5
uslubiy adabiyotlar, jumladan, xorijiy olimlar bilan hammualliflikda yaratilganlarga xulosalar
tuzish;
Boshqa ta’lim muassasalarining buyurtmalari bo‘yicha zaruriy o‘quv uslubiy adabiyotlarni
tayyorlashda ishtirok etish;
Iqtidorli
talabalar bilan ishlash, ularni olimpiada va tanlovlarda, jumladan, “Iste’dod”
jamg‘armasi tanlovida ishtirok etishga tayyorlash, talabalarning mustaqil tayyorlanish shakl va
uslublarini takomillashtirish;
Auditoriya ishlarini optimizatsiyalashtirish hisobiga mustaqil tayyorlanish
hajmini oshirish
bo‘yicha choralar ko‘rish;
Katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, katta ilmiy xodim va mustaqil izlanuvchilarga rahbarlik
qilish, tugallangan ilmiy tadqiqot ishlarini muhokama etish va ularning natijalarini ishlab
chiqarishga joriy etish, tugatilgan ilmiy ishlarni nashr etishga tavsiya berish;
Ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasii ta’minlash; talabalarning ilmiy
tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;
Tajribali o‘qituvchilarning ish tajribalarini o‘rganish,
umumlashtirish va tarqatish, yangi
pedagogik texnologiyani joriy etish;
Pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishni boshlagan o‘qituvchilarga pedagogik mahorati
egallashda yordam berish;
Axborot bazasini yaratish, o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish jarayonida zamonaviy o‘quv
texnika vositalaridan va yakka tartibda o‘qitish, mustaqil ta’lim olish vositalaridan foydalanish;
Masofali ta’lim tizimini rivojlantirish;
Xorijiy o‘quv yurtlarining ish tajribasini o‘rganib borish;
Raqobatbardosh ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlash; kafedra a’zolari
yoki rektorat
topshirig‘iga binoan boshqa tadqiqotchilar tomonidan himoyaga taqdim etilgan dissertatsiyalarni
ko‘rib chiqish;
Ta’lim hujjatlarining ekvivalentligini belgilash bo‘yicha ekspert guruhlari tarkibida ishtirok
etish;
Byudjetdan tashqari mablag‘larni jalb etish, shuningdek, ilmiy texnikaviy yordam ko‘rsatish
maqsadida sanoat, qishloq xo‘jalik korxonalari, kooperativlar, dehqon, fermer va boshqa xo‘jaliklar
bilan aloqa o‘rnatish;
Oliy o‘quv yurtini bitirganlar va mazkur kafedrada katta ilmiy xodim va mustaqil
izlanuvchilar institutini o‘taganlar bilan muntazam aloqalarni tashkil etish;
Kafedra profili bo‘yicha mutaxassislar malakasini oshirish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish;
Ta’lim xizmati ko‘rsatish tizimini keng rivojlantirish;
Xorijiy hamkorlar, ilmiy va ta’lim muassasalari bilan xalqaro aloqalarni rivojlantirish;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 20 avgustdagi 242-son qarori
bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va
ularning malakasini oshirish kurslari to‘g‘risida”gi Nizomga asosan o‘z malakasini oshirib borish;
Institut jamoat ishlarida qatnashish va jamoat topshiriqlarini bajarishni o‘z zimmasiga olish;
O‘ziga biriktirilgan guruxda kuratorlik faoliyatini olib borish.
Axborot kommunikatsiya texnologiyalarni puxta bilish;
Institut ichki tartib qoidalari, odob-axloq qoidalari va kiyinish madaniyati
talablariga rioya
qilish.
Dostları ilə paylaş: