1-MAVZU: TEXNIK EKIN MAHSULOTLARINI SAQLASH VA BIRLAMCHI ISHLOV BERISHNING AHAMIYATI VA HOZIRDAGI HOLATI
Reja:
1.1. Ildizmevalarning tarixi va hozirgi holati
1.2. Ildizmevalilarning tavsiflanishi
1.3. Ildizmevalilarning turlari
Adabiyotlar: 2, 3, 4, 5, 6
Tayanch so‘zlar: qandlavlagi; xashaki lavlagi; sholg‘om, sabzi, turp, rediska, selderey ; ekish; o‘g‘itlash
Bu guruhga sersuv, shirali quruq moddasi kam bo‘lgan ildiz mevalilar kiradi. Bu guruhdagi o‘simliklar har xil botanik oilani (sho‘radoshlar, soyabongullilar, karamdoshlar, murakkabguldoshlar) vakili bo‘lib, ularning oilasida bir, ikki va ko‘p yillik turlari uchraydi. O‘zbekistonda aksariyat holda ikki yillik turlari (qand lavlagi, xashaki lavlagi, sholg‘om, sabzi, turp, rediska, selderey kabi o‘simliklar) ekiladi. Qand lavlagi shakar ishlab chiqarish, qolgan ildiz mevalar oziq-ovqat sanoatida va chorva uchun yem sifatida foydalaniladi.
Ildiz mevalarning tarkibida 10-30% quruq modda bo‘ladi, ularda ko‘p miqdorda uglevodlar, organizmda yaxshi xazm bo‘ladigan azotli moddalar, qand, kraxmal, mineral tuzlardan: kalsiy, fosfor, vitaminlar (С, В1, В2, Р, РР, К, va boshqa), oshlovchi modalar, karotin mavjud. Ularni tarkibida suv bo‘lganligi tufayli saqlash qiyin.
Ildiz mevali o‘simliklar texnik (qand lavlagi), oziq-ovqatda (sabzi, lavlagi, sholg‘om, turp), chorvachilikda (xashaki lavlagi, turnej), tabobatda (sachratqi) qo‘llaniladi. Qishda ko‘kat bo‘lmaganda ildiz mevalar eng asosiy shirali oziqa bo‘lib qoladi.
Ildiz meva sabzavotlaridan turlicha foydalaniladi. Sabzi va turp, sholg‘om, osh lavlagi oziq-ovqat va konserva mahsulotlari tayyorlashda ishlatiladi. Bundan tashqari, sabzidan sharbat, vitamin ishlab chiqarishda, karotin va sabzi shirasi (davolash vositasi sifatida) olinadi.
Selderey, ildizli petrushka ovqatlarga ziravor sifatida ishlatiladi va konserva sanoatida foydalaniladi. Turp xomligicha, sholg‘om pishirilgan va bug‘langan holda isteg‘mol qilinadi.
Qand lavlagi. Hozirgi kunda etishtiriladigan qand lavlagi ikki yillik o‘simlik. Ko‘pchilik ma‘lumotlarga ko‘ra uning vatani o‘rta yer dengizi atrofi hisoblanadi. Sug‘oriladigan yerlarda eramizdan 2000-1500 yil oldin sabzavot o‘simligi sifatida parvarishlab kelingan.
O‘zbekistonga qand lavlagi XX asr boshida keltirilib, asosan qand lavlagi zavodlariga mahsulot etishtirish uchun ekilib, katta maydonlarga ekilgan. Hozirgi vaqtda respublika mustaqil bo‘lgandan so‘ng, qaytadan qand lavlagi yetishtirilib, qand ishlab chiqarish maqsadida ekin maydonlari kengaytirilmoqda.
Qand lavlagi urug‘i 8°C issiqlikda una boshlaydi, maysalari bahorgi 4-5°C sovuqqa chidamli. U xayotining birinchi kunidan boshlab namga talabchan. Urug‘ bo‘rtishi va unishi uchun yuqori miqdorda suv talab qilinadi.
Qand lavlagidan 1 tonna ildiz meva va tegishli barg hosili olish uchun ko‘p miqdorda, ya‘ni 6 kg azot, 2 kg fosfor va 6, 7 kg kaliy elementlarini talab qilinadi. Bundan tashqarii o‘simliklarning normal faoliyati uchun lavlagi o‘simligi rivojiga magniy, bor, temir, oltingugurt, marganets, mis va boshqa mikroelementlar kerak.
Qand lavlagi tarkibida gumus miqdori ko‘p, mexanik tarkibi soz bo‘lgan tuproqda ekish yaxshi natijalar beradi.
Dostları ilə paylaş: |