«келишилган»



Yüklə 175,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/9
tarix26.10.2023
ölçüsü175,75 Kb.
#161528
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Профессор-укитувчига-талаблар









ADTI rektorining 2016 yil 
15 dekabrdagi 340-T – sonli 
buyrug‘iga ilova 
127. KAFEDRA MUDIRI LAVOZIM VAZIFALARI: 
 

O‘zbekiston Respublikasining ta’lim va sog‘liqni saqlashga oid Qonunlari, Prezident 
Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus 
ta’lim vazirligining Hay’at Qarorlari, buyruqlari, Yo‘riqnomalari, modemogramma va 
telefonogrammalarini, shuningdek, rektor buyruqlari ijrosini ta’minlash; 

Ilg‘or mamlakatlar ta’lim tizimining rivojlanish tendensiyalarini o‘rganish, “Ta’lim 
to‘g‘risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va boshqa ta’limga oid qonunlar, 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimini 
rivojlantirishga oid Qaror va Farmonlarida ko‘rsatilgan vazifalarni amalga oshirish borasidagi 
zamonaviy uslub va yangi pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini 
ta’minlash; 

Institutning mol-mulkiga avaylab munosabatda bo‘lish va undan oqilona foydalanish; 

Institut miqyosida kafedra faoliyatiga taalluqli masalalar muhokamasi va hal etilishida 
ishtirok etish; 

Kafedra ish rejasi, professor-o‘qituvchi va xodimlarining shaxsiy ish rejalari hamda kafedra 
faoliyati doirasidagi yo‘riqnoma asosida boshqa hujjatlarni tasdiqlash; 

Kafedra pedagog xodimlariga o‘quv yuklamalarini taqsimlash hamda ularning o‘z vaqtida va 
sifatli bajarilishini nazorat qilish; 

Kafedraga pedagog kadrlarni tanlov asosida ishga qabul qilinishini ta’minlash, ularni moddiy 
va ma’naviy rag‘batlantirish, shuningdek, intizomiy jazo choralarini qo‘llash to‘g‘risida institut 
rahbariyatiga belgilangan tartibda takliflar kiritish; 

Institutning tegishli xizmat bo‘linmalaridan o‘quv-tarbiyaviy va ilmiy-tadqiqot jarayonini 
talab darajasida o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan sharoitlarni ta’minlashni talab etish; 

Belgilangan tartib va muddatlarda o‘quv yilidagi faoliyati bo‘yicha kafedra hisobotini 
tayyorlash, fakultet ilmiy kengashi xamda Kengash yig‘ilishlarida hisobot berish; 

Tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, tugallangan ilmiy-tadqiqot 
ishlarini ta’lim, fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasini ta’minlash; 

Kafedra o‘qituvchilarining shaxsiy ish rejalaridagi o‘quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, 
ma’naviy-ma’rifiy va tashkiliy-uslubiy ishlarini ko‘rib chiqish, tajribali o‘qituvchilar faoliyatini 
o‘rganish, umumlashtirish, ilg‘or tajribalarini ommalashtirishga qaratilgan ishlarni tashkil etish; 

Zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, pedagogik 
faoliyat bilan shug‘ullanishni boshlagan yosh o‘qituvchilarga pedagogik malaka va ko‘nikmalarni 
egallashda yordam berish, axborot bazasini yaratish, o‘quv mashg‘ulotlarida zamonaviy o‘quv-
texnika vositalaridan, yakka tartibda o‘qitish va mustaqil ta’lim olish uslublaridan samarali 
foydalanishni yo‘lga qo‘yish, o‘qitishni zamonaviy kompyuter texnikalari bilan jihozlangan maxsus 
o‘quv auditoriyalarda tashkil qilish bo‘yicha takliflar kiritish, masofali o‘qitish elementlarini 
rivojlantirish ishlarini amalga oshirish; 

Ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, kafedra mutaxassisligiga mos yoki turdosh ixtisosliklar 
bo‘yicha doktorlik dissertatsiyalarini ilmiy seminarlarda muhokama qilish, ta’lim hujjatlarining 
me’yor talablariga javob berishini belgilash bo‘yicha ekspert guruhlari tarkibida ishtirok etish; 

Bitiruvchilarni ishga taqsimlash, magistrlik dissertatsiyasining mavzularini shakllantirish, 
byudjetdan tashqari mablag‘larni jalb etish, shuningdek, ilmiy-texnikaviy yordam ko‘rsatish 
maqsadida ishlab chiqarish korxonalari va boshqa xo‘jaliklar bilan aloqa o‘rnatish; 

Institut va kafedrada katta ilmiy xodim va mustaqil izlanuvchilar bilan muntazam aloqalarni 
tashkil etish, bitiruvchilar monitoringini olib borish; 

Kafedra ixtisosligi bo‘yicha mutaxassislar malakasini oshirishga yo‘naltirilgan tadbirlar 
o‘tkazish, ta’lim xizmati ko‘rsatish tizimini rivojlantirish; 




Talabalarning qiziqishlarini e’tiborga olgan holda turli mavzular, yo‘nalishlar va ixtisosliklar 
bo‘yicha to‘garaklar tashkil qilish, talabalarni darsdan bo‘sh vaqtini unumli va foydali mehnat bilan 
band qilishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish; 

Kafedrada o‘qitiladigan fanlardan laboratoriya ishlarini to‘liq va sifatli o‘tkazilishini 
ta’minlash hamda kafedra laboratoriyalarini zamonaviy uskuna, qurilma va jihozlar bilan 
ta’minlanishiga homiylarni keng jalb etish; 

Institutning axborot-resurs markazini kafedra ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklariga oid 
yangi o‘quv, ilmiy-texnikaviy va davriy adabiyotlar bilan uzluksiz to‘ldirib borilishini va 
yangilanishini doimiy nazorat qilish; 

Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiq tuzilgan o‘quv rejalardagi fanlar 
bo‘yicha belgilangan mashg‘ulot turlarini yuksak nazariy, ilmiy-uslubiy va kasbiy darajada 
o‘tkazish, ta’lim sifatini ta’minlash; 

Talabalarning malakaviy amaliyoti, magistrlik dissertatsiyalariga, shuningdek mustaqil ishlari 
va ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish; 

Talabalar bilimining reyting nazoratini joriy etish, talabalarning auditoriyadan tashqari 
ishlarini tashkil etish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish; 

Rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob 
beruvchi yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash; 

Kafedra fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqqa 
taqdim etish, shuningdek turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o‘quv dasturlarga taqriz va 
xulosalar tayyorlash; 

Darslik, o‘quv, uslubiy va ko‘rgazmali qo‘llanmalarni tayyorlash, qayta nashr etiladigan 
darslik, o‘quv qo‘llanma va o‘quv-uslubiy adabiyotlar, shu jumladan xorijiy olimlar bilan 
hammualliflikda yaratilgan adabiyotlarga xulosalar tuzish; 

Kafedra yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha DTS, o‘quv rejalari va dasturlarini 
rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta’lim dasturlari bilan qiyosiy tahlilini muntazam ravishda olib 
borish va takomillashtirish; 

Iqtidorli talabalarni tanlash va ularni tarbiyalash, olimpiada va tanlovlarda, shu jumladan 
“Iste’dod” jamg‘armasi va davlat grantlari tanlovida ishtirok etishga tayyorlash, talabalarning 
mustaqil ishlash shakl va uslublarini takomillashtirish bo‘yicha choralar ko‘rish; 

Talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatini tizimli asosda tashkil etish, iqtidorli talabalarni aniqlash va 
ularni ilmiy tadqiqotlarga jalb etish, ilmiy-tadqiqot ishlarini individual va jamoa bo‘lib bajarishga 
o‘rgatish, ularning ilmiy-ijodiy faoliyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur tashkiliy, uslubiy va 
moddiy-texnikaviy shart-sharoitlarni yaratish; 

Mehnat qonunchiligida belgilangan boshqa majburiyatlar va huquqlardan foydalanish;

Kafedra mudiri elchixonalar, chet el tashkilotlari hamda chet mamlakatlar vakillari ishtiroki 
bilan o‘tkaziladigan tadbirlarini yuqori tashkilotlar tomonidan belgilangan tartibda xalqaro aloqalar 
Kengashi qarori bilan yoki istisno tariqasida rektor farmoyishi asosida yuqori tashkilotlar orqali 
amalga oshiradi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1875-sonli Qarori asosida “ tillarni o‘rganish 
tizimini yanada takomillashtirish” xamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash Vazirligining 
2013 yil 4 yanvardagi 4-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 21 martdagi “Zamonaviy informatsion 
kommunikatsion texnologiyalarining izchil joriy etish va yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi PQ-
1730-son qarori ijrosini ta’minlash. 

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 13.12.2013 y. №1981-2 son bilan 
ro‘yxatga olingan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 13.12.2013 y. 
№470 sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat
qilish va baholashning reyting tizimi to‘g‘risida”gi Nizom asosida talabalarni bilimini baxolash;

Institut jamoat ishlarida qatnashish va jamoat topshiriqlarini bajarishni o‘z zimmasiga olish 
hamda kafedra xodimlarini faol ishtirok etishini ta’minlash; 




O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 20 avgustdagi 242-son qarori 
bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va 
ularning malakasini oshirish kurslari to‘g‘risida”gi Nizomga asosan o‘z malakasini oshirib borish; 

Axborot kommunikatsiya texnologiyalarni puxta bilish; 

Institut ichki tartib qoidalari, odob-axloq qoidalari va kiyinish madaniyati talablariga rioya 
qilish. 

Yüklə 175,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin