Kelishilgan



Yüklə 3,89 Mb.
səhifə80/261
tarix18.09.2023
ölçüsü3,89 Mb.
#144931
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   261
1-kurs o\'zbek mutaxassislikka kirish majmua 2022-2023

Geometrik materiyalani asosan o`quvchilarni eng sodda geometrik figuralar bilan tanishtirish, ularning fazoviy tasavvurlarini o`stirish, shuningdek arifmetik qonuniyatlarni, bog`lanishlarni Ko`rsatmali aniq illyustratsiyalash maqsadlariga xizmat qiladi. 1- sinfdan boshlab to`g`ri chiziq, siniq chiziq, kesmalar ko`pburchaklar, ularning elementlari, to`g`ri burchak, kvadrat kabi geometrik figuralarni o`rganiladi. O`quvchilar bu geometrik figuralarni tasavvur qila olishi, ularni atashni va katak qog`ozga sodda yasashlarni o`rganib olishlari kerak. Bundan tashqari, ular kesma, siniq chiziq uzunligini, ko`pburchak perimetrinii, to`g`ri to`rtburchak, kvadratning yuzini (Paletka yordamida) topish malakasini egallab olishlari kerak.
Arifmetik, algebraik, geometrik materialni o`rganish bilan uzviy ravishda o`quvchilarni asosiy miqdorlar – uzunlik, vaqt, massa, yuza, baho, hajm, tezlik bilan tanishtirish, shuningdek, bu miqdorlarning o`lchov birliklari, har xil o`lchov asboblari yordamida o`lchash usullari bilan tanishtiriladi. Ismli sonlar ustida amallar ismsiz sonlar ustida amallar bajarish bilan bir vaqtda bajariladi, chunki ikkala hol asosida ham 10 li sanoq sistemasi yotadi.
Masalalar yechish yordamida arifmetik amallarning, amallar xossalarining, amallar natijalari bilan komponentalari orasidagi bog`lanishlarning mazmuni ochiladi.
1 sinfda qo`shish va ayirishga doir matnli masalalar real predmetlar yoki ularning tasvirlari ustida amaliy ishlarni bajarishga tayangan holda qaraladi.
Predmetlarni sanash natijasida javob olinadi. +, -, = ishoralari kiritilgandan keyin masalani yechimi tenglik ko`rinishda bajariladi.
Oldin sodda masalalar o`rganilib, asta – sekin murakkab masalalarga o`tiladi.
O`quvchilar masala matnni mustaqil o`qishni, uning sharti va savolini tushunishni, ma'lum va noma'lum miqdorlarni ajrata olishni, masala shartini qisqa yozishni, uni rasm yoki chizma bilan illyustratsiyalashni, yechish reja tuzishni, zarur amallarni tanlashni, hisoblashni bajarishni, yechimni tekshirishni va javobni yozishni o`rganib olishlari kerak.
Shunday qilib, masalalar matematikani turmush bilan bog`lab o`rganish vositasi, matematik tushunchalarning har xil tomonlarini ochib beradigan turli hayotiy-iqtisodiy vaziyatlar bilan ta'minlovchi matematik bilimlarning tadbiq qilinish doirasidan iboratdir. Bundan tashqari, masalalar yechish jarayonida o`quvchilar turmushda zarur bo`ladigan amaliy o`quv, malaka va ko`nikmalarni egallaydilar, foydali faktlar bilan tanishadilar. Matematika darslarida o`qituvchi o`quvchilarning xotirasini, tasavvuri, diqqati, nutqini va mantiqiy tafakkurlarini rivojlantirishning real imkoniyatlariga ega bo`ladi, bu imkoniyatdan to`laroq foydalanish kerak.



Yüklə 3,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin