Keyingi yillarda Respublikamizda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va yetishtirish bo‘yicha hamda qishloq xo‘jalik xom ashyolarini qayta ishlashga qaratilgan bir qator qonunlar qabul qilinib, amalda tadbiq etilmoqda



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə3/168
tarix02.01.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#41800
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   168
ҚХМСваДИТ маруза 2020(4)

Yetishtirish agrotexnikasi. Qand lavlagi almashlab ekishda kuzgi don ekinlari, em-xashak o‘tlar, beda va don uchun ekilgan makkajo‘xori o‘tmishdosh o‘simliklar hisoblanadi.

Asosiy ishlov berish kuzda, o‘tmishdosh ekin yig‘ishtirilib olingandan so‘ng 30-35 sm chuqurlikda shudgor qilinadi. Agar kuzda ob-havo yaxshi kelsa, erni tekislagich yordamida tekislanadi. Bahorda yog‘ingarchilik ko‘p bo‘lib, yer qotib qolgan bo‘lsa, borona bilan chezillanib, yumshatilib tekislanadi.

Sho‘rlangan yerlarni shudgorlashdan so‘ng, sug‘orish uchun pollar (cheklar) olinib, dekabr-fevral oylarida sho‘r yuviladi, so‘ngra olingan pollar tekislanadi, dala chizellanadi va ekishdan oldin tekislanadi. Ekish mart oyining birinchi-ikkinchi o‘n kunligida, Qoraqolpogiston respublikasi va Xorazm viloyatida aprelda boshlanadi.

Ekish SP 46M sabzavot va paxta seyalkalarida qator oralari 60, 70 va 90 sm qilib ekiladi. Ekish miqdori: ko‘p urug‘li navlarda 8-10 kg/ga, bir urug‘larda 4-5 kg/ga urug‘ qadaladi, chuqurligi 3-4 sm. bir metrga 5-7 maysa bo‘lsa yagonaga xojat yo‘q.

Lavlagi nihollari unib chiqqandan so‘ng, birinchi marta qator oralari yumshatiladi. Bunda kultivatorga qirquvchi va yumshatkichlari 4-5 sm chuqurlikda ishlov beradigan va o‘simliklardan ximoya zonasi 8-10 sm qilib o‘rnatiladi.

O‘simliklarda 2 juft chinbarglar paydo bo‘lgandan so‘ng yagana qilinadi va har gektar erda 100-110 ming o‘simlik qoldiriladi.

May oyining oxirida iyun oyining boshlarida birinchi marta oziqlantiriladi. Ikkinchi marta birinchi o‘sish suvidan oldin oziqlantiriladi. O‘simliklar, ayniqsa iyul va avgust oylarining boshida suvga ko‘p talabchan bo‘ladi. Bu davrlarda ekinlarni har 2-10 kun, keyinroq esa 15-20 kun, sentabr va oktabr oylarida bir necha marotaba sug‘oriladi.

O‘g‘itlash tartibi:qand lavlagi kaliy va azotli o‘g‘itlarga ko‘proq, fosforga esa kamroq talabchan o‘simlik. 90R, 60K va 20-40 t/ga chirigan go‘ng, yerni xaydashdan oldin solinadi. Azotli o‘g‘itlar uchga bo‘lib beriladi. N2O - ekish bilan bir vaqtda, N2O - ikkinchi suvdan oldin beriladi. O‘simliklarni azotli o‘g‘itlar bilan oziqlantirish iyul oyining boshlarida tugallanishi zarur, chunki azot bilan oziqlantirish kechiktirilsa, poyasi tez rivojlanib, ildiz mevasi tarkibidagi qand moddasi kamayib, qishda saqlanishi yomonlashadi.



Osh lavlagi. Osh lavlagi o‘q ildizi bo‘lib, yumshoq erlarda 2,5 metrgacha chuqurlikka kirib, 50 sm atrofga taraladi.

Osh lavlagining navlari tezpisharligi, hosildorligi, tag‘mi, saqlanishi, ildiz mevasining tuproqqa ko‘milish darajasi, shakli va rangi, xalqaligi va boshqa morfologik hamda biologik belgilariga qarab bir-biridan farq qiladi. Markaziy Osiyoda asosan quyidagi lavlagi navlari ekiladi.




Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin