4-mavzu Matematikadan sinfdan tashqari ishlar.
Matematikadan sinfdan tashqari ish deyilganda o`quvchilarning darsdan tashqari vaqtda tashkil qilingan, dastur bilan bog`liq bo`lgan material asosida ixtiyoriylik prinsipiga asoslangan mashg`ulotlar tushuniladi.
Sinfdan tashqari ishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat.
- o`quvchilarning bilimlari va amaliy ko`nikmalarini chuqurlashtirish va kengaytirish;
- o`quvchilarning mantiqiy tafakkurlarini, topqirliklarini, matematik ziyrakliklarini rivojlantirish;
- matematikaga qiziqishlarini orttirish, qobiliyatli va layoqatli bolalarni topish;
- talabchanlik, irodani tarbiyalash, mehnatga munosabatni, mustaqillikni, uyushqoqlikni va umumjamoaviy xususiyatlarni tarbiyalash;
Sinfdan tashqari ish o`ziga xos bir qator xususiyatlarga ega.
1. O`z mazmuniga ko`ra, u davlat dasturi bilan cheklanmagan. Ammo, matematik material o`quvchilarning bilimlari va malakalariga mos ravishda berilishi kerak.
2. Boshlang`ich sinflarda o`quvchilarning matematikaga turg`un qiziqishlari haqida hali to’liq gapirib bo`lmaydi. Darsdan tashqari mashg`ulotlar oldin matematikaga qiziqishlari bo`lmagan o`quvchilarda ham, unga nisbatan qiziqish uyg`otishga imkon beradi. Bu yoshda o’quvchilarning matematikaga qiziqish bo’lmasligiga sabab ko’pincha bilimlarining etishmasligi, berilgan topshiriqlarni bajaraolmasligidagi qiyinchiliklardan iborat. Shu sababli, mashg`ulotlarni hamma o`quvchilar bilan bir vaqtda o`tkazilgani ma'qul.
3. Sinfdan tashqari ishlar ixtiyoriylik printsipi asosida quriladi. Bolalarni bu ishga majburlab jalb qilish yaramaydi. Bunda o`quvchilarga baho qo`yilmaydi, ammo mulohazalarni asoslab berish, topqirlik, ziyraklik, tez hisoblashlar, yechishning ratsional usullaridan foydalanish albatta rag`barlantirilishi kerak.
4. Mashg`ulotlar mazmuni va o`tkazilish shakllariga qarab 10-12 minut yoki
Bir soatga ham mo`ljallangan bo`lishi mumkin.
5. Sinfdan tashqari ishlar shakl va turlarining ko`p xilligiga qarab, mazmunining turli – tumanligi bilan xarakterlanadi. Masalan, sinfdan tashqari mashg’ulotlar uchun ananaviy materiallar berilgan mashg’ulotlari ortiqcha misollar, rebuslar, o’yinlar, fokuslar har xil qiziqarli teksli masalalar, hazil masalalar, berilgan malumotlari etishmaydigan yoki boshqotirgichlar va hokazolar katta o’rin olishi mumkin. Maktab amaliyotida matematikadan sinfdan tashqari mashg’ulotlarning ushbu turlari mavjud:
Endi sinfdan tashqari ish turlari bilan tanishib chiqaylik.
1. Matematik o`n minutliklar, soatlar va qiziqarli matematik kechalar
2. Matematika to`garaklari.
3. Ertaliklar
4. Niktorinalar.
5. Matematik konkurslar.
6. Matematik alimpiadalar.
7. Matematik gazeta chiqarish.
8. Matematik burchaklarni rasmiylashtirish ham kiradi.
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan sinfdan tashqari mashg’ulot turlaridan ba’zilari sistematik xarakterga ega. Yani qiziqarli matematika o’n minutliklari, soatlar, tugaraklar, ba’zilari davriy xarakterga ega. Yani vektarinalar, konkurslar, alimpiadalar va boshqa turlari.
1. Matematik o`n minutliklar va soatlar.
Odatda, bu mashg`ulotlar haftasiga bir marta butun sinf bilan o`tkaziladi. Uni dam olish vaqtlarida, tabiatga, maktab hovlisiga chiqib va boshqa joylarga ekskursiyalarga borganda o`tkazish mumkin.
Uning mazmuni o`quvchilarda matematikaga qiziqish uyg`otish va topshiriqlar darslardagi matematik topshiriqlardan farq qilishi kerak; Topshiriqlar o`quvchilarga tushunarli bo`lishi, javoblarning tez topilishi va og`zaki bajarishni hisobga olinishi kerak. Misol…
Qiziqarli matematika soat - darsdan keyin sinfning hamma o`quvchilari bilan o`tkaziladi. U oyida 1-2 marta o`tkazilishi mumkin, mashg`ulotlar I sinfda 20-25 minut, II sinfda 25-30 minut, III-IV sinfda 30-40 minut davom etishi maqsadga muvofiq bo`ladi.
Mashg`ulotlarni o`tkazish uchun qiziqarli masalalar, qiyinroq masalalar, rebus boshqotirgichlar, topishmoqlar va boshqalar material bo`lib xizmat qilishi mumkin.
M: 1) Yo`limni yoritar ikkita chiroqcha,
chiroqcha ustida pilik qalamcha
Bular nima? (Ko`z, qosh).
2) Og`zida 4 ta tishi boru,
yegani pichan. Bu nima? (panshaxa).
Dostları ilə paylaş: |