Kelishilgan


Tasavvur sezgi organlar faoliyatining, xotiraning yoki tasawur qilishning mahsulidir. Tushuncha



Yüklə 3,89 Mb.
səhifə247/261
tarix18.09.2023
ölçüsü3,89 Mb.
#144931
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   261
1-kurs o\'zbek mutaxassislikka kirish majmua 2022-2023

Tasavvur sezgi organlar faoliyatining, xotiraning yoki tasawur qilishning mahsulidir. Tushuncha tafakkur mahsuloti hisoblanadi. Tushunchalar qabul qilinadigan va tasawur etiladigan narsalar ustida fikr yuritish natijasida vujudga keladi. Masalan, qushni tasavvur qilish uchun unga qarash kifoya. O'sha qush to'g'risida tushuncha hosil qilish uchun esa aniq bilimlar va ularni tizimlashtirish bo'yicha fikrlash kerak bo'ladi.
Qabul qilish va tasavvurlar ayrim narsalarning qiyofasidir. Tushunchalar esa o'zida butun narsalar sinfiga taalluqli umurn-lashgan mazmunni aks ettiradi. Masalan, «barg» tushunchasi daraxt, buta, o't o'simliklarda o'sadigan hamma barglarga taalluq-lidir.
Tasavvurlar tushunchalarning sezgili asosi hisoblanadi, biroq tasavvurlar bifan tusbunchalar o'rtasida keskin chegara yo'q. Tasavvurlar narsalarning muhim xususiyatlarini tobora ko'proq aks ettirib borishi bilan umumlashadi hamda tushunchalarga aylanadi. Ayni vaqtda tushuncha o'z-o'zidan vujudga kelmaydi. U yokibunarsa yoxud tabiat obyektlari to'g'risida tasawurlarning bo'lishi ular to'g'risidagi tushunchadan dalolat bermaydi. Tu­shuncha ko'pgina ayrim hodisalarning muhim belgilarini umum-lashishi sifatida hosil bo'ladi.
1-, 2- sinflarda o'quvchilar «Atrofimizdagi olam» fanidan umumiy tabiatshunoslik tushunchalarini oladilar. Kelgusi sinflarda ular tajribalar o'tkazish, kuzatishlar, ekskursiyalar, amaliy ishlar vaqtida tabiat to'g'risida aniq tushunchalarga ega bo'ladilar.
Umumiy tushunchalarni shakllantirishda o'qituvchi:
1) obyektlarni maqsadga yo'nalgan holda qabul qilib olinishini tashkil etishi;
2) tabiat jismlari va hodisalari to'g'risidagi har bir yangi tu-shunchani tahlil qilishi va barcha narsalarda, ilgari o'zlash-tirilganlarda takrorlanadigan muhim belgilarni ajratishi;
3) ikkinchi darajali, uncha muhim bo'lmagan barcha belgilarni mavhurnlashtirish, buning uchun uncha muhim bo'lmagan turlanadigan belgili, lekin muhim belgilarini saqlagan (masalan, lola va binafsha, boychechak va lola) narsalardan foydalanishi lozim.
Tabiatshunoslik tushunchalarini shakllantirishda har xil fikrlash operatsiyalaridan, ya'ni tahlil, sintez, taqqoslash, mavhurn­lashtirish, konkretlashtirish, umumiylashtirish kabilardan foyda-lanishga alohida ahamtyat berish kerak.
Tabiatshunoslik kursida tushunchalar umumiylashtirish va mavhumlashtirishning darajasi bo'yicha har xildir. Ularning asosiy ta'riflari:
1) mazmuni;
2) hajmi;
3) shu tushunchaning boshqa tushunchalar bilan bog'lanishi va munosabatidir.
Mazmun tushunchalarning eng muhim belgilari bilan xarakterlanadi. Tabiatning eng muhim belgilarini ajratish uchun «belgi» va «eng muhim belgi»ni farqlash kerak. N.I.Kondakov: «Belgi — bu barcha narsa yoki hodisalarning ko'rsatkichi, tomonidir, ularga qarab narsa va hodisalarni tanlab olish, aniqlash yoki ta'riflash mumkin», — deb belgilaydi, «eng muhim belgi -bu shunday belgiki, unda narsaning tub tabiati ifodalanadi, shu bilan boshqa tur va guruhdagi narsalardan farqlanadi... Agar bu belgi mustasno qilinsa, bunda tushuncha parchalanadi, mavjud bo'lmay qoladi».

Yüklə 3,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin