8
130.KAFEDRA KATTA O‘QITUVCHISI LAVOZIM VAZIFALARI:
Barcha o‘quv shakllari bo‘yicha oliy ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiq tuzilgan
o‘quv rejalarda belgilangan laboratoriya, amaliy va boshqa turdagi mashg‘ulotlarni yuksak nazariy,
ilmiy uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish;
Talabalarning malakaviy amaliyotiga, kurs loyihalariga (ishlariga), shuningdek, mustaqil
ishlariga rahbarlik qilish;
Talabalar bilimining reyting nazoratini amalga oshirish;
Talabalarning auditoriyadan tashqari ishlarini tashkil etish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish;
Rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob
beruvchi yuqori malakali kadrlarni tayyorlash;
Darslik, o‘quv, uslubiy va ko‘rgazmali qo‘llanmalarni
tayyorlash, shuningdek, oliy o‘quv
yurti rektoratining topshirig‘iga binoan qayta nashr etiladigan darslik, o‘quv qo‘llanma va o‘quv
uslubiy adabiyotlar,
jumladan, xorijiy olimlar bilan hammualliflikda yaratilganlarga xulosalar
tuzish;
Nodavlat ta’lim muassasalarining buyurtmalari bo‘yicha zaruriy o‘quv uslubiy adabiyotlarni
tayyorlashda ishtirok etish;
Iqtidorli talabalar bilan ishlash, ularni olimpiada va tanlovlarda, jumladan, “Iste’dod”
jamg‘armasi tanlovida
ishtirok etishga tayyorlash, talabalarning mustaqil tayyorlanish shakl va
uslublarini takomillashtirish; auditoriya ishlarini optimallashtirish hisobiga mustaqil tayyorlanish
hajmini oshirish bo‘yicha choralar ko‘rish;
Tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, tugallangan ilmiy tadqiqot
ishlarini muhokama etish va ularning natijalarini
ishlab chiqarishga joriy etish, tugatilgan ilmiy
ishlarni nashr etishga tavsiya berish;
Ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash; talabalarning ilmiy
tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;
Tajribali o‘qituvchilarning ish tajribalarini o‘rganish, umumlashtirish va tarqatish, yangi
pedagogik texnologiyani joriy etish;
Pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishni boshlagan o‘qituvchilarga
pedagogik mahoratini
egallashda yordam berish; o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish jarayonida zamonaviy o‘quv texnika
vositalaridan va yakka tartibda o‘qitish, mustaqil ta’lim olish vositalaridan foydalanish;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 20 avgustdagi 242-son qarori
bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va
ularning malakasini oshirish kurslari to‘g‘risida”gi Nizomga asosan o‘z malakasini oshirib borish;
Institut jamoat ishlarida qatnashish va jamoat topshiriqlarini bajarishni o‘z zimmasiga olish;
O‘ziga biriktirilgan guruxda kuratorlik faoliyatini olib borish.
Axborot kommunikatsiya texnologiyalarni puxta bilish;
Institut
ichki tartib qoidalari, odob-axloq qoidalari va kiyinish madaniyati talablariga rioya
qilish.
Dostları ilə paylaş: