Mazmuni bo'yicha tushunchalar oddiy va murakkabga bo`linadi. Masalan, «Quruqlik yuzasining shakllari» murakkab tushuncha. Uning eng muhim belgisi: tekis yuza (tekislik)ning ko'tarilgan (tepalik, tog'lar), pasayganligi (tog' oralig'i jarlik)dir. Shu paytning o'zida tepalikka oddiy tushuncha sifatida ham qarashimiz mumkin; uning eng muhim belgisi tagi, cho'qqili va yon bag'irligidir.
Tushunchalar hajmiga qarab, alohida va umumiy bo'ladilar. (Masalan, tabiatshunoslik kursida «O'z o'lkamizning tabiati»,
«Tabiatda mavsumiy o'zgarishlar» tushunchalarini umumiy deb atash mumkin, ular hissiy qabul qilishlar bilan bog'liqdir va alohida tushunchalar, umumiy tasawurlardan iborat. Alohida va umumiy tushunchalar ham geografik, ham biologik kelib chiqishiga egabo'lishi mumkin.
Geografik tushunchalaralohida (Toshkent) va umumiy (tog'lar, foydali qazilmalar) tushunchalarga, biologik tushunchalartur (chittak, lola, archa, avlod, hayvonlar, bargli o'simliklar) tushunchalariga bo'linadi.
Har xil tushunchalarni shakllantirishda tasavvurlar bilan tushunchalar o'rtasiga chegara qo'yish mumkin. Tasavvurlar tobora umumlashib borib, tushuncha belgilariga ega bo'ladi. Tushuncha muayyan holga kelib, tasawurga o'tadi.
Tabiatshunoslik kursida tabiat va odamlar faoliyatini o'rganishda dastur qator tasawur hamda tushunchaiarning o'zlashtirilishini nazarda tutadi. Birinchi tabiatshunoslik darsida o'quvchilar «tabiat», «jonsiz tabiat», «jonli tabiat» kabi tushunchalar bilan tanishadilar va maktabgacha bo'lgan yoshda ham 1—4- sinflarda shakllangan tabiatning real qismlari va hodisalari to'g'risidagi tasavvurlar sistemaga olinadi.
Tushunchaiarning eng muhim belgilari sistemalashtirishning asosi bo'ladi. Masalan, «jonsiz tabiat» tushunchasi shunday eng muhim belgilarga egaki, ularni kichik maktab bolalari ham aniqlab olishlari kerak: jonsiz tabiat jismlari ovqatlanmaydilar, o'smaydilar, nafas olmaydilar, ko'paymaydilar. Bu tushunchalar keyinchalik tabiatshunoslikni o'rganishda chuqurlashadi va kengayib boradi.
Tushunchalar umumiylashtirish, ya'ni umumiy xossalarga ega bo'lgan jism va hodisalarni birlashtirish jarayonida shakllanadi. Umumlashtirish narsa va hodisalar muhim belgilari bo'yicha birlashtirilgandagina to'g'ri hisoblanadi. Masalan, «metall» tushunchasi quyidagi: jaranglash, issiqlik o'tkazish xususiyati, erish (4- sinO kabi umumiy belgilarga ega.
Tushunchalarni shakllantirishda shuni nazarda tutish kerakki, tushuncha ayrim elementlardan tarkib topadi. Chunonchi, «tepalik» tushunchasi quyidagi elementlardan: cho'qqisi, tagi, tik yonbag'irlik, yotiq yonbag'irlik kabilardan tarkib topadi. «Daryo» tushunchasi quyidagi unsurlarni: quyilish joyi, boshi (boshlanishi), o'zani, o'ng va chap qirg'og'i kabilarni o'z ichiga oladi.
Tabiat obyektlari va hodisalari to'g'risida to'g'ri tushuncha hosil qilish uchun awal ularni kuzatish, keyin ularning tasvirini (surat, jadval, xarita, sxema) qarab chiqish, o'qituvchining hikoyasi yoki suhbatini eshitish va olingan tushunchani darslik bo'yicha mustahkamlash kerak. O'qituvchining maqsadga yo'nalgan ishi tushunchaiarning muvaffaqiyatli shakllanishiga yordam beradi.