuni ham aytish joizki, ular har qanday ma’lumotga tekin kirish imkoniyatiga ega bo‘lgandan keyin o‘zgalarning ishlarini o‘zlashtirib olib, oddiygina fikrlash yoki munosabat bildirish, mulohaza yuritishdan voz kechmoqdalar. Aniq aytiladigan bo‘lsa, o‘quvchilar tayyor insholarni ko‘chirib olib ularni o‘zlarining mustaqil ijodiy ishlari sifatida taqdim etmoqdalar. Bunday salbiy xislatlar shakllanishining oldini olish uchun o‘qituvchi yordamiga ehtiyoj sezilmoqda.
Qisqa qilib aytganda, milliy maktabni zamonaviy informatsion texnologiyalarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Kompyuter texnologiyalaridan foydalanib dars o‘tish boshlang‘ich sinflar o‘qituvchilari va o‘quvchilari uchun ham oddiy ta’lim jarayoniga aylanib bormoqda. Lekin internetdan oqilona foydalanish uchun avval bolalarning saviyasiga ishlash, ma’naviyatini sog‘lom shakllantirish, ruhiyatini tozartirish taqozo etiladi.
Bugun internet butun ijtimoiy hayotni qamrab olmoqda. Internetdan foydalanuvchilar va informatsion sahifalarning soni kundan kunga ortib bormoqda. Internet, eng avvalo, ma’lumotlar tarmog‘i. Juda katta ma’lumotlar hajmi internetni ma’lumotlar qidirishda tengsiz tarmoqqa, manbaga aylantirib qo‘ymoqda. Bu tarmoqdan nafaqat o‘qituvchi, o‘quvchilar ham foydalanib o‘zlariga kerakli ma’lumotlarni olmoqdalar. Bugungi talabalar bilim va ma’lumotlarni kitoblardan emas, osongina, uyda o‘tirib internetdan qidirmoqdalar. Bugun o‘quvchilar ham internet resurslaridan unumli foydalanishga ehtiyoj sezmoqdalar. Ota-onalar ham, maktab ham o‘quvchilarning veb-imkoniyatlardan samarali foydalanishlariga e’tibor qilishlari, masalan, yo‘nalishli onlayn konferensiyalarda qatnashishlari, o‘z saytlarini tuzish ishlarida foydalanishlarini nazorat qilishlari, ularni foydali ishlarga yo‘naltirishlari maqsadga muvofiqdir.
Mutaxassislar farzandlarini internetdan foydalanishni ta’qiqlagan ota-onalarni ham ayblamoqdalar. Bu, o‘z navbatida, bolalarga tengdoshlari bilan muloqotda bo‘lishga, tengdoshlaridan ortda qolishga, ota-onalarga nisbatan salbiy munosabat paydo bo‘lishiga olib kelishini ta’kidlamoqdalar.
Axborot texnologiyasi faqatgina ta’lim tizimiga kirib kelmasdan shu sohaning barcha bo‘g‘inlarini boshqarish, tashkil qilish, axborot resurslari bilan ta’minlash, ish yuritish hujjatlarini tezlik bilan topish, moliyaviy tizimini yo‘lga qo‘yish kabi muhim ishlarni amalga oshirishda xizmat qiladi. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ta’lim tizimiga kirib kelishi – ta’lim tizimida ham sifat o‘zgarishi omili bo‘lib xizmat qiladi.
Bugungi kunda, ta’lim tizimining har bosqichini axborot-kommunikatsiya texnologiyalarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Kundalik hayotda media-texnologiyalarning o‘rni tobora kengayib bormoqda. Katta hajmdagi yangi axborotlar, reklamalar, televideniya ko‘rsatuvlarida kompyuter texnologiyalaridan foydalanish, kompyuterlar va ulardan foydalanish talabalarning ta’lim-tarbiyasi, ularning atrofdagi voqea-hodisalar to‘g‘risidagi tasavvurlari, tafakkuri hamda idrokiga katta ta’sir etmoqda.
Ilgari talabalar istalgan mavzuga oid axborotlarni: darslik, ma’lumotnoma adabiyotlar, o‘qituvchi beradigan saboqlar, darsni konspektlashtirish vositasida egallagan bo‘lsalar, bugungi kunga kelib, asosan elektron darsliklar, internet orqali o‘zlashtirmoqdalar. Shu sababli ham o‘qituvchi zamonaviy voqelikka to‘g‘ri yondashgan holda ta’lim jarayoniga axborot uzatishning yangi metodlarini olib kirishi zarur.
Katta hajmdagi axborotlarni har bir talaba qisqa vaqt mobaynida o‘zlashtirishi, ongida shakllantirishi va amaliy faoliyatida foydalana olishni bilishi zarur. Zamonaviy texnika vositalaridan foydalanilgan darslarda har bir talaba o‘zini erkin his etib, faol ishtirok etishi, darsga qiziqish bilan yondashib, ijodiy fikrlashi, o‘z mehnati samarasini ko‘rib, uni baholay olishi zarur. Oliy maktab domlasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib, dars o‘tishga tayyorgarlik ko‘rishda bu jiddiy ta’lim dasturiga oid dars materiali ekanligini unutmasligi zarur.
Darsni loyihalashtirishda o‘qituvchi turli dasturiy mahsulotlardan foydalanadi. Dars jarayoniga tayyorgarlik ko‘rishda tayyor dasturiy mahsulotlar (ensiklopediya, lug‘atlar, ta’limiy dasturlar va hk.lar) dan foydalanishda kompyuterning o‘rni alohida ahamiyat kasb etadi. Kompyuter texnologiyasi vositasida dars o‘tish barcha fanlardan laboratoriya mashg‘ulotlarini, amaliy mashg‘ulotlarni, yangi mavzularni ko‘rgazmali tushuntirish imkoniyatiga ega bo‘lib, o‘tilgan darslarning materiallarini talaba mustaqil qayta ko‘rib chiqishi mumkin.
Axborot kommunikativ texnologiyalardan foydalanishning afzalligi: ta’limni individuallashtirish; talabalarning mustaqil ishlarini mujassamlashtirish; darsda amalga oshirilgan topshiriqlar hajmining oshishi; internetdan foydalanilganda axborot oqimi doirasining kengayishi natijasida o‘zlashtirishda faollik, darsda motivatsiyaning kuchayishi ko‘rish mumkin.



Yüklə 3,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin