O‘g‘itlash. Ildiz mevali ekinlarning ko‘pchiligi sabzavot ekinlarga qaraganda yerning unumdorligiga unchalik talabchan emas. O‘zbekiston sabzavot-poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tekshirish institutining ma‘lumotigi qaraganda, sabzi har 100sentner hosili uchun erdan 25-30 kg azot va 11-14 kg fosfor oladi. Bundan qatg‘iy nazar, ildiz mevalardan mo‘l hosil olish uchun yerga o‘g‘it solinishi shart.
O‘zbekistonda ildiz mevali ekinlar azot hamda fosforli o‘g‘itlarga juda talabchan bo‘ladi.
Azot bilan fosforli o‘g‘itlarni bir-biriga qo‘shib solish yaxshi natija beradi. Yolg‘iz azotli o‘g‘itning o‘zi solinganda ildiz mevalar yorilib yoki shoxlab ketadi, doimo fosforli o‘g‘itlar solinganda esa yetishtirilgan hosildagi yirik ildiz mevalarning salmog‘i kamayib ketadi.
Organik o‘g‘itlarni (go‘ng, fekaliy) solish ham ildiz mevalarning ko‘p qismini aynishiga, natijada tovar mahsulotning kamayishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun go‘ng ildiz mevalardan oldingi ekinlarga solingan mag‘qul. Bevosita ildiz mevali ekinlarga esa faqat mineral o‘g‘itlar berish mumkin.
Kaliyli va fosforli o‘g‘itlar yer xaydash vaqtida solinadi. O‘simlikni dastlabki vaqtda fosfor bilan ta‘minlash uchun ekish vaqtida qatorlarga bir oz (gektariga 1-2 s) superfosfat solish foydali. Azotli o‘g‘itlarning yarmisi ekish oldidan, qolgan qismi esa o‘suv davrida 2-3 barg chiqarganda va ildiz mevalar shakllana boshlaganda qo‘shimcha oziq tariqasida beriladi. Har galgi oziqlantirishda gektariga 1-1,5 s ammiakli selitra va 0,5-1 s superfosfat solinadi.
Ekish. Ildiz mevali ekinlarning urug‘i odatda, ivitilmay ekiladi, bag‘zan bahorda ekish kechikkanda urug‘lar 1-2 kun ivitilsa foydali bo‘ladi. Ivitilgan urug‘larni sochiluvchan qilish uchun bir oz quritiladi.
Sabzavotchilik ilmiy-tekshirish institutida soyabonguldosh ildiz mevalari ekinlarning urig‘ini tezroq undirib olish maqsadida ularni 1-2 soat ivitilganidan keyin xo‘lligicha, xona haroratida nish urguncha (2-3 kun), so‘ngra esa ekishga qadar muzxonada 0-3°C haroratda saqlanishi tavsiya etiladi. Urug‘ni qumga qumlash (stratifikatsiya qilish) ham yaxshi natija beradi. Urug‘larni ekishga tayyorlashning eng samarali usulllaridan biri drojjalashdir. Bu usul urug‘ miqdorini ikki marta kamaytirib, o‘toq qilish harakatlarini kamaytirishga va hosildorlikni ancha oshirishga yordam beradi.
Drojjallangan chirindi, superfosfat (1 kg chirindiga 30-40 g) va mol go‘ngi aralashmasidan tayyorlanadi. Drojjalangan sabzi urug‘ining diametri 3-4 mm bulishi kerak.
Ildiz mevali urug‘larning urug‘i juda mayda bo‘ladi va ular ekilganida uncha chuqur ko‘milmaydi. Shuning uchun ildiz mevali ekinlarga mo‘ljallangan tuproqni ekish oldidan puxta ishlash mayin holatga keltirish va buning uchun tuproqni sifatli qilib boronalash va ishlash lozim.
Ildiz mevali ekinlar, odatda, bevosita dalaga ekiladi. Ularning ichida faqat selderey avval parnikka ekilib, keyin ko‘chati o‘tkaziladi. Shimoliy tumanlarda lavlagi ham ko‘chat qilib o‘stiriladi.
Markaziy Osiyoda lavlagi va sabzi ikki muddatda - bahor va yozda ekiladi. Sholg‘om va turp bahorda ekilsa xaddan tashqari erkaklab ketadi, hosili yomon bo‘ladi. Shuning uchun ular faqat yozda ekiladi. Petrushka bahorda ekiladi.
Bahorgi ildiz mevali ekinlarni imkoni boricha ertaroq, fevral oyining oxiri va martda ekish kerak. Shunda urug‘ni qishi bilan to‘plagan nam va bahorgi ko‘klam yog‘in-sochin suvi hisobiga qiyg‘os undirib olish imkoniyati yaratiladi, maysalar sog‘lom hamda baquvvat bo‘lib o‘sadi. Ekin kech, aprel oyida ekilganida urug‘ni bexato undirib olish qiyin bo‘ladi. Bundan tashqari, aprelda ekilganda ildiz mevaning hosil bo‘lishi yozning ayni issiq kunlariga to‘g‘ri keladi, bu esa hosilning kamayib ketishiga sababchi bo‘ladi.
Ildiz mevalari ekinlarni erta bahorda ekish bilan birga uni kech kuzda (noyabrda), Markaziy Osiyoning janubida esa petrushka bilan sabzining xatto kuzda-sentyabr oyida ham ekish mumkin. Bu muddatlarda ekishning afzalligi shundaki, bunda ekinlar ancha ertagi va serhosil bo‘lib etiladi.
Ildiz mevalari ekinlarni yozda shunday vaqtda ekish kerakki, ularning hosili kuzgi salqin paytlarga borib yetilsin. Sabzi iyunning ikkinchi yarmidan iyulning birinchi yarmigacha, O‘rta Osiyoning janubiy tumanlarida esa xatto iyulning oxirigacha ekiladi. Lavlagining o‘suv davri birmuncha uzun bo‘lganidan ekilayotgan tumaniga qarab, iyunda-iyulning boshida ekiladi. Sholg‘om va turp urug‘i aksincha, birmuncha kechroq - iyulning ikkinchi yarmidan avgustning boshlarigacha sepiladi.
Ildiz mevalari ekinlarni ekishda urug‘ning belgilangan chuqurlikda tekis ko‘milishi katta ahamiyatga ega. Yuza ko‘milgan urug‘lar tuproqning ustki qavati qurib qolishi natijasida nam etishmasligi oqibatida ko‘pincha unib chiqmaydi. Xaddan tashqari chuqur ekilgan urug‘lar o‘simtasi tuproqning qalin qatlamini yorib chiqishiga kuchi etmay qolib nobud bo‘ladi. Lavlagi urug‘i 2-4 sm, sabzi va boshqa ildiz mevalar urug‘i 1-2 sm va engil qumoq tuproqli erlarda 3 sm gacha chuqurlikda ko‘miladi.
Urug‘ ekish meg‘yori urug‘ning unuvchanligi va yirik-maydaligiga qarab belgilanadi. Markaziy Osiyoda urug‘ni quyidagi meg‘yorda ekish tavsiya etiladi, kg/ga:
Lavlagi – 15-20; Turp – 5-6; Sholg‘om – 2; Sabzi – 6; Petrushka – 8.
Agar asosiy hosil etilguncha barra ko‘katidan ora-chora foydalanish ham ko‘zda tutilgan bo‘lsa, bunday hollarda ekish meg‘yori ko‘paytiriladi, ya‘ni sabzi urug‘idan gektariga 8 kg, lavlagi urug‘i esa 25 kg gacha ekiladi.
Bahorda tekis yerlarga ekishda, qatorlarni tezroq belgilab olish uchun ildiz mevalarga salat, rediska, grechixa, suli kabi o‘simliklar urug‘ini qo‘shib ekish mag‘qul. Bu o‘simliklar urug‘i asosiy ekin urug‘iga 3-4% qo‘shiladi.
Dostları ilə paylaş: |