Kelishilgan


Yakka tabiatshunoslik tushunchalarini shakllantirish



Yüklə 3,89 Mb.
səhifə249/261
tarix18.09.2023
ölçüsü3,89 Mb.
#144931
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   261
1-kurs o\'zbek mutaxassislikka kirish majmua 2022-2023

Yakka tabiatshunoslik tushunchalarini shakllantirish. Yakka tushunchalar boshqa narsalar, hodisalarga xos bo'lgan yakka belgilardir. Agar umumiy tushunchalar atamalar bilan mustah-kamlansa, yakka tushuncha nom yoki shaxsiy ism bilan ifodalanadi, chunki uning nomida boshqa obyekt bo'lmaydi.
O'quvchilar e'tiborini obyektning umumiy tushuncha bilan bog'lanishiga qaratmoq, ya'ni obyektning yakka xususiyatini ta'kidlamoq zarur; agar u geografik obyekt bo'lsa, unda obyektga fazoviy xarakteristika berish, ya'ni joylashgan o'rnini xaritadan aniqlash kerak.
Tabiatshunoslik tushunchalarini shakllantirishda umumiy bo'lmagan tushunchalardan umumiyroq bo'lgan tushunchalarga kelish bo'yicha o'tkaziladigan mashqlar katta ahamiyatga ega. Masalan, tur doirasidagi «bo'ri», «tulki», «yo'lbars», «sher» tushunchalari avlod doirasidagi «yirtqichlar» tushunchasigakiradi. Bunda farq ettiruvchi xususiyatlar (tur belgilari): junlarining rangi, tana tuzilishi, harakatlanish xususiyatlari shu hayvonlarning tashqi ko'rinishidayoq ma'lum bo'ladi. Ularning avlod doirasidagi umumiy belgisi boshqa hayvonning go'shti bilan oziqlanish qobiliyatidir. O'quvchilarni avlod doirasidagi belgilarni tur doirasidagi belgilardan farqlashga o'rgatish uchun har bir tushuncha aniq ifodalangan va aniq belgilarni o'zida saqlagan bo'lishi kerak. Masalan, «na'matak, siren, ligustrumlar — buta», degan ta'rif noto'g'ri, chunki unda aniqlik yo'q. Buning o'rniga «na'matak, siren, ligustrumlar — buta, chunki ularda asosiy poya yo'q, ildizdan esa birdaniga bir nechta novdalar o'sgan», deyish kerak.
Yakka tushunchalarni shakllantira borib, umumiy tushunchani ochishga alohida e'tibor berish lozim. Chunonchi, «daryo» umumiy tushunchasini shakllantirish uchun daryoni kuzatish, tahlil qilish va umumlashtirish jarayonida uning muhim belgilarini ajratish kerak. Buning uchun o'qituvchi xaritadan Sirdaryo, Amudaryo, Chirchiq daryolarini ko'rsatishi, ya'ni yakka tushunchalar berishi va bolalardan nimalar umumiy ekanligini so'rashi mumkin. (Ularning hammasi oqimga, boshlanish va quyilish joyiga, irmoqlarga, o'ng va chap qirg'oqlariga ega). Shu belgilar asosida «daryo» umumiy tushunchasi shakllantiriladi.
Tabiatshunoslik darslarida yakka tushunchalardan tashqari yig'ma tushunchalar ham shakllantiriladi. Ular umumiy belgilarga ega bo'lgan yakka mintaqa tushunchalardan tarkib topadi. Masalan, cho'llar uchun xos o'simliklar (saksovul, qum akatsiyasi, yantoq)ni bir zonada bo'lishi va umumiy belgilari (uzun ildizlar, yirik barg plastinkalarning yo'qligi, tikanlarning bo'lishi) birlashtiradi. Yig'ma tushunchaga kiradigan har bir yakka tushuncha o'zining individual xususiyatlarini saqlaydi. Subtropik o'simliklar — dafna, magnoliya, choy, kiparis cho'l o'simliklari — saksovul, qum akatsiyasi, yantoqdan keskin farq qiladi. Shunday qilib, o'simliklar uchun ularni bir tushunchaga birlashtiradigan mintaqaviy belgilar umumiy hisoblanadi. Umumiy tushunchani shakllantirib, keyin har bir zona o'simliklarining individual xususiyatlarini jadval, surat, gerbariylardan ko'rsatib o'rganishga o'tish kerak.

Yüklə 3,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin