Misr yapaloq lavlagisi. Bu nav tezpishar bo‘lib, ekilganidan keyin 90-100 kunda yetiladi. Ildiz mevasining shakli yumaloq, eti binafsha-qizil tusli. Tag‘mi yaxshi, saqlanishi o‘rtacha. U asosan, erta muddatlarda ekiladi.
Bardo 237. Bu nav lavlagi o‘rtapishar (110-120 kunda etiladi), serhosil, uzoq saqlanadi. Ildiz mevasining shakli dumaloq, eti to‘q-qizil rangli.
Sabzi. Ildizlari o‘qildiz ko‘rinishida bo‘lib, erga 2 metr chuqurlikka kiradi va 25-30 sm atrofga yoyiladi.
Sabzining navlari bir qancha morfologik hamda biologik belgilarga qarab, bir-biridan farq qiladi. Bu belgilardan eng muhimi quyidagilar:
Barglar to‘pbargining katta-kichikligi va shakli (tik, yarim yoyiq va yoyiq); Barglarining rangi, kesikligi hamda tukliligi har xil bo‘ladi. Yevropadan kelib chiqqan sabzi navlarining bargi yashil, juda kesikli, tuksiz yoki biroz tukli bo‘ladi. Osiyo navlarinning barglari kul rang - yashil yoki binafsha yashil rangli, kam kesikli va sertukligi bilan ajralib turadi.
Ildiz mevalarning rangi tarkibidagi pigmentning miqdoriga qarab, oq, sariq, zargaldoq, qizil yoki binafsha rang bo‘lishi mumkin.
Ildiz mevalarning shakli dumaloq, silindr yoki konussimon. Ildiz mevasi dumaloq yoki silindrsimon sabzi navlari uzun, konussimon navlarga qaraganda, odatda, birmuncha tezpishar bo‘ladi. Sabzining naviga qarab ildiz mevasining katta-kichikligi va vazni ham har xil 20-30 g dan 1 kg gacha va undan ham ortiq bo‘ladi;
Ildiz mevaning o‘zagi har xil shaklda bo‘lib, ildiz meva diametrining 25-90 foizini ishg‘ol etadi. Ekiladigan sabzi navlarining muxim biologik belgilari ular o‘suv davrining uzunligi (70-150 kungacha) va ildiz mevalarning erkaklab hamda yorilib ketishidir. Odatda janubdan kelib chiqqan, qisqa davrda yetiladigan ildiz mevalar ayniqsa, ular shimoliy tumanlarda ekilganda ular erkaklab ketadi. Tez pishadigan erta pishar navlarda ildiz mevaning yorilib ketishi kuzatiladi.
Sabzi navlari tarkibidagi quruq moddalar, shakar va vitaminlarning miqdoriga qarab ham bir-biridan katta farq qiladi. Xashaki sabzi navlarining tarkibi quruq modda va sellyulozaga juda boy. Karotin sabzining to‘q sariq-qizil navlari tarkibida ko‘p. Sariq ayniqsa, oq sabzi navlarida ham karotin bo‘ladi.
Turp. (Raphanussativus L), butguldoshlarga kiradi, o‘sishining birinchi yili kesikli, tukli barglardan iborat, tupbarg hamda turli shakl va rangdagi katta-kichik har xil ildiz meva hosil qiladi, ikkinchi yili esa gul novdalar chiqaradi.
Turp navlari ancha tezpishar ekilgandan keyin o‘rtacha 90 kunda yetiladi, serhosil, uzoq saqlanadi, mazasi juda yaxshi, tarkibida 30-40 mg/% atrofida vitamin C bo‘ladi. Ildiz mevasi silindrsimon (uzunligi 20-25 sm gacha bo‘ladi) yoki dumaloq, rangi oq, tubining ko‘p qismi yashil bo‘ladi. Erga chuqur botib turmaydi. Bu turp asosan yozda ekiladi. Bahorda ekilganlari erkaklab ketadi.
Dostları ilə paylaş: |