Kanakunjut. Kanakunjut sutli o‘simliklar oilasiga kiradi. Bir yillik va ko‘p yillik turlari bor. Tarkibida ko‘p miqdorda 45-59% moy bo‘ladigan o‘simlikdir. Bu moy qurimaydi yod soni 82-86, qotmaydi. Tabobatda, parfyumeriyada, sovun tayyorlashda, teri va to‘qimachilik sanoatlarida ishlatiladi. Kunjarasi zaharli bo‘lib, o‘g‘it hamda yelim ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Dehqonchilikda kanakunjut qadimdan ma’lum bo‘lib, u Hindiston, Xitoy, Misrda tarqalgan. Markaziy Osiyo va Kavkaz ortida ekiladi. O‘rtacha 10-12 ts/ga, suvli erlarda 20-25 ts/ga hosil beradi.
Urug‘i uch xonali po‘choq ichida etiladi, pishgandan keyin po‘cho‘i yorilib sochilib ketadi. Ayrim navlarining po‘cho‘i yorilmaydi. Kanakunjutning urug‘i yirik-maydaligi jihatidan har xil: uzunlari 5-22 mm, o‘rtachalari 9-14 mm va kaltalari 5-8 mm bo‘ladi.
Kanakunjut urug‘i mollar kanasiga o‘xshash shaklda bo‘lganligi uchun ham u shunday ataladi. Kanakunjut urug‘i qattiq po‘stga o‘ralgan bo‘lib, moyni asosan endospermasida saqlaydi. Donining bargga o‘xshagan pallasi bir uchi bilan gemulaga yopishgan bo‘ladi. Mag‘zining po‘sti mo‘rt bo‘lganligidan oson chaqiladi. Urug‘ining tarkibi quyidagicha: qobig‘ida 6,46% suv; 3,22% moy; 5,7% oqsil moddalar; 9,15% azotli ekstraktiv moddalar; 71,1% sellyuloza va 4,26% kul bo‘ladi; mag‘zida 6,4% suv; 66,0% moy; 19,24% oqsil moddalar; 2,91% azotli ekstraktiv moddalar; 2,47% sellyuloza; 2,89% kul; 23,2% albuminlar qatoriga kiruvchi oqsillar; 54,3% globulin qatoriga kiruvchi oqsillar bo‘ladi.
Kanakunjut urug‘i tarkibida ritsin degan zaharli oqsil modda bor. Shuning uchun uning kunjarasi hayvonlar uchun zaharli. Undan foydalanish uchun issiq va suv ta’sirida uni qayta ishlash kerak.
Dostları ilə paylaş: |