6
moxiyatini bilish;
Malaka talablari:
Pedagogik faoliyatida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta’lim
sohasida ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga
ega;
Institutda bakalavr va magistrlar tayyorlash yo‘nalishlari va mutaxassisliklaridan biri
bo‘yicha fan doktori yoki nomzodi ilmiy darajasiga, professor ilmiy unvoniga ega bo‘lishi;
Namunaviy
shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik
va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish
tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash
xususiyatlariga
ega bo‘lishi zarur.
Klassifikator bo‘yicha:
№
Kasb, lavozim
kodi
Lavozim
nomi
KKMS
Xodimlar
kategoriyasi
Xodimning ma’lumoti
talablari
5901
2
Professor
2310
M
Oliy ma’lumot
129. KAFEDRA DOTSENTI LAVOZIM VAZIFALARI:
Barcha o‘quv bo‘yicha oliy ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiq tuzilgan o‘quv
rejalarda belgilangan ma’ruzalar, laboratoriya, amaliy va boshqa turdagi mashg‘ulotlarni yuksak
nazariy, ilmiy uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish;
Talabalarning malakaviy amaliyotiga, kurs loyihalariga (ishlariga), bitiruv malakaviy
ishlariga, magistrlik dissertatsiyalariga,
shuningdek, mustaqil ishlariga rahbarlik qilish;
Talabalar bilimining reyting nazoratini amalga oshirish;
Talabalarning auditoriyadan tashqari ishlarini tashkil etish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish;
Rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob
beruvchi yuqori malakali kadrlarni tayyorlash;
Kafedra fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqqa
taqdim etish, shuningdek, turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o‘quv dasturlarga taqriz va
xulosalar tayyorlash;
Darslik, o‘quv, uslubiy va ko‘rgazmali qo‘llanmalarni tayyorlash, shuningdek, oliy o‘quv
yurti rektoratining topshirig‘iga binoan qayta nashr etiladigan darslik, o‘quv qo‘llanma va o‘quv
uslubiy adabiyotlar,
jumladan, xorijiy olimlar bilan hammualliflikda yaratilganlarga xulosalar
tuzish;
Nodavlat ta’lim muassasalarining buyurtmalari bo‘yicha zaruriy o‘quv uslubiy adabiyotlarni
tayyorlashda ishtirok etish;
Iqtidorli talabalar bilan ishlash, ularni olimpiada va tanlovlarda, jumladan, “Iste’dod”
jamg‘armasi tanlovida ishtirok etishga tayyorlash, talabalarning mustaqil
tayyorlanish shakl va
uslublarini takomillashtirish; auditoriya ishlarini optimallashtirish hisobiga mustaqil tayyorlanish
hajmini oshirish bo‘yicha choralar ko‘rish;
Tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, tugallangan ilmiy tadqiqot
ishlarini muhokama etish va ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish, tugatilgan ilmiy
ishlarni nashr etishga tavsiya berish;
Ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash; talabalarning ilmiy
tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish; katta ilmiy xodim va mustaqil izlanuvchilarga rahbarlik qilish.
Tajribali o‘qituvchilarning ish tajribalarini o‘rganish, umumlashtirish va tarqatish,
yangi
pedagogik texnologiyani joriy etish;
Pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishni boshlagan o‘qituvchilarga pedagogik mahoratini
egallashda yordam berish; axborot bazasini yaratish, o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish jarayonida
zamonaviy o‘quv texnika vositalaridan va yakka tartibda o‘qitish, mustaqil ta’lim olish
vositalaridan foydalanish;
Masofali ta’lim
tizimini rivojlantirish; xorijiy o‘quv yurtlarining ish tajribasini yoritib
borish;
7
Raqobatbardosh va ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlash; kafedra a’zolari yoki rektorat
topshirig‘iga binoan boshqa tadqiqotchilar tomonidan himoyaga taqdim etilgan dissertatsiyalarni
ko‘rib chiqish; ta’lim hujjatlarining ekvivalentligini belgilash bo‘yicha ekspert guruhlari tarkibida
ishtirok etish;
Byudjetdan tashqari mablag‘larni jalb etish, shuningdek, ilmiy texnikaviy yordam ko‘rsatish
maqsadida sanoat, qishloq xo‘jalik korxonalari, kooperativlar, dehqon, fermer va boshqa xo‘jaliklar
bilan aloqa o‘rnatish;
Oliy o‘quv yurtini bitirganlar va mazkur kafedrada katta
ilmiy xodim va mustaqil
izlanuvchilar institutini o‘taganlar bilan muntazam aloqalarni tashkil etish;
Kafedra profili bo‘yicha mutaxassislar malakasini oshirish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish;
Ta’lim xizmati ko‘rsatish tizimini keng rivojlantirish;
Xorijiy hamkorlar, ilmiy va ta’lim muassasalari bilan xalqaro aloqalarni rivojlantirish;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 20 avgustdagi 242-son qarori
bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va
ularning malakasini oshirish kurslari to‘g‘risida”gi Nizomga asosan o‘z malakasini oshirib borish;
Institut jamoat ishlarida qatnashish va jamoat topshiriqlarini bajarishni o‘z zimmasiga olish;
O‘ziga biriktirilgan guruxda kuratorlik faoliyatini olib borish.
Axborot kommunikatsiya texnologiyalarni puxta bilish;
Institut ichki tartib qoidalari, odob-axloq qoidalari va kiyinish madaniyati talablariga rioya
qilish.
Dostları ilə paylaş: