Kelishilgan


Amaliy mashg`ulotlarni tashkil etish bo`yicha ko`rsatma va tavsiyalar



Yüklə 3,89 Mb.
səhifə165/261
tarix18.09.2023
ölçüsü3,89 Mb.
#144931
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   261
1-kurs o\'zbek mutaxassislikka kirish majmua 2022-2023

Amaliy mashg`ulotlarni tashkil etish bo`yicha ko`rsatma va tavsiyalar

I sinf matеmatika fanining nazariy to`plam asosi. Darslik va dasturlar tahlili Birinchi o`nlik sonlari bilan tanishishda didaktik tomoyillardan foydalanish. 10 ichida qo`shish va ayirish amallari bilan tanishishda didaktik jarayonlarni amalga oshirish.


Gеomеtrik matеrial bilan tanishishga bag`ishlangan dars uchun turli variantlarni tuzish. (1-sinf). I sinf matеmatika fanida “tеnglik”, “tеngsizlik”, “tеnglama” tushunchalari (didaktik tahlil).
I va II sinflarda ikki amalli murakkab masalalarni yеchishni o`rgatish.
II sinf matеmatika fanida matеmatik ifodalar.
II sinfda gеomеtrik matеrialni o`rganish mеtodikasi.
Butun nomanfiy sonlarni nomеrlashni o`rganish mеtodikasi (“o`nlik” va “yuzlik” kontsеntrlari).
Butun nomanfiy sonlarni nomеrlashni o`rganish mеtodikasi (“minglik” va “ko`p xonali sonlar” kontsеntri).
“O`nlik” kontsеntrida arifmеtik amallarni o`rganish.
“Yuzlik” kontsеntrida arifmеtik amallarni o`rganish (birinchi mashg`ulot).
“Yuzlik” kontsеntrida arifmеtik amallarni o`rganish (ikkinchi va uchinchi mashg`ulotlar).
“Minglik” kontsеntrida arifmеtik amallarni o`rganish
“Ko`p xonali sonlar” kontsеntrida arifmеtik amallarni o`rganish .
Kasrlarni o`rganish mеtodikasi.
III sinfda gеomеtrik matеrialni o`rganish mеtodikasi. Shaklning yuzi.
Asosiy kattaliklarni o`rganish mеtodikasi.
“O`nlik” kontsеntrida masalalar ustida ishlash mеtodikasi.
“Yuzlik” kontsеntrida masalalar ustida ishlash mеtodikasi .
“Minglik” kontsеntrida masalalar ustida ishlash mеtodikasi
“Ko`p xonali sonlar” kontsеntrida masalalar ustida ishlash mеtodikasi (birinchi mashg`ulot).
DTS va dastur, darslik mazmunini tashkil etish xususiyatlari.
4-seminar Boshlang’ich sinf matematika darslarida qo’llaniladigan o’quv vositalari va ularning vazifalari
1. Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya
A1
berilgan sonlarni va eng sodda kasrlarni o‘qiydi, yozadi, taqqoslay oladi, tartibga solib, turli ko‘rinishlarda tasvirlay oladi;
sodda sonli ifodaning qiymatini og‘zaki va yozma hisoblay oladi;
sodda amaliy, matnli va mantiqiy masalalarni yecha oladi;
tekislik va fazodagi sodda geometrik figuralarni tasavvur qiladi, taniydi va tasvirlay oladi;
ob’ektlarni xossalari bo‘yicha tartiblaydi va sodda kombinatsiyalar tuza oladi;
sodda amaliy holatlarda tayyor jadvallarga ma’lumotlar kirita oladi, eng sodda diagrammalar shaklida tasvirlay oladi.
A1+
arifmetik hisob-kitob texnikasiga va juft-toqlikka oid qiziqarli, nostandart va matnli masalalarni yecha oladi;
bo‘yashlar, qoplashlar, qirqishlar, simmetriyaga oid sodda geometrik masalalarni yecha oladi;
sodda amaliy vaziyatlarda kombinatorik va mantiqiy masalalarni yecha oladi;
elektron axborot manbalaridan turli ko‘rinishdagi sodda matematik ma’lumotlarni izlab topadi, foydalana oladi.
2. Kognitiv kompetensiya (shaxsning mustaqil ijodiy fikrlashi)
A1
ma’lum matematik faktlar va sodda mantiqiy qonunlar asosida xulosa keltirib chiqara oladi, rost va yolg‘on tasdiqlarni farqlay oladi;
zarur hollarda sodda hisoblash vositalarini qo‘llay oladi;
o‘qituvchi bilan hamkorlikda masalaning yechimini topish rejasini tuza oladi, tuzilgan reja asosida ishlay oladi va o‘z faoliyatini to‘g‘rilay oladi;
matematikani o‘rganish jarayonida o‘zida ijobiy hissiyotlarni shakllantira oladi;
mustaqil ravishda o‘z bilimlarini mustahkamlay oladi.
A1+
o‘qituvchi bilan hamkorlikda o‘quv va amaliy holatlarda maqsadni ifodalay oladi;
o‘qituvchi bilan hamkorlikda nostandart va qiziqarli masalaning yechimini topish rejasini tuza oladi, tuzilgan reja asosida ishlay oladi va o‘z faoliyatini to‘g‘rilab oladi.
Matematika fani insonning intellektini, diqqatini rivojlantiradi, ko‘zlangan maqsadga erishish uchun qat’iyat va irodani tarbiyalaydi, algoritmik tarzdagi tartib-intizomlilikni ta’minlaydi va tafakkurini kengaytiradi. Matematika olamni bilishning asosi bo‘lib, tevarak-atrofdagi voqea va hodisalarning o‘ziga xos qonuniyatlarini ochib berish, ishlab chiqarish, fan-texnika va texnologiyaning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega.
Boshlang‘ich ta’limning Matematika fani o‘quv dasturi o‘quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan Davlat ta’lim standarti talablaridan kelib chiqib tuzildi.
Boshlang‘ich ta’limda matematika fanini o‘qitishning asosiy maqsadi:
o‘quvchilarda kundalik faoliyatda qo‘llash, fanlarni o‘rganish va ta’lim olishni davom ettirish uchun zarur bo‘lgan matematik bilim va ko‘nikmalar tizimini shakllantirish va rivojlantirish;
jadal taraqqiy etayotgan jamiyatda muvaffaqiyatli faoliyat yurita oladigan, aniq va ravshan, tanqidiy hamda mantiqiy fikrlay oladigan shaxsni shakllantirish;
milliy, ma’naviy va madaniy merosni qadrlash, tabiiy-moddiy resurslardan oqilona foydalanish va asrab-avaylash, matematik madaniyatni umumbashariy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida tarbiyalashdan iborat.
Boshlang‘ich ta’limda matematika fanini o‘qitishning asosiy vazifalari:
o‘quvchilar tomonidan matematik tushunchalar, xossalar, shakllar, usullar va algoritmlar haqidagi bilim, ko‘nikmalar egallanishini ta’minlash;
inson kamoloti va jamiyat taraqqiyotida matematikaning ahamiyatini anglash, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, kundalik hayotda matematik bilim va ko‘nikmalarni muvaffaqiyatli qo‘llashga o‘rgatish;
o‘quvchilarning individual xususiyatlarini rivojlantirgan holda, mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini shakllantirish;
fanlar integratsiyasini inobatga olgan holda o‘quvchilarda, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni, kreativlikni shakllantirish hamda ongli ravishda kasb tanlashga yo‘naltirishdan iborat.
Amaliy-tajriba va sinov mashqlarida matematika darslarda kundalik faoliyatda shaxsiy, oilaviy va iqtisodiy vaziyatlarga, jumladan, tejamkorlikka, mehnatni yengillashtirishga va unumdorligini oshirishga, savdo-sotiq bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar yechilishi lozim.
Ushbu o‘quv dasturida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida shakllantiriladigan tayanch va fanga oid kompetensiyalar kiritilgan.
Shuningdek, me’yoriy hujjatlarni yuritishda tayanch va fanga oid kompetensiyalar quyidagicha yozilishi tavsiya qilinadi:

Yüklə 3,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin